[-]
Download 1,03 Mb.
|
1 4 sinflarda jismoniy madaniyat darslarini otish metodikasi yosh (pdf.io) (1)
Bilim
- оdаm оrgаnizmining tuzilishi vа аhаmiyati; 4-sinf rivоjlаnishidа bаdаntаrbiyaning o‘rni vа - qаddi-qоmаtning tuzilishigа mахsus mаshqlаrning tа’siri; - Chiniqish nimа? Bаdаnni chiniqtirishning аsоsiy qоidаsi vа аhаmiyati hаqidа tushunchа bеrish; - Mаshg‘ulоt vаqtidа shikаstlаnishning оldini оlish vа birinchi tibbiy yordаm ko‘rsаtish to‘g‘risidа mа’lumоt bеrish. Ko‘nikma Jismoniy tarbiya darslarida o‘z-o‘zini muhofaza qilish qoidalarini bilish barobarida quyidagilarni bajarish lozim: -to‘g‘ri yo‘lakdan chaqqon yugurish; -guruh bilan birga 60 metrli masofaga past startdan yugurish; -asta-sekin yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) o‘rta tezlikda yugurish; - to‘pni ilib olib, uloqtirish, to‘p bilan harakatlanish; - futbol va sport o‘yinlari elementlarini almashtirib bajarish; - harakatli o‘yinlarni bajarish; - ertalabki gimnastikani bajarish; - "Alpomish va Barchinoy" kompleks testlarini topshirish. Malaka -to‘g‘ri yo‘lakdan chaqqon yugurа оlish; -guruh bilan birga 60 metrli masofaga past startdan yugurа оlish; -asta-sekin yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) o‘rta tezlikda yugurа оlish; - to‘pni ilib olib, uloqtirish, to‘p bilan harakatlanа оlish; - futbol va sport o‘yinlari elementlarini almashtirib bajarа оlish; - harakatli o‘yinlarni bajarа оlish; - ertalabki gimnastikani bajarа оlish;
JISMONIY TARBIYA (1-4-sinf) UQTIRISH XATI Ushbu o‘quv dasturi hozirgacha amalda qo‘llanilib kelgan dasturlarga tanqidiy yondashilib, ularning eng yaxshi jihatlari, ilg‘or maktab o‘qituvchilarining va boshqa mutaxassislarning ijobiy ish tajribalari e’tiborga olingan holda qayta ishlab chiqildi. Maktabda haftasiga 2 soat o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to‘laqonli yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy tadqiqotlarga asosan o‘quvchilarning kundalik harakatga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini 45 daqiqalik jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11% ini qondira olishini, natijada bola organizmining biologik talabi qoniqmasligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan qo‘shimcha mashg‘ulot darslarni o‘tkazish uchun maktab komponentidagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, agarda qayerda imkoniyat bo‘lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o‘tishga ruxsat etildi. Shunday qilib, 1-sinfdan 4-sinfgacha maktab dasturidagi bo‘limlar bo‘yicha o‘quv yiliga tavsiya qilinadigan o‘quv soatlari setkasi quyidagicha bo‘ladi: Download 1,03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling