7.30-9.00.
9.00-9.30.
9.30-11.20.
11.20-12.00.
12.00-12.50.
12.50-15.20.
|
Bolalar bog’chaga birin-ketin kelishni boshlashdi. Tarbiyachi bolalarni kutib oldi va bolalarning ota-onalari bilan suhbat olib borishdi. Bugun Abu Bakrni azgina sog’ligi yomonlashganligi sababli, oyisi tarbiyachiga ovqatdan keyin ichirish uchun dori berib, ichirishlarini tayinladi. Keyin esa hamma bolalar kelgandan so’ng ertalabki badantarbiya boshlandi.
Bolalar ertalabki badantarbiyadan so’ng stullarini joylab o’tirib olishdi. Keyin esa nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bugun nonushtada bolalar saryog’li non, gerkules kasha yeyishdi va shirchoy ichishdi. Hamda bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng qo’llarini yuvib kelib joylashib o’tirib olishdi.
Nonushtadan so’ng o’yinli ta’lim faoliyati va didaktik o’yinlar boshlandi. Qurish va yashash markazi bo’yicha bolalar bilan bayramga taklifnoma yasashni tarbiya boshchiligida yasashdi. Tarbiyachi bolalarga namunani doskaga ilib qo’ydi va bolalar namunaga qarab taklifnomani rangli qog’ozlar orqali yasashdi. Syujetli-rolli markaz bo’yicha Supermarket sahnalashtirildi. Tarbiya boshchiligida sotuvchi va xaridorlar tayinlandi. Keyin esa supermarket muhiti yaratildi. Bolalar sotuvchi va xaridor rollarini yaxshi o’ynab berishdi.
|