Polimer kompozitlar va nanotizimlar


*Termik kuchlanish - bu egiluvchanlik modulini chiziqli kengayish koeffitsientiga


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana28.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1237540
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5390886823583033653

*Termik kuchlanish - bu egiluvchanlik modulini chiziqli kengayish koeffitsientiga 
ko‘paytmasi. 
Plastikni armirlash uning massasini kamaytirish, ko„ndalang va bo„ylama 
yo„nalishlardagi mustahkamligini oshirish imkoniyatini beradi. 
Polimer kompozitlar quyidagi asosiy guruhlarga bo„linadi: 
- qatlamli plastiklar yoki tekstolitlar. Bunda I to„ldiruvchi tolasimon 
to„ldiruvchi sifatida qo„llaniladi; 
- quyma yoki presslangan kompozitlar. Bunda kompozit qirqilgan 
tolalar, xom iplar, pishiq iplar bilan to„ldiriladi; 
- orientirlangan armirlangan plastiklar. Bunda shisha yoki sintetik 
tolalar, iplar, jgutlar bir biriga parallel joylashtirilib ustiga 
bog„lamchi qeyiladi; 
- shishaplastiklar. Bunda kompozit shisha tolalar yoki kanop tolalar 
(gazmollar) 
asosida 
past 
haroratlarda 
presslash 
orqali 
shakllantiriladi. 
Polimer 
kompozitlarning 
mustahkamligini 
oshirish 
yo„llari.  
Armirlangan plastiklarda polimerni to„ldiruvchi bilan o„zaro ta‟sirlashishi 
o„ta murakkab bo„lib, uning asil mohiyati oxirigacha aniqlanmagan. Ayrim 
qarashlar kompozitlarning mustahkamligini oshishini polimer va 
to„ldiruvchi chegarasida namoyon bo„ladigan fizik kuchlar hisobiga 
(ishqalanish va bosim) amalga oshadi deb izohlashadi. Boshqa yo„nalish 
tarafdorlari kompozitlar mustahkamligining oshishi armirlovchi tolalarning 
orientatsion joylashishidir deb hisoblaydilar. Kompozitlardagi muhim 
parametr bu kuchayish koeffitsienti bo„lib, u to„ldirilgan material 
mustahkamligini dastlabki polimer mustahkamligiga nisbatan aniqlanadi.


194 
10.2. Polimer nanotizimlar va ularning fizik xossalari 
Insoniyat ehtiyojining doimiy tarzda yangi materiallar yaratishga 
qaratilishi, keyingi yillar davomida dunyoning yetakchi mamlakatlari 
qatorida O„zbekistonda ham nanofanlar va nanotexnologiyalarga asos 
solinishiga olib keldi. Bu sohada ustuvor tadqiqot yo„nalishlaridan biri 
nanotuzilishli polimer materiallar yaratishning fundamental muammolarni 
yechish bo„lib, bu borada polimerlar asosida dastlabki nanomateriallar 
olishga erishilgan. Jumladan, nanotuzilishli polimer-metall, polimer-
polimer komplekslar, nanokompozitlar, nanotolalar shakllantirilgan hamda 
ularning amaliy qo„llanishi boy„icha izlanishlar olib borilmoqda. 
Nanotizimlar, jumladan, nanotolalar diametri o„lchami nanometrlarda 
va uzunligi esa diametriga nisbatan bir necha tartibga katta bo„lgan 
tuzilmalardir. Bunday tuzilmalarning mavjudligi va morfologiyasi elektron 
va ultramikroskopik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Kompozitlar kabi 
nanotuzilishli materiallar tabiiy va sintetik polimerlar, oligomerlar, 
metallar, turli aralashma va birikmalar asosida olinishi mumkin. 
Shuningdek, kompozitsion materiallarni nanotolalar asosida shakllantirish 
imkoniyati mavjud. Noyob tavsifli hisoblanadigan nanotolalarning olinishi 
sanoatda ishlab chiqarilayotgan mikrotolalardan farq qiladi, avvalam bor, 
olinadigan tolaning diametri nanoo„lchamlarda bo„lishi talab etiladi. Shu 
bois tola shakllantirish jihozlari, jumladan, filera va tola hosil qilish tizimi 
hamda rejimi tanlab olinadi. Nanotolalar shakllantirishning bir nechta 
turlari mavjud bo„lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo„lish mumkin: 
kimyoviy va fizikaviy. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling