— Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae


Download 237.25 Kb.
bet5/6
Sana21.08.2023
Hajmi237.25 Kb.
#1668986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.

Urug‘ni tayyorlash. Urug‘larni ivitishdan oldin 3—5% li osh tuzi eritmasiga solib unda cho‘kkanlarini ajratib olinib toza suvda yuviladi. So‘ngra bu urug‘larni 8—10 soat davomida iliq suvda ivitiladi. Vaqti-vaqti bilan ivitilayotgan urug‘larni aralashtirib turiladi.
Ekish. Qovoq urug‘ini havo harorati 12—15°C ga yetganda 5—7 sm chuqurlikka SBU-2-4A poliz seyalkasining ikkita ekish agregati yordamida ekiladi.
Qovoqni hamma navlari janubda 20 aprel-10 may; markaziy mintaqalarda 25—30 aprel; shimoliy mintaqalarda 25—30 aprelda ekiladi.
Qovoq qo‘shqatorli lentasimon va bir qatorli 180 x 90 sm usulida ekiladi.
Yuqoridagi usullarda ekilgan har gektar maydonda 5—5,5 ming tup qovoq o‘simliklari joylashadi.
Poliz ekinlarini parvarish qilishda T-28 x 4 M, barcha turdagi „Belorus“, TTZ-100KX, Jahongir va boshqa rusumdagi to‘rt g‘ildirakli traktorlar, hosilni yig‘ish jarayonida esa 2 PTS-4-793 A rusumli pritseplardan foydalaniladi.
Parvarish qilish. Urug‘lar ekilgandan keyin bahor yomg‘iri ta’sirida hosil bo‘lgan qatqaloqni MVN-2,8 yoki MVX-5,4 rusumli rotatsion motigalar yordamida yumshatiladi.
Nihollar unib chiqqandan keyingi hosil bo‘lgan qatqaloqni esa KRX-3,6; KNB-5,4 kultivatorlari yoki MUB-5,4 rusumli mashinasiga osilgan rotatsion yulduzchalar yordamida yumshatiladi.
Birinchi chin barg hosil bo‘lgandan so‘ng har bitta uyada 2 tadan nihol qoldirib birinchi yagana o‘tkaziladi. Mabodo tuplar oralig‘ida xato bo‘lsa, bu uyalarga ivitilib nishlagan urug‘lardan ekiladi. Qovoq 3—4 tadan chin barg hosil qilgan davrda har bir uyada bittadan o‘simlik qoldirilib ikkinchi yagana o‘tkaziladi. Yaganalash vaqtida o‘simliklar shikastlanmasliklari uchun kerak bo‘lmagan o‘simliklar kesib olib tashlanadi. Yaganalash bilan bir vaqtda begona o‘tlar chopiq qilinib yumshatiladi, ya’ni bir vaqtning o‘zida yer yumshatiladi. Oradan 25—30 kun o‘tgach, ya’ni o‘simliklar gullash davriga yaqinlashganda ikkinchi chopiq o‘tkaziladi.
Qovoq urug‘lari qiyg‘os unib chiqishi bilan qator oralari yumshatiladi.
Yer osti suvlari chuqur joylashgan dalalarda sug‘orish o‘tkazilgunga qadar bir marta, yer osti suvlari yaqin joylashgan maydonlarda esa ikki marta qator oralari yumshatiladi. Har gal sug‘orilgandan keyin yer obi-tobiga yetgach kultivatsiya qilinadi. Jami bo‘lib o‘suv davrida 4—5 marta kultivatsiya qilinadi. Sug‘orish uchun egatlar KRX-3,6; KRX-4,2; KRN-5,6 yoki KNB-5,4 kultivatorlari yordamida olinadi.
Qovoq namlikka nisbatan o‘rtacha talabchan o‘simliklardan hisoblanadi. Odatda qovoqni egatlash orqali sug‘orib parvarish qilinadi. Bunda egatlarni 22—24 sm chuqurlikda urug‘larni ekish bilan bir vaqtda olinadi. Egatlarni bunday chuqurlikda qirqilishi o‘simliklar ildizlari atrofida namlikning yetarli miqdorda to‘planishini ta’minlaydi.
Qovoqning ildizlari joylashgan tuproqni har doim nam, palaklari joylashgan qatlamini esa quruq bo‘lishiga e’tibor berish lozim.
Qovoq o‘simligining barglari katta, novdalari uzun (5—7 m) bo‘lgani uchun suvni juda ko‘p talab qiladi. Shuning uchun ham tuproq namligi 80% dan kam bo‘lmasligi lozim.

Download 237.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling