Polimer kompozitlar va nanotizimlar
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033653
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Polimer nanotolalar shakllantirishning elektrospinning usuli
Fizik usullar. Nanotolalar olishning fizik usullari – kuchli elektr
maydonida polimer eritma yoki suyultmaning bo„ylama oqimini keskin tortish natijasida makromolekulalarning orientatsiyon kristallanishini amalga oshirishga asoslangan. Bunday yo„llar bilan Arkanzas universiteti (AQSh) olimlari polimer nanotolalar va ulardan qog„oz olish usullarni ishlab chiqdilar. Ushbu nanotolali materiallar noyob fizik xossalarga ega bo„lib, ularni buklash, kesish, undan turli xil jihozlar yasash mumkinligi aniqlangan. Yana bir fizik usul gidrotermal qizdirishga asoslangan bo„lib, prof. Rayana Tyanya rahbarligida dioksid titan asosida polimerli nanotola olingan va undan yassi membrana, tarelka, probirka kabi jihozlar yasashgan. Yuqori antibakterial xossaga ega bo„lgan, tarkibidagi kumush hisobiga teri infeksiyalari va zamburug„ kasalliklarini 99,9 % samarada davolay oladigan hamda ion aylanishi va metabolizmni yaxshilaydigan tola sintetik polimerpoliamid va kumush ionlari asosida ishlab chiqarilgan. Bu ip-tolaning muhim fizik xossasi infraqizil nurlanish chiqarishidir. Shuningdek, kumush poliamidda mustahkam o„rnashgan holda bo„lib, u ip- tola materialni yuvganda chiqib ketmaydi. Shu tufayli ushbu ip-tolani ichki kiyimlar, paypoq va trikotaj materiallari tayyorlashda qo„llanishi muhim ahamiyat kasb etadi. 10.3. Polimer nanotolalar shakllantirishning elektrospinning usuli Nanotolalar shakllantirishda eng zamonaviy usullardan biri elektrospining bo„lib, bu usulning prinsipial asosi aslida 1934 yilda tavsiya etilgan. Unda eritma oqimi bo„ylab yuqori kuchlanishli doimiy elektr maydoni ta‟sir ettirilganda, erituvchini bug„lanishi hamda polimer molekulalalari bir biriga orientatsiyon birikib 10 – 30 sm masofada tolalar shakllanishi kuzatilgan. Ammo shakllangan tolalar bir-biriga chigallashib ketgan va nobarqaror tuzilishga ega bo„lgan. Bu kamchiliklarni bartaraf etish, barqaror tolalar, jumladan, nanoo„lchamli tolalar shakllantirishga 1990 yillarga kelib Berklilik AQSh olimlari jiddiy kirishishgan. Buning uchun yaqin maydonli elektrospining (near-field electrospinning process) qo„llanilgan va uning samaradorligi hozirda jadal rivojlanayotgan polimer nanotolalar olishning yangi davri boshlab bergan. Elektrospinning jarayoni ichgichka (0,1 † 2,0 mm) kapillyardan (anoddan) chiqayotgan polimer eritma oqimini havoda yuqori kuchlanish (0,5 †50 kV) ta‟siri ostida ekranga yoki barabanga (katodga) elektrostatik tortish va oqimdan erituvchini jadal bo„g„lantirib chiqarib yuborish hamda polimer molekulalarini orientatsion holatga o„tkazib bir biriga o„ralgan (eshilgan) tarzda nanoo„lchamli tola ko„rinishida shakllantirishga 197 asoslangandir. Odatda anod va katod o„rtasidagi masofaning har bir sm ga bir kV dan doimiy kuchlanish mo„ljallab beriladi. Elektrospinning jarayonining prinsipial chizmasi 10.3.1-rasmda keltirilgan. 10.3.1-rasm. Elektrospinning prinsipial chizmasi (a) va elektr maydonida fileradan chiqayotgan polimer suyuq fazali oqimdan erituvchining bug„lanishi va makromolekulalarning orientatsion eshilgan holga nanotolalar bo„lib shakllanib ekranga borib tushishining fotosurati (b) Bunday yo„l bilan, hozirgacha 100 dan ortiq turli xil tabiiy va sintetik polimerlar asosida diametri nano- va mikroo„lchamlarda bo„lgan tolalar olingan. Ammo, tolaning tekis bir xil diametrli bo„lishini ta‟minlash muammosi mavjuddir. Masalan, doktor Li va hamkasblari yaqin maydonli elektrospinning yordamida diametri 50 – 500 nm intervalida bo„lgan nanotolalar olishgan (10.3.2-rasm). Bunda tola kollektori va polimer emitteri o„rtasidagi masofani 10 – 30 Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling