학교현장실습 Aktiv amaliyoti kundaligi Дневник активной практики


Download 1.92 Mb.
bet6/10
Sana02.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1421392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Дневник практиканта 1 G`afforova Zamira G`

_30_/_03_/ 2023 yil / год

원장
Bog’cha direktori
Руководитель детсада

Z.U.Sadridinova.

지도교수
Rahbar professor
Руководитель

Pak.Svetlana.

회차
Majlis raqami
Hомер занятия

5

실습시간
Amaliyot vaqti
Bремя практики
1-martdan-21-aprelgacha.

h - h (총시간. Jami soat. общее время)
9:00-14:30.

시간
Vaqt
Bремя

유치원 일과/활동


Bog’cha kun tartibi/ faoliyat
Pасписание детского сада/ деятельность

나의 현장실습
Mening volontyorlik amaliyotim


Mоя волонтерская практика





7.30-9.00.


9.00-9.30.
9.30-11.20.


11.20-12.00.


12.00-12.50.


12.50-15.20.

Bugun bolalar bog`chaga yugurib kirib kelishdi.Qabul vaqtida ota-onalar bilan bolaning bugungi kayfiyati haqida, sog`lig`I haqida qisqacha suhbat olib borildi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat olib borishdi. Hamda tarbiyachi ertalabki badantarbiyani boshladi. Birinchi, sekin harakatlardan keyin harakatlari tezlashdi.


Nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar o`z stullarini stollar tarafda emas balki xonaning boshqa tarafida joylashtirib o`tirib olishdi. Nonushta uchun idishlar qo`yilib, kashalar suzilgandan so`ng bolalar qo`llarini yuvib, sekin kelib stol atrofiga joylashishdi.


Bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, didaktik o’yin faoliyati boshlandi. Bolalarga birinchi bo’lib, qurish va yasash markazi bo’yicha “Paravozcha”yasash mashg’uloti topshirildi. Bolalar uchun mashg’ulot tushunarli bo’lishi uchun doskada namuna ilib qo’yildi. Va bolalar kerakli mahsulotlar yordamida “Parovozcha” yasashni boshlashdi.Undan so’ng esa, Syujetli-rolli sahnalashtirish bo’yicha “Пашша Цокотуха” ertagi aytib o’tildi va bolalarga o’z rollari taqsimlanib, kerakli jihozlar yordamida sahnalashtirildi.


Ta`lim va tarbiya faoliyati tugagandan so`ng sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar qo`llarini yuvib kelib, kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishni boshladilar. Hamda saf holatda yurib sayrga chiqdik. Bog`chaning hovlisida bolalar erkin o`yinlar o`ynashdi. Undan so`ng esa bog`chaning bog`ini aylanib sayrdan qaytdik.


Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.


Bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng, qo`llarini yuvib kelib, kunduzgi uyqu uchun tayyorgarlik ko`rishni boshlashdi. Ya`ni bolalar yotoq uchun qulay bo`lgan kiyimlarini kiyishdi va o`z o`rinlariga borib uxlashdi. Tarbiyachi bolalar tezroq uxlashlari uchun ularga ertak o`qib berdi.



Men bugun bolalar bog`chaga yaxshi kayfiyatda kelganlaridan juda xursand bo`ldim. Ota-onalar va tarbiyachi o`rtasidagi samimiy munosabat menga yoqdi. Bolalar o`zlarini mustaqil faoliyatda erkin holatda harakat qilganliklari menda bolalarni o`z bog`chasini juda yaxshi ko`rishligi haqida taassurot uyg`otdi. Ertalabki badantarbiyada bolalar bilan birgalikda men ham ishtirok etdim.


Men nonushta uchun tayyorgarlik ko`rish uchun stollarni to`g`irlab, idishlarni qo`yib chiqdim. Shu bilan birgalikda, menga kasha, saryog`li non va shirchoylar juda ham mazali va bolalar uchun juda foydali ekanligi ma`qul keldi.
Men bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, ularning qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Shuningdek, nonushta stollarini yig’ish uchun tarbiyachi yordamchisiga yordam berdim. Keyin esa bolalar bilan birgalikda “Paravozcha” yasadik. Bolalarning Paravozchalari juda chiroyli chiqdi. Undan so’ng, bolalar bilan birgalikda “Пашша Покотуха” mavzusi bo’yicha ertak eshitganimizdan so’ng, ertakni kerakli jihozlar yordamida sahlashtirishga harakat qildik.



Sayrga tayyorgarlik uchun bolalarning kiyinishlariga yordam berdim. Hamda bolalar bilan sayrga chiqdik. Sayrda bolalarning mustaqil o`yin faoliyatlarini kuzatdim. Keyin bolalar bilan birgalikda sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.



Men bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng ularning qo`llarini yuvishlariga yordamlashdim. Keyin esa ba`zi bolalarga yotish uchun kiyishga yordam berdim. Hamda, bolalar uxlab qolishgandan so`ng, tarbiyachi bizga ish faoliyati va o`qitish metodlari haqida tushuntirib berdi.












실습생
평가
Amaliyotchi
o’quvchi bahosi
Oценка студента-практиканта




이와 같은 내용을 확인합니다. Yuqoridagi mazmunni tasdiqlayman. Утверждаю вышеуказанное


____________________(подпись ответственного воспитателя или методиста


Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling