Polimer kompozitlar va nanotizimlar
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033653
Kimyoviy usul – bu kimyoviy sintez natijasida nanotolalar hosil qilish
usuli bo„lib, unga misol sifatida Pensilvani unisersiteti (AQSh) tadqiqotchisi Pratik Mankidi tajribasini keltirish mumkin. Bugungi kunda noyob kashfiyot deb qaralayotgan ushbu usul mohiyati maxsus superelimning sirtidan nanotolalar unib chiqishiga asoslangandir (10.2.1- rasm). Bunday nanotolalarning sintez bo„lishiga sianoakrilat asosidagi yelim sirtida barmoq izlarini qoldirilishi (a), aniqrog„i barmoq izlari orasida qoldirilgan tuzlar ta‟sirida initsirlanish tufayli polimerlanish jarayoni amalga oshishi sabab bo„lgan. Muhimi, polimerlanish natijasida silindrik ko„rinishga ega bo„lgan nanoo„lchamli tolalar (b) hosil bo„lishidir. 10.2.1-rasm. Polimer yelim sirtidagi barmoq izlari mikrofotografiyasi (a) va undan ungan nanotolalalar (b) a b 195 Shuningdek, polimer nanotolalar olishning yana bir kimyoviy texnologiyasi koreyaning Hyosung kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Bu antibakterial ip deb yuritiladigan nanotolalar bo„lib, tarkibida kumush bo„lgan poliamid asosida olinadi va Mipan Nano-Magic Silver nomi bilan ishlab chiqariladi. Bu kabi murakkab tarkibli antibakterial nanotolalar polimer-polimer aralashmalari asosida ishlab chiqarilayapti. Masalan, xitozanni turli tabiiy va sintetik tolalar aralashmalari asosida Crabyon rusumli nanotolalarni Pozzi Electa kompaniyasi va Maytech Chitosante rusumli nanotolalarni BeBe Cotton Knitting Co Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish yo„lga qo„yilgan. Xitozan biopolimeri hozirda ko„p qatlamli uglerodli nanonaychalar ishlab chiqarishda ham keng qo„llanilayapti. Bu usul xitoyning Hong Kong Polytechnic University va Shanghai Institute of Materia Medica ilmiy markazlari olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo„lib, uglerodli nanonaychalar sirtiga xitozanni nokovalent tarzda modifikatsiyalashga asoslangandir (10.2.2, a, b- rasm). 10.2.2, a-rasm. Ko„p qatlamli nanonaychani xitozan bilan qoplash chizmasi: 1- bosqich; 2- bosqich; 3- bosqich. 10.2.2, b-rasm. Nanonaychalar (a) va xitozan bilan qoplangan nanonaychalarning (b) elektron mikroskopik tasvirlari Buni amalga oshirish uchun dastlab birinchi bosqichda nanonaycha sirtiga xitozan sirka kislotasidagi eritmasi bilan dispergirlanadi. Natijada xitozan molekulalari nanonaycha sirtida adsorbsiyalanadi va polimer kation sirt-faol modda vujudga keladi. So„ng, ya‟ni ikkinchi bosqichda suyultirilgan ammiak eritmasi bilan xitozan ionsizlashtiriladi va suvli muhitda erimaydigan shaklga o„tadi. Keyingi uchinchi bosqichda namuna 60 o C gacha qizdiriladi va glutaraldegid ta‟sirida xitozanda ko„ndalang bog„lar hosil qilingan holda tikiladi hamda nanonaycha sirti polimer bilan qoplanadi. a b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling