“ ” yanvar 2022 yil tarix yo’nalishi 2-kurs (sirtqi) talabalari uchun raqamli tarix fanidan


Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio


Download 1.43 Mb.
bet4/33
Sana13.01.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1091329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
RT 2-mutaxassislik MAJMUA NURBEK

Axoborot deb inson sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha ma`lumotlarga aytiladi. Axborot lotincha informatio so`zidan olingan bo`lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoki hodisa haqidagi ma`lumot ma`nosini anglatadi.
Axborot deganda atrof muhitdan, (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a`zolarimiz (ko`z, quloq, burun, og`iz, teri) orqali qabul qilib, anglab oladigan har qanday ma`lumotni tushunamiz.
Tabiatni kuzatib, insonlar bilan muloqatda bo`lib, kitob va gazetalar o`qib, televizion ko`rsatuvlar ko`rib biz axborot olamiz.
Mаsаlаn, ko`chаdа kеtаyotgаnimizdа ko`zimiz оrqаli аxbоrоt yig`аmiz. Ko`zning nеrv hujаyrаlаridа yig`ilgаn аxbоrоt murаkkаb rаvishdа аlmаshinаdi vа bоsh miyaning ko`rish bo`limlаrigа uzаtilаdi. Bu еrdа аxbоrоtgа nаvbаtdаgi ishlоv bеrilаdi vа ishlоv nаtijаsidаn shu zаhоtiyoq fоydаlаnilаdi. Muskullаrimizgа signаllаr (аxbоrоtlаr) yubоrilаdi. Buning nаtijаsidа biz svеtоfоr chirоg`igа qаrаb yo`ldаn o`tishimiz yoki to`xtаshimiz mumkin. Dеmаk аxbоrоtni qаbul qilish, yig`ish, ishlоv bеrish, sаqlаsh vа uzаtish mumkin ekаn.
Аxbоrоtni 90% dаn оrtig`ini ko`rish vа eshitish оrqаli qаbul qilаmiz. Mаsаlаn, biоlоgiya dаrsidа o`simliklаrni o`rgаnаmiz, ya`ni o`simliklаrni hаyoti hаqidа аxbоrоt оlаmiz. Birоr-bir issiq prеdmеtgа qo`limiz tеgib kеtsа, dаrhоl qo`limizni tоrtib оlаmiz. Bu vаziyatdа bоsh miyamiz mаzkur prеdmеtning yuqоri tеmpеrаturаgа egа ekаnligi hаqidа аxbоrоt оlаdi. Аvtоbusdа kеtаyotsаk mаtоrning shоvqinini eshitаmiz. Shоvqin biz uchun оdаtiy xоl, lеkin tаjribаli shоfеr uchun esа bu - аxbоrоt. U ushbu аxbоrоtni eshitish оrqаli аvtоbus mоtоrini tеxnik hоlаtini hаmdа ishlаsh sifаtini аniqlаshi mumkin.
Аxbоrоt оb`еktlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr hаqidаgi xаbаrlаr to`plаmidir.
Axborotlar turli-tuman ko`rinishda bo`lib, ularni quyidagicha ifodalash mumkin:

  1. Matnli axborot.

  2. Grafikli axborot.

  3. Tovushli axborot.

  4. Videolavhali axborot.

  5. Belgili axborot.

  6. Raqamli axborot.

Inson sezish a`zolari, texnikada turli asboblar va xokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma`lumotlar deb ataladi. Ma`lumotlar aniq vazifalarni hal etishda zarur va foydali deb topilsa - axborotga aylanadi. Demak ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilayotgan yoki texnik vositalarda qayta ishlanilayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavxumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. Demak amaliyotda foydali deb topilgan, ya`ni foydalanuvchining bilimlarini oshirgan ma`lumotlarnigina axborot deb atasa bo`ladi.


Inson o`z hayotida tug`ilgan kunidan boshlab doimo ma`lumotlar bilan ish ko`radi. Ularni o`zining sezgi a`zolari orqali qabul qiladi.
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo`lgani uchun, axborotlarni tasnifi ham o`ziga xosdir. Jumladan, informatikada analog (uzluksiz) va raqamli (diskret) axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a`zolari analog (uzluksiz) axborot bilan ish ko`rishga moslashgan bo`lsa, hisoblash texnikasi esa raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
Matеmatik olim axborotni yanada kеngroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo`lgan bilimlarni ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o`zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lеkin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, u ham bo`lsa bеshta muhim xossaga ega bo`lishligidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov bеrish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning mazmundorligi, еtarliligi, aktualligi, o`z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy istе`mol sifat ko`rsatkichlari bilan bog`liqdir:
a) axborotning rеprеzеntativligi – ob`еkt xususiyatini adеkvat ifoda etish maqsadlarida uni to`g`ri tanlash va shakllantirish bilan bog`liqdir.
b) axborotning mazmundorligi - sеmantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi.
v) axborotning еtarliligi (to`laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lеkin еtarli tarkibga (ko`rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To`g`ri qaror qabul qilish uchun to`liq bo`lmagan, ya`ni еtarli bo`lmagan, xuddi shuningdеk, ortiqcha bo`lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi.
g) axborotning aktualligi (dolzarbligi) - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan bеlgilanadi va uning xususiyatlari o`zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo`lgan vaqtdan buyon o`tgan vaqt oralig`iga bog`liq bo`ladi.
d) axborotning o`z vaqtidaligi - uning avvaldan bеlgilab qo`yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kеlishilgan vaqtdan kеchiqmasdan olinganligini bildiradi.
е) axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob`еkt, jarayon, hodisa va hokazolarning rеal holatiga yaqinligi darajasi bilan bеlgilanadi.
j) axborotning ishonarliligi - axborotning rеal mavjud ob`еktlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan bеlgilanadi.
z) axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma`lumotlar aniqligini buzmasdan o`zgarishlarga ta`sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Elektron ta'lim – bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi, uning rivojlanishi 1980 yillardan keyingi yillardan (masofadan o'qitish va televizion kurslar shaklida) boshlangan.
Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o'zingizni auditoriya ichida his qiladigan darajada namoѐn qiladigan instrumentlar ѐrdamida ko'rish mumkin. Elektron ta'lim video, slayd-shou, Word va PDF hujjatlari ko'rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini beradi. Vebinarlarni o'tkazish va o'qituvchilar bilan muloqotda bo'lish foydalanuvchilarning o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatlaridan biri bo'lgan chat va forumlar orqali amalga oshiriladi.
Ko'plab turli e-Learning tizimlar (bugungi kunda ma'lum bo'lgan o'qitishni boshqarish tizimi ѐki LMS sifatida) va online kurslar etkaza olish imkoniga ega bo'lgan metodlari mavjud.
Instrumentlar ѐrdamida on line kurslarni va avtomatik adaptiv testlarni yaratish uchun materiallar to'plami kabi turli jaraѐnlar avtomatlashtirilgan bo'lishi mumkin.
Elektron ta'lim o'quvchilarga ta'limning haѐt tarziga aylantirish imkonini beradigan qulay (ko'p hollarda bepul) echim hisoblanadi. Bunda xattoki band bo'lganlar ham keyingi ishlash faoliyatini rivojlantirish va yangi malakalarni olish imkonini beradi.
Ta'lim sohasidagi muhim hodisalardan ayrimlari internet paydo bo'lgandan keyin sodir bo'ldi. Bugungi kunda o'quvchilar smartfonlardan foydalanishni, matnli xabarlarni jo'natishni va internetdan foydalanishni yaxshi bilishadi, shuning uchun on line kurslar bilan ishtirok etish va ishlash oddiy ish hisoblanadi. E'lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoq va kommunikasiya internetining boshqa turli vositalari o'kuvchilarga on-line kurslarda bo'lishi va o'rganilaѐtgan kursga bog'liq bo'lgan masalalarni umumiylik hissini ta'minlagan holda, muhokama qilish imkonini beradi.
Ta'lim soxasida texnologiyalardagi asosiy ziddiyatlardan biri bo'lib muammolarni xal etishda loyixalash bosqichidagi aniq bir muxandislik ishlanmasi yo'qligi hisoblanadi. Ta'limdagi texnologiya ichiga "Dizayn va texnologiya" xamda "raqamli texnologiyalar" kirib, raqamli texnologiyalarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari xisob-kitob tafakkurini shakllantirishda "Konstruksiyalash va texnologiya" fani kompyuterli ilmdan chiqib muxandislik dasturiy ta'minot yoki boshqa xisoblash amaliy fanlar sifatida joriy qilinmagan. Shunday qilib xisob-kitobli tafakkur bu nazariy usul, unda tafakur va dunyoni tasavvur etish shakllari bayon etilib, kompyuter fanlari yordamida nazariy bilimlar amalda aks ettiriladi. Asrlar davomida olimlar va muxandislar o'rtasidagi ziddiyatlar borligini ko'rishiiz mumkin: ilmiy faoliyat bilan bog'liq mumammolarni hal etish uchun jarayonlarni amalda ko'llash.
Ikkala usularning qo'llanishi avstraliya ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar qo'llashning kuchli tomonidir, shuningdek K-12 Avstraliya ta'lim tizimdagi hisob-kitob tafakkuri doirasida o'quv dasturida nazariy va amaliy fanlarning birlashishi ko'rsatilgan. Bu esa yuqori oliy o'quv yurtlaridagi tadqiqodlarda yuzaga kelmagan bo'lib, K-12 dasturi kompyuter ta'limiga keltirgan katta yutug'idir.
Avstraliya o'quv dasturiga tanqidiy nazar tashlashdan tashqari raqamli texnologiyalarni joriy qilishdagi bir necha fundamental muammolari mavjud. Yangi umumiy majbur o'qitiladigan fanni maktab ta'lim jarayoniga tadbiq etish oqibatida boshqa fanlarni o'qitishga zarur bo'ladigan vaqtning qisqarishi yuzaga keladi. Xozirgi paytda ortiqcha yuklangan o'quv dasturini engillashtirish mumkin, lekin buni kompleks usulida amalga oshirish mumkin, ya'ni raqamli texnologiyalarni boshqa fanlar bilan birlashtirish orqali. O'quv dasturlarda kompleks usullarni qo'llash orqali maqsadga yo'naltirilgan loyixaning samarali pedagogik usuli bo'lib hisoblanadi, garchi aniq ajratish orqali LCT tizimida umumiy ta'lim tizimida tadbiq etilishi lozim. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki AKT boshqa konsepsiyalarni, jumladan raqamli texnologiyalarni o'rganishni qo'llaydi, lekin aloxida fan sifatida ishtirok etmaydi.
Yana bir muammo sifatida o'qituvchilarga bo'lgan ishonchni keltirish mumkin. Computing orqali o'qituvchilarni aniqlashning 4ta asosiy vazifalarni keltirish mumkin:
 talabaning AKT bo'yicha umumiy ko'nikmalarini rivojlantirish
 raqamli texnologik ob'ektning o'quv rejasi maqsadiga erishish
 ta'lim sifatini oshirishda ta'lim texnologiyalar samaradorligini
Ta'minlash
 AKT qo'llash yo'li bilan pedagogik isloxotlarni qo'llash
Ko'plab o'qituvchilar ta'lim jarayoniga u yoki bu darajada kompyuter ta'limotini joriy qilishgan bo'li, boshqa usullar bilan muvofiqlashtirilgan.
Shuni ta'kidlash lozimki, bu kelajakdagi rejalar doim ham boshqa nuqtai nazarlar bilan rozi bo'lmaydi, ba'zan esa o'z fikrlar to'g'riligini bildirish uchun ko'plab qo'llanish kuzatiladi. Bunday kuchli integrasiya jarayonida ilgari AKT boshqa kompyuter fanlari bilan tadqiqodlar olib borishda kuzatilgan, va umumta'lim jarayonida AKT qo'llashga ko'plab qarshilik ko'rsatgan pedagoglar isloxotlarni olib borishda to'sqinlik qilishmoqda. Avtsraliya o'quv dasturi bilan haqiqatda ham raqamli texnologiyalarni aloxida fan sifatida o'qitilishini ta'minlaydi, shuningdek ta'limning barcha bosqchilarida AKT kompleks o'rganish samaradorligini ta'kidlaydi.
Xozirgi kunda ham pedagogik isloxotlarni amalga oshirishdagi kurashlar davom etib, ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalar qo'llanishiga urg'u berilmoqda. Avstraliya o'quv dasturini o'rganib chiqishda (Uiltshir & Donnelli, 2014) ayniksa avstraliya o'quv dasturida pedagogik dasturining tasavvur etilishiga alohida xurmatsizlik bilan qarashi yuzaga kelgan bo'lib, bevosita ta'lim jarayoni shakllariga qaytish birinchi o'ringa chiqarilgan.
Shu bilan birga ta'lim va o'qitish jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan ta'lim shakllari xamda usullariga o'qituvchilarni jalb qilish uchun qo'plab mashqqatli ishlar olib borilgan bo'lib, unga bo'lgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar uchratgan. Bishop & Verleger, 2013; Kulik, Kulik & Cohen, 1980).
Avstraliyadagi kompyuter ta'limi zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi bilan birga keskin rivojlanib kelgan. Isloxotlar tarafdorlariga bu jarayoni o'ta sekin borayotgandek tuyuladi, lekin boshqa o'zgarishlar bilan solishtirganda ta'limdagi isloxotlar o'ta keskin olib borilmoqda. Ohirgi masalardan biri sifatida islotlarning samaradorligini aniqlashdagi tadqiqodlar yo'qligini keltirish mumkin.
Ta'lim soxasida yuqori natidalarga erishgan o'qituvchilar, masalan matematiklar, raqamli texnologiyalarda yaxshi natijalarga erishi uchun o'nlab yillarni sarflashlari mumkin. O'quv dasturlarida raqamli texnologiyalar asosan taxminlar va prognozlar tuzishga qaratilgan. Vaqt o'tishi bilan sinfda tadqiqodlar va amaliyotlar o'tkazish jarayoni tadbiq etiladi, shunda o'quv dasturining maqsadi talabalar tomonidan qo'llanishi yuzaga kelishi mumkin. Lekin hozirgi paytda kompyuter ta'limida ishtirok etganlarning jamoaviy mas'uliyat shakllanishi uchun xozirgi va kelgusidagi talabalar o'rni zarur bo'ladi.
Prezentasiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentasiya – Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo'lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o'z xohishingizga ko'ra almashtirishingiz mumkin.
Slayd ma'lum bir o'lchamga ega bo'lgan muloqot varaqlaridir. Unda biror maqsadda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko'rgazma kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilinadi. K o'rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Slayd va taqdimotlar tayyorlash
MS WORD dasturini ishga tushirish
MS WORD dasturini ishga tushirishdan oldin kompyuterimizda Windows OS yuklangan bo'lishi lozim. Agar kompyuterni ishga tushirganimizda quyidagi tasvirda keltirilganga o'xshash oyna paydo bo'lsa, demak kompyuterda Windows OS yuklangan bo'ladi:
Windows OS dasturi kompyuterimizda yuklangan ekanligiga ishonch hosil qilgach, endi kompyuterimizda MS WORD dasturi yuklangan ekanligiga ishonch hosil qilishimiz kerak.
Buning uchun MS WORD dasturi nomi va maxsus belgisini izlab topamiz. Bu belgi quyidagi joylarda bo'lishi mumkin.
«Ish stoli» da:
«Pusk» menyusida
Power Poi nt dasturi
Prezentasiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animasiyalardan foydalanib sifatli prezentasiyalar yaratish imkonini beradi.
Prezentasiyalarni tayyorlash natijasida:
– qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;
– kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
– slaydoskoplarda foydalanish uchun 35 millimetrli slaydlar;
– cho'ntak daftarchasi;
– elektron prezentasiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987 yilda ishlab chiqilgan bo'lsa ham prezentasion grafik ishlarida etakchi o'rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo'shimcha fikrlar va prezentasiyalarni qo'llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo'lsin, xoh tajribali bo'lishidan qat'iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft Power Point taqdimotlarni tayyorlash va hosil qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animasiyalar hosil qilish mumkin.
Ma'ruza, biznes reja va hokazolar taqdimoti bo'lib, har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo'lishi mumkin.
Misrosoft Power Point universal, imkoniyatlari keng, ko'rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kirib, matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Power Point dasturi Misrosoft firmasining prezentasiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo'lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko'rgazmali qurollarni yaratish, ba'zi joylarda esa undan ma'lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturda multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo'llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari ham bajariladi. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu slayd va prezentasuya tushunchalaridir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko'p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog'liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Power Point dasturini ishga tushurish uchun «Pusk» → «Vse programm» → «Microsoft
Office» → «Microsoft office Power Point» va natijada Power Point dasturi yuklanadi.
Faqat ishchi varag'i slaydlar yaratish uchun moslangan. Power Point dasturining standart uskunalar panelidagi uskunalarining barchasi MS Word dasturining standart uskunalar panelidagi kabi bir xil bo'lib, bir xil amalni bajaradi. Formatlash uskunalar panelida esa MS Word dasturida yo'q bo'lgan ba'zi bir uskunalar joylashgan.
Quyida ana shu uskunalar va ularning bajaradigan amali to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
Belgilangan sohadagi so'zlarning o'lchamini kattalashtirish. Belgilangan sohadagi so'zlarning o'lchamini kichiklashtirish.
Slaydlar quruvchisi.
Slayd yaratish.
Power Point dasturida yangi taqdimot yaratish uchun fayl menyusiga kiramiz va u erdan buyrug'ini yoki standart uskunalar panelidagi uskunani sichqonchaning chap tugmachasi yordamida tanlaymiz yoki bo'lmasa klaviaturadagi [Ctrl+N] tugmalari kombinasiyasidan foydalanamiz.
EXCEL Elektron jadvalli dasturi
Excel elektron jadvalli dasturi Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo'lib, u Windows operasion tizimi boshqaruvida ma'lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo'ljallangan.
Windows operasion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibidagi Super Calc, Quat Prio va shunga o'xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
Windows muhiti ayniqsa Windows operasion tizimi yaratilgandan so'ng ko'pgina foydalanuvchilar Microsoft Office paketi tarkibidagi Excel dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Excel dasturida tayyorlangan har bir hujjat (ma'lumotli jadval) ixtiyoriy nom va «.xls» kengaytmadan iborat fayl bo'ladi. Excel da, odatda, bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook – kniga ) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish sohasi bu «Ishchi kitob»
bo'lib, u standart holda 3 ta varaq (list) dan iborat bo'ladi. Foydalanuvchi xohishiga ko'ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varag'ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo'ladi.
Masalan, A ustun bilan 7-qatorning kesishmasi A 7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12-qatorning kesishgan joyi D 12 katagi deyiladi.
Excel dasturini yuklashning bir necha usullari bor:
– Windows ishchi stolida MS Excel nomli yorliq bo'lsa, shu yorliqni ishga tushirish bilan Excel ni yuklash mumkin, ya'ni shu yorliqqa sichqoncha ko'rsatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tomondagi tugmasi bosiladi.
– ishchi stoldagi MS Excel yorlig'iga ko'rsatgich keltirilib yorliqning kontekstli menyusi ochiladi va menyudan «Otkrt» bo'limi tanlanadi;
– agar foydalanuvchi vazifalar qatoriga Excel belgisini (znachok) kiritib qo'ygan bo'lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham elektron jadvalni yuklash mumkin;
– «Pusk» tugmasini bosib Windows ning menyusi chiqariladi, menyudan «programm» bo'limi tanlanib, so'ng MS Excel tanlanib Excel EJ ni yuklash mumkin;
– «Pusk» tugmasini bosib Windows menyusi chiqariladi, «Dokument» bo'limidan, Excel da yozilgan fayllardan birini tanlasak, shu fayl bilan birgalikda Excel EJ chiqadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling