Polimer kompozitlar va nanotizimlar


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1237540
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5390886823583033653



191 
10-bob 
POLIMER KOMPOZITLAR VA NANOTIZIMLAR 
Umuman olganda polimer kompozitlar va nanotizimlar maxsus fizik 
xossalarga va tavsiflarga ega bo„lgan materiallardir. Ularning xossalarini 
bevosita materiallarni shakllantirish sharoiti va tarkibini tanlash hamda 
maxsus fizikaviy modifikatsiyalarni amalga oshirish orqali boshqarish 
mumkin. 
Hozirgi 
zamon 
texnikasi 
va 
materialshunoslik 
texnologiyalarining istiqbollari ko„p jihatdan polimer materiallarning, 
ayniqsa, kompozitsion polimer materiallar va nanotuzilishning qay 
darajada jadal rivojlanishiga bog„liqdir. Bunday tavsifli materiallarning 
yaratilishi va qo„llanishida polimer kompozitlar va nanotizimlar 
fizikasining o„rni beqiyos bo„lib, ularni amalga oshirishda bu boradagi 
umumiy va asosiy qonuniyatlarni o„rganish o„ta muhimdir.
10.1. Polimer kompozitlar va ularning fizik xossalari 
Polimer kompozitlar (composito – lotincha tuzish, bog„lanish degan 
ma‟noni anglatadi), ya‟ni kompozitsion materiallar asosan kamida ikki 
komponentli qattiq fazali tizimlar bo„lib, ularda komponentlar biri 
matritsiya deyiladi, qolganlari umumiy holda to„ldiruvchilar hisoblanadi. 
Polimer kompozitlarda hech bo„lmaganda bitta komponent polimer 
bo„lishi kerak. Agar polimer matritsiya bo„lsa, u uzluksiz faza hosil qiladi 
va uning hajmida to„ldiruvchi taqsimlangan bo„ladi. Bunda polimer 
matritsa va to„ldiruvchi o„rtasida yaqqol fazaviy chegara shakllangan 
bo„ladi. Odatda, to„ldiruvchilarning quyi molekulyar birikmalar va ular 
asosidagi turli tuzilish, shakl, o„lshamlar va xossalarga ega bo„lgan 
elementlardan iborat bo„ladi. To„ldiruvchilar kompozitning xossasini 
o„zgartirish maqsadlarida qo„shiladi, ko„p hollarda to„ldiruvchilar 
plastifikator, armirlovchi, appetlar kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. 
To„ldiruvchining qattiq fazali bo„lishi shart emas. Polimer matritsiyani gaz 
yoki suyuqlik bilan to„ldirib kompozitlar hosil qilish mumkin. Masalan, 
gaz bilan to„ldirish asosida penoplastlar olinadi. Suyuq fazali 
to„ldiruvchilarni qo„shishda, umuman olganda kompozitsion materiallar 
olinishida komponentlarni to„liq aralashtirilishi muhim hisoblanadi.
Polimer kompozitlar olinishi aslida 5000 yil oldin qadimgi Vavilonda 
boshlangan deb e‟tirof etiladi. Unda polimer smolaga tolasimon (troctnik) 
to„ldiruvchilar qo„shib armirlangan qurilish materiallari yaratilgan.
Armirlash – yuqori mustahkamlikka ega polimer materiallar olishda 
muhim boshqich hisoblanadi. Odatda yuqori mustahkamlikka ega 
materillar anizotropik xossali bo„ladi va bunday xossalarga erishish uchun 


192 
polimer matritsiya hajmiga anizotropik “apmirlovchi” to„ldiruvchi 
qo„shiladi. Masalan, biologik ob„ektlarda mexanik ishlarni bajaruvchi 
barcha to„qimalar (terilar, suyuklar, muskullar va boshqalar) anizotropik 
armirlangan tizimlar bo„ladi. Boshqa tabiiy armirlangan tizimlarga 
yog„ochlar misol bo„ladi, ularda tolasimon tuzilmalar anizotropik 
xossalarni namoyon qiladi. Bir so„z bilan aytganda armirlash 
kompozitlarni yuqori mexanik xossalarga ega bo„lishini ta„minlaydi. 
Armirlovchilar sifatida odatda yupqa yuqori mustahkamlikka ega tolalar, 
jumladan, shisha, bor, grafit tolalar qo„llanadi. Polimer matritsiya bunday 
kompozitlarda elastiklikni ta‟minlaydi.
Bunda ikki jihat muhim: 
- polimer hajmida to„ldiruvchi tolalarning joylashishini regulyarligi; 
- polimer va tola o„rtasidagi o„zaro ta‟sirlashishlar – adgeziya. 
Polimer kompozitlarga quyiladigan talablardan biri ularning issiqlikka 
chidamligini oshirishdir.
Bunda uchta jihat muhim deb e‟tirof etiladi: 
- armirlovchi to„ldiruvchining tabiati issiqlikka chidamlilikni oshiradi. 
Masalan, shisha tolalar 840 
o
C gacha, bor tola 2300 
o
C gacha oshiradi; 
- armirlovchining 
yuqori 
issiqlik 
o„tkazuvchanligi 
yutilayotgan 
issiqlikni nisbatan tekis taqsimlanishi va chidamlilikni ta‟minlaydi; 
- zanjirlararo bog„larni issiqlik ta‟sirida qayta tiklanishi va to„ldiruvchi 
sirtida kimyoviy tikilish issiqlikka chidamlilikni oshiradi.
Kompozitlarga nisbatan yana bir talab, ularning zichligini kichik 
bo„lishiga erishishdir. Polimer kompozitlar zichlik 1,2 † 1,9 gacha 
pasayadi va bu hol metal qotishmalarnikiga qaraganda 1,5 † 3 marta 
kichikdir. Bunga erishish polimer kompozitlarning nihoyatda yengil 
bo„lishiga va davriy deformatsiyon o„zgaradigan metallarga nisbatan bir 
necha bor chidamli bo„lishini ta‟minlaydi. 
Polimer kompozitlar quyidagi jihatlari bilan boshqa materiallardan 
farqlanadi: 
- kichik issiqlik o„tkazuvchanligi; 
- issiqlik sig„imining kattaligi; 
- siljish kuchlanishining katta miqdorini ushlab turish qobiliyati; 
- qizdirilganda gazsimon mahsulotlarni ajralish qobiliyati; 
- material sifatida yengilligi: 
- xom-ashyo resursining boyligi; 
- ekologik xavfsizligi; 
- turli sohalarda keng qo„llanishi; 
- mustahkamlik va ekspluatatsion tavsiflari bo„yicha boshqa materiallar 


193 
bilan raqobat qila olishi
- materialning qisman termik parchalanganda sirtida ko„mirsimon 
mahsulotni hosil qilish qobiliyati (10.1-jadval). 
10.1-jadval. Turli materiallarning issiqlik o„tkazuvchanligi va termik 
kuchlanishi
Material 
Issiqlik o„tkazuvchanlik, 
kkal/s.m.
o

Termik kuchlanish* 
Po„lat 
Alyuminiy 
Titan 
Armirlangan plastik 
40 
175 
17,5 
0,21 
210 
130 
30 
26 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling