???????????????????????????????? ???????????????????????????????????? Rashid Nuri Guntekinning «Yashil kecha» romani


Fuzuliyning «Layli va Majnun» dostoni


Download 1.42 Mb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1482213
1   2   3
Bog'liq
turkiy

4. Fuzuliyning «Layli va Majnun» dostoni.

  • Geneal shoir qalami bilan sayqal topgan Farhod, Shirin, Layli va Majnun obrazlari hozirgi kunda ham o‘z badiiy yetukligi va gumanistik yo‘nalishi bilan kishini o‘ziga maftun etadi. Mug‘ul istilochilarining bosqinchiligi mamlakat iqtiosdiy hayotiga mislsiz ofat yetkazganidek milliy adabiyot va san’at taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bosqinchilar mahalliy xalqning madaniy yodgorliklarini nest-nobud qildilar. Qonli feodal urushlar natijasida ezilgan mehnatkash ommaning ahvoli yanada og‘irlashdi. Adabiyotda umidsizlik kayfiyatini targ‘ib etuvchi diniy-mistik poeziya quloch yoydi, saroy poeziyasi tushkunlikka yuz tutdi.
  • Sufistik poeziyaning panteistik oqimga mansub shoirlarning ko‘zga ko‘ringan vakillari – Zulfiqor Shervoniy, Shams Tabriziy, Mahmud Shobustariy o‘zlarining mavjud ijtimoiy tuzumdan noroziliklarini diniy-mistik qobiqqa o‘rab ifodaladilar.

Shoir Imomiddin Nasimiyning ijodi ko‘p jihatdan o‘sha vaqtlarda Ozarbayjonda keng yoyilgan diniy-siyosiy holat qatnashchilari bo‘lgan xurufiylarga yaqin turar edi. Uning poeziyasi rasmiy musulmon diniy qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan aybnomaday jaranglar edi. Nasimiy o‘zining xurufiy nasihatlari shaklida to‘qilgan asarlarida islom-idrokini ulug‘ladi. «Inson o‘z aqli tufayli xudolik darajasigacha ko‘tarilishi mumkin» degan g‘oyani olg‘a surdi.

  • Shoir Imomiddin Nasimiyning ijodi ko‘p jihatdan o‘sha vaqtlarda Ozarbayjonda keng yoyilgan diniy-siyosiy holat qatnashchilari bo‘lgan xurufiylarga yaqin turar edi. Uning poeziyasi rasmiy musulmon diniy qonun-qoidalariga qarshi qaratilgan aybnomaday jaranglar edi. Nasimiy o‘zining xurufiy nasihatlari shaklida to‘qilgan asarlarida islom-idrokini ulug‘ladi. «Inson o‘z aqli tufayli xudolik darajasigacha ko‘tarilishi mumkin» degan g‘oyani olg‘a surdi.

5. Abay she’rlari.

  • Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo‘nonboev Qozog‘istonning Semipalatinsk uezdiga qarashln Chingiztov rayonida chorvador oilasida tug‘ildi. Yoshlik chog‘larida madrasada o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o‘z bilimini oshirdi. Abay ijodi yoshlik chog‘laridan she’r yozish va o‘lan aytishdan boshlandi. Uning juda ko‘p o‘lanlari xalq orasida mashhur. O’z davrining ilg‘or g‘oyali ziyolisi bo‘lgan Abay ma’rifatparvarlik harakatiga boshchilik qildi. U xalqni savodxon qilish va ruslardan o‘rnak olishga da’vat etdi. Abay birinchi qozoq kompozitoridir. U o‘z she’rlariga xalq kuylari asosida kuy bastalagan. Abay A. S. Pushkinning «Yevgeniy Onegin» asaridan parchalarni qozoq tiliga tarjima qildi. O’zbek tilida Abayning «O’lanlar» (1945) va «Abay Qo‘nonboev» degan nom ostida ayrim asarlari tarjima qilib bosilgan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling