— Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae
Download 237.25 Kb.
|
Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
- Dorivor preparatlari.
- Yerni tanlash-tayyorlash.
Kimyoviy tarkibi. Qovoq urug‘i tarkibida 50% gacha yog‘, vitamin C va B1, organik kislotalar, karotinoidlar va boshqa moddalar bo‘ladi. Mevasining etli qismi tarkibida qandlar (4—11%), vitamin C, B1 va B2 16 mg % gacha karotinoidlar, nikotin kislota va boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi. Tibbiyotda qovoq urug‘i lentasimon (ba’zan yumaloq) gijjalarni haydash uchun ishlatiladi. Qovoq mevasi siydik haydash ta’siriga ega. Shu bilan bir qatorda u organizmdan xlor tuzlarini chiqib ketishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham mevasining yumshoq qismi jigar va buyrak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Qovoq mevasidan olingan karotinning yog‘li eritmasi terining ba’zi surunkali kasalliklarini (ekzema, qiyin bitadigan yaralar), yiringli yara, kuygan va sovuq olgan yerlarni hamda shilliq pardaning zararlangan yerlarini davolashda ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Qovoqning tozalangan urug‘i (butun yoki kukun (poroshok) holida, urug‘dan tayyorlangan qaynatma. Qovoq mevasining etli qismidan karotin olinadi. Karotinning yog‘dagi eritmasi (emulsiya holida ishlatiladi). Gijjalarni tushirish uchun 300 g (bolalar uchun 3—4 yoshgacha 75 g, 5—7 yoshgacha 100 g, 10—12 yoshgacha 150 g) qovoq urug‘ini xovonchada ezib, 50—100 g asal yoki murabbo bilan aralashtirib ertalab nahorda (ovqat yemasdan oldin) iste’mol qilinadi. Bemorga 3 soatdan keyin tuzli surgi dori beriladi va yarim soat o‘tgandan keyin klizma qilinadi. So‘ngra ovqat iste’mol qilishga ruxsat etiladi. Qovoq urug‘i qaynatmasini tayyorlash uchun 500 g tozalangan va xovonchada ezilgan urug‘ga 1000 g (5 stakan) suv qo‘shib, suv hammomi ustida 2 soat davomida qizdiriladi (qaynamasligi lozim). Qaynatmani doka orqali suziladi, ustidan moy pardasini olib tashlab, 20—30 daqiqa davomida hammasi iste’mol qilinadi, 2 soat o‘tgach tuzli surgi beriladi. Qovoqni o‘stirish texnoligiyasi Yerni tanlash-tayyorlash. Poliz ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rishda kuzgi shudgor muhim o‘rin tutadi. Poliz ekinlarini ekishda tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, unumdorligi muhim ahamiyatga ega. Poliz ekinlari havo va namlikni yaxshi o‘tkazadigan g‘ovak tuproqlarda organik va ma’dan o‘g‘itlarga boy bo‘lgan yerlarda yuqori hosil beradi. Yangi o‘zlashtirilgan qo‘riq va bo‘z yerlarda ham poliz ekinlaridan yuqori hosil olinadi. Kuzda yerni 30—35 sm chuqurlikda haydash uchun to‘rt korpusli PLCh-4-35 osma plug yoki 40 sm chuqurlikda haydash uchun ko‘p yarusli 4 korpusli chuqur haydagich PD-4-35 pluglardan foydalaniladi. Kuzda yerni shudgor qilguncha dalani yumshatishdan oldin VKS-1,8 mashinasi yordamida ko‘p yillik begona o‘tlarning ildizlari tirmalab yig‘ishtiriladi. So‘ngra GN-2,8 rusumli greyder ya’ni tekislagich yordamida buzilgan egatlar va pushtalar tekislanadi. Yomg‘irdan keyingi namlikni saqlab qolish uchun bahorda yerni 6—8 sm chuqurlikda yumshatiladi. ChKU-4 rusumli kultivator bilan urug‘larni ekishdan oldin yerni 18—20 sm chuqurlikda chizel qilinadi. Agarda yer notekis bo‘lsa, u holda dalani VP-8 rusumli greyder yordamida tekislanadi. O‘g‘itlash. Qovoq ekiladigan bo‘z tuproqli yerlarga sof holdagi azotdan 100—150, fosfordan 100—150, kaliydan 50 kg/ga, o‘tloqi tuproqlarga azotdan 80—100, fosfordan 100—120 va kaliydan 50—60 kg/ga hamda har gektar maydonga 15—20 t dan go‘ng yoki kompost solinadi. Fosforning yillik me’yorini 75% i, go‘ng va kaliy o‘g‘itining hammasi kuzgi shudgordan oldin, azotli o‘g‘itning 50% i ekishdan yoki ekish bilan birgalikda, qolgan 50% i esa o‘simliklar 3—4 ta chin barg hosil qilganda solinadi. Download 237.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling