— Aerva lanata juss. A. machindoshlar (tojixo‘rozdoshlar) — Amagapthaseae
Download 237.25 Kb.
|
Tukli erva (pol-pola) — Aerva Lanata Juss.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor preparatlari.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida flavonoidlar (asosan rutin), efir moyi va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Mahsulot siydik haydash va spazmolitik ta’sirga ega. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tukli erva damlamasini respublika hududida tibbiyot amaliyotida spazmolitik va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga ruxsat bergan. Dorivor preparatlari. Tukli erva yer ustki qismining damlamasi. Tukli Erva o‘simligini o‘stirish texnologiyasi Tukli Erva Afrika, Osiyo, Filippin va Yangi Gvineyaning tropik va subropik mamlakatlarida tabiiy sharoitda o‘sadigan ko‘p yillik begona o‘t. O‘zbekistonda esa bir yillik o‘t o‘simligi hisoblanadi. Undan xomashyo olish uchun barcha tuproqlarda ekish mumkin. Agar tukli ervadan urug‘ olinadigan bo‘lsa bosh o‘simliklarni albatta teplitsalarda sabzavotlarga o‘xshatib issiqxonalarda o‘stirib ko‘chat qilib ham o‘tkaziladi. O‘simlikdan ko‘chat yetishtirish uchun mart oylarining boshlarida issiqxonalarda taxtaqutilarda 20—25 daraja haroratda urug‘ ekiladi. Urug‘ 1 m2 yerga 0,5 g sarflanib, 1—2 mm chuqurlikda qadaladi. Urug‘lar unib chiqquncha tuproqning yuzasini nam holatda saqlanishni tavsiya qilinadi. Urug‘ ekilgandan keyin maysalar 7—8 kunda unib chiqadi. O‘simlik 4—5 marta chin barg chiqarganda ko‘chatlar dalaga olib chiqib pushtalarga ekiladi. Pushtalar 60 sm oraliqda olinib, ko‘chatlar bir-biridan 15—20 sm masofada ekiladi. Har bir uyaga 1—2 ta o‘simlik joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘rtacha har bir gektar maydonga 70—75 ming ko‘chat sarflanadi. O‘zbekistonning tuproq iqlim sharoitida tukli ervani ochiq maydonlarda urug‘ini ekib yuqori hosil yetishtirish mumkin. O‘simlik ekiladigan yerlarni kuzda mahalliy o‘g‘it va fosfor o‘g‘itlari bilan oziqlantirib 25—27 sm chuqurlikda haydash kerak. Erta bahorda yerlarni begona o‘tlardan tozalab, kultivatsiya, borona va mola bostirib tuproqni mayin holatga keltirishni tavsiya qilamiz. Tukli ervani urug‘i juda mayda bo‘lganligi uchun gektariga 1 kg urug‘ni qum, kul va organik qoldiqlarga aralashtirib aprel oyida tuproqning yuza qismiga ekiladi. Jo‘yaklar olinib, qator oralari jildiratib sug‘oriladi. Maysalar ko‘karib chiqqanga qadar tuproqning yuzasi nam holatda saqlanib turadi. Tuproq harorati 18—20°S ga yetganda 10—12 kunda maysalar unib chiqadi. Maysalar juda nozik bo‘lganligi sababli 3—5 chin barg chiqarganda uni ko‘mib yubormaslik uchun ehtiyotkorlik bilan parvarishni boshlash kerak. Qator oralari ketmon bilan o‘toq qilinadi, begona o‘tlardan tozalanadi va har 2—3 marta sug‘orilgandan keyin oralari kultivatsiya qilinadi. Har 10 sm oraliqda 1—2 tadan o‘simlik qoldirib, yagana qilinadi. O‘simlikni vegetatsiya davomida 8—10 marta sug‘oriladi. Tukli ervani birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 40 kg dan azot, 30 kg dan kaliy berishni tavsiya qilinadi. O‘simlik oziqa elementlariga talabchan bo‘lganligi sababli ikkinchi oziqlantirishni shonalash fazasida 30 kg azot va 40 kg fosfor o‘g‘iti beriladi. Tukli erva gullash fazasida juda ko‘p oziqa moddalarni, ayniqsa kaliy o‘g‘itiga talabchan bo‘ladi. Shularni e’tiborga olib oxirgi o‘g‘itlashda gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish har bir sug‘orish oldidan amalga oshirilishi kerak. Download 237.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling