Polikondensatlanish reaksiyalarining ahamiyati va mohiyati. Polikondensatlanish reaksiyalarining turlari.
Reaksiyada suv. spirt, ammiak, xlorid kislota va shunga o ‘xshash quyi molekulyar moddalar ajralib chiqishi bilan boradigan poiimerlanish jarayonlari polikondensatlanish deyiladi. Polikondensatlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan polimerlaming elementar tarkibi quyi molekulyar moddalar ajralgani sababli reaksiya uchun olingan monomerlar tarkibidan farq qiladi. Bunday reaksiyaga kirisha oladigan monomerlar tarkibida ikki xil funksional guruh o‘zaro reaksiyaga kirishib, molekula qoldiqlarini bir-biriga bog‘laydi. Polikondensatlanish reaksiyasiga tarkibida ikki yoki undan ortiq turli funksional guruhlar bor moddalar kirisha oladi. Agar bir moddaning ikki xil funksional guruh lari o ‘zaro reaksiyaga kirishib, polimer hosil qilsa, bunday reaksiya gomopolikondensatlanish deyiladi. Bu jarayotmi quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:
Bunda: a -A -b — monomer bo‘g‘ini; a va b - monomer bo‘g‘inining funksional guruhlari; a b - reaksiyada ajralib chiqqan kondensat, ya’niquyi molekulyar modda. Bunday reaksiyaga aminokislotalar, aminospirtlar va oksikislotalarning polikondensatlanishi misol bo‘la oladi. Misol tariqasida, aminokapron kislotadan polikaprolaktam hosil bo‘lishini ko‘rib chiqaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |