­ ­­­­ Mustaqil ish Mavzu: Kislatali va ishqoriy muhitda mochevina-formal’degid smolasi sintezi. Tekshirdi: Bajardi: Reja


Download 415.59 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi415.59 Kb.
#1011120
  1   2
Bog'liq
mustaqil ish (2)



­
­­­­


Mustaqil ish
Mavzu:Kislatali va ishqoriy muhitda mochevina-formal’degid smolasi sintezi.


Tekshirdi:
Bajardi:

Reja:

  1. Mochevina-formaldegid smolalar.

  2. Geterozanjirli polimerlar.

  3. Polikondensatlanish reaksiyalarining ahamiyati va mohiyati. Polikondensatlanish reaksiyalarining turlari


MOCHEVINA-FORMALDEGID SMOLALAR, karbamid smolalar — mochevinaning formaldegid bilan oʻzaro polikondensatlanishidan hosil boʻlgan sintetik termoreaktiv oligomer mahsulotlar. Issiqqa chidamli, elektroizolyatsion xossalari yaxshi, yorugʻlik nuriga bardoshli, rangsiz, boshqa yorqin ranglarga oson boʻyaladi. Masalan, aminoplastlar, karbamid yelimlar, penoplastlar, loklar i. ch. da qoʻllanadi.
Geterozanjirli polimerlar. Geterozanjirli polimerlar ko‘proq polikondensatlash, bosqichli va ionli polimerlash reaksiyalari bilan sintez qilinadi. Eng ko‘p o'rganilgan amaliyotda foydalaniladigan geterozanjirli polimerlar quyidagilardan iborat 1. Makromolekulalarining asosiy zanjiri uglerod va azotatomlaridan iborat geterozanjirli polimerlar. Bu polimer birikmalar sinfi quyidagi guruhlarga ega: Makromolekulasining asosiy zanjirida ikkilamehi aminlar - NH - yoki uchlamchi aminlar - N < tutgan polimer aminlar. Bunday polimerlarga amaliyotda o‘z o‘rnini topgan anilin va formaldegiddan sintez qilinadigan anilin - formaldegid polimerlarni kiritish mumkin.

Bu guruh polimerlarga anilin va formaldegidni kuchli kislota muhitida reaksiyaga kiritib va hosil boMgan n - aminobenzil spirtini qizdirish orqali olinadigan fenilen guruhlar tutgan chiziqli polimer poHaminofenilenmetilenm ham kiritish mumkin:

Makromolekulasida - NH - CO - amid guruhlari tutgan alifatik yoki aromatik uglevodorod zvenolari takrorlanadigan polimer amidlar; dastlabki nioddalarga ko‘ra poliamid birikmalarni karbamid polimerlar, polimochevinalar va chiziqli poliamidlarga bo'linadi. Bu polimerlar polikondensatlash reaksiyasi orqali olinadi. Masalan, karbamid polimerlar ko‘p asosli kisiotalar amidlarini aldegidlar bilan polikondensatlab olinadi. Mochevinaning metilol hosilalari oq kristal moddalar bo‘lib suvda eriydi va faqat juda kuchli ishqoriy muhitda kimyoviy barqaror. Metilolmochevina 100°C gacha qizdirganda polikondensatlanib amorf, rangsiz, tiniq, chiziqli tuzilishga ega polimer hosil qiladi:

Aniq chiziqli tuzilishga ega boigan polimochevinalarni diizotsianatlar va diaminlarni bosqichli polimerlash usuli bilan olish mumkin:

Poiiamidlar polikondensatlash va bosqichli polimerlash usullari bilan olinadi. Poliamidlarni olishning polikondensatsion jarayonlariga qiividagilarni kiritish mumkin:

  1. aminokislotalarni polikondensatlash:





  1. dianiinlar va dikarbon kislotalarni polikondensatlash:



  1. dikarbon kislotalarning diaminlari va efirlarini polikondensatlash:



  1. diamin va dikarbon kisiotalar tuzlarini polikondensatlash:



  1. diaminlarni dikarbon kislotalarning dixlorangidridlari bilan polikondensatlash



  1. izotsianatlar va dikarbon kislotalarni polikondensatlash:





  1. laktamlarni ionli yoki bosqichli polimerlash:


So‘nggi usul boshqalaridan qo‘shimcha moddalarsiz polimer hosil boMishi bilan farq qiladi. Bulardan tashqari geterozanjirli polimerlarga oksidlar sinfiga kiruvchi polietilenoksid va poliformaldegidni misol qilib keltirish mumkin:

Polietilenoksid kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarishda juda ko‘p ishlatiladi.
Poliformaldegid plastmassa olish sanoatida ishlatiladi.


Har 100 atomdan nechtasi geteroatom ekanligini ko‘rsatuvchi kattalik geteroatom ко 'rsatgich deb ataladi. Polimerlarning nomi odatda monomer nomidan kelib chiqib uning oldiga «poli» qo'shimehasini qo‘shish bilan ataladi. Masalan, etilenni polimerlash mahsuloti polietilen, stirol - polistirol, metilmetakrilat - polimetilmetakrilat va h.k deb nomlanadi.


Agar monomer molekulasida o ‘rindosh bo‘lsa yoki uning nomi bir nechta so‘zdan iborat b o isa, «poli» old qo‘shimchasidan keyin qavs ichida monomer nomi qo‘yiladi. 3-metilpenten - 1, vinilxlorid, oksipropilen, xlortriftoretilen va e -kaprolaktam mos holda poli(3- metilenpenten-1), poli(vinilxlorid), poli(oksipropilen), poli(xIortriftoretilen) va poli-(e-kaprolaktam) deb nomlanadi.
Bir qator polimerlar ularning gipotetik monomerlari bo‘yicha nomlanadi. Masalan, polivinil spirti polivinilatsetatni gidroliz qilib olinadi:

U atsetaidegidning faqat enol shaklida mavjud bo‘ladigan gipotetik monomer - vinil spirti nomi bilan nomlangan. Bitta monomerdan olinadigan kondensatsion polimerlar ham shu usul bilan nomlanadi. Bunga misol tariqasida aminokislotalar va oksikislotalarning murakkab poliefirlari va poliamidlarini ko‘rsatish mumkin. 6-aminokapron kislotasi asosidagi polimer poli-(6-aminokapron kislotasi) deb ataladi.


r - kaprolaktamdan oiingan xuddi shu polimer poli-(skaprolaktam) deyiladi. Shunga o‘xshash ikkita turlicha monomerdan oiingan ayni bitta polimer ancha ko‘p tarqalgan. Ikki va undan ortiq monomerdan sintez qilingan kondensatsion polimerlar, odatda ular elementar zvenosining kimyoviy tuzilishiga qarab nomlanadi. Bunda nomlanish strukturaviy guruh nomini qavs ichiga olib old qo‘shimcha qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Bunday strukturaviy guruh polimer sinfini belgilovchi murakkab efir, amid, urctan va h.k. spesifik guruhlardan iborat. Shunga ko‘ra, geksametilcndiamin va sebatsin kislotasi polimeri sebatsin kislotasining almashgan amidi deb hisoblanadi va poli(geksametilensebatsamid) deb ataladi, PoliCetilentereftalat) - etilenglikol va tereftal kislotasi HOOC - C6N4COOH asosidagi polimerdir. Trimetilenglikol va elilendiizotsianat asosidagi polimer poli(trimetilenetilenuretan) deyiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, keltirilgan barcha nomlarning qavslari, odatda tushirib qoldiriladi



Ba'zi polimerlar uchun ularning savdo markalari asos qilib oiingan maxsus atamalar qabul qilingan. Bularga misol tariqasida «naylon»ni olish mumkin. «Naylon» so‘ziga ikkita raqam qo‘shiladi, ulardan biri poliamiddagi diamin qoldig‘ining metilen sonini ko'rsatsa, ikkinchisi - dikarbon kislotasi qoldig'idagi uglerod atomlari sonini ko‘rsatadi. Shunday qilib, poligeksametilenadipamid va poligeksametilensebatsamid - naylon 6,6 va naylon - 6,10 deyiladi.
Ko‘p hollarda bunda,у nomenklatura polimerning kimyoviy tuzilishi haqida hech qanday ma’lumot bermaydi. Masalan, formaldegid va fenolni polikondensatlab olinadigan polimer fenolformaidegid polimeri, fenolformaldegid smola, fenol smolasi va tenoplast deb nomlanadi. Formaldegid yoki boshqa aldegidlarning mochevina yoki melam in bilan polimerlari hech qanday aniq nomsiz «aminosmolalar» yoki «aminoplastlar» deb yuritiladi. Shuning uchun, ko‘pincha aminoplast deb nomlangan aniq polimer sintezi uchun qaysi aldegid yoki amindan foydalanganligini aniqlash ancha qiyin boMadi. Polimerni nomlashda ikkala monomerning nomidan foydalanish birmuncha qulay hisoblanadi, Masalan, karbamid (mochevinaformaldegid) smolasi yoki melaminformaldegid smolasi. Shunga o‘xshash bisfenol karbonati nomi bilan mashhur polimerni uning

kimyoviy tuzilishiga qarab poli-4,4’-izopropilidendifenilenkarbonat deb atash birmuncha to‘g‘ri bo‘ladi. Akrilonitrilni polimerlab olinadigan poliakrilonitril nitron, perlon, orlon va h.k. nomlar bilan nomlanadi:

Mahsulotni ishlab chiqaruvchi firma polimerni o ‘zi nomlaydi. Respublikamizning «Navoiy - azot» kimyo korxonasida ishlab chiqariladigan poliakrilonitril tolasi nitron nomi bilan yuritiladi. Etilenglikol va tereftal kislotasidan polikondensatlash orqali olinadigan poliefir tolasi lavsan deb atalgan. Bu mazkur polimerni sintez qilish usulini ishlab chiqqan Sankt-Peterburgdagi Yuqori molekulyar birikmalar institutining shu nomli laboratoriyasi nomi bilan atalgan. Buning uchun laboratoriya so‘zidan «La», високомолекулариие соединениядан «вс» va академия наук (fanlar akademiyasidan) «аn» olingan.

Download 415.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling