§. Amir temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi tayanch tushunchalar


-§. AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI


Download 26.88 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi26.88 Kb.
#200511
1   2   3   4   5
Bog'liq
Durdonaga

31-§. AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI

Tayanch tushunchalar: Oltin O'rdaga qarshi kurash. Anqara jangL Amir Temurning Yevropa xalqlari oldidagi xizmati.

Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo'g'uliston xonlari Chig'atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin O'rda va Oq O'rdaga bo'linib ket-gan Jo'ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomon­dan xavf solib turardi.

Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O'rda va Oltin O'rda edi. Avval Amir Temur Oltin O'rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo'ji ulusini o'z davlatiga qo'shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O'rda-ning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o'z ta'siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o'tadigan karvon yo'lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko'zlaydi.

Amir Temur o'z maqsadini amalga oshirish uchun Jo'ji ulusidagi o'zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O'rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba'zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To'xtamish Oq O'rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko'rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O'rda taxtini egalladi.

Keyinchalik To'xtamish xoinlik yo'liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o'tadi. Natijada Amir Te­mur To'xtamishga qarshi uch marta qo'-shin tortishga majbur bo'ladi.

So'nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kav-kazda Tarak (Terek) daryosi bo'yida sodir bo'ldi. Shiddatli muhoraba (to`qnashuv, jang) uch kun davom etdi. Bu safar Amir Temur qo'shini dushmanga qarshi otdan tushib, uni kamondan o'qqa tutish usulini qo'lladi. O'q va qilich zarbiga chiday olmagan To'xtamish qo'shinining safi buzilib, orqaga chekindi va tarqalib ketdi. To'xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib changalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan askarlardan bekindi. Rusiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiy-larning ta'kidlashicha, Amir Temurning To'xtamish ustidan qozongan g'alabasi faqat O'rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi.

Amir Temur o'z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengay-tirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tor-tadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqnmg shimoliy qismi, Gur-jiston va Armanistondagi (Van ko'Ii atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o'z ixtiyori bilan taslim bo'lib, moli omon to'lagan sha-harlarga tegmagan, qo'shinlarni bunday shaharlarga kiritmagan.

Erondagi muzaffariylar, jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayir-machilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko'tarilgan qo'z-g'olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G'arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1398-1399 yillarda Hindistonga yurish qiladi va Dehlini egallaydi.

1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan.

Keng ko'lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori boigan. Ziddiyatlarni diplomatik yoi bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o'rtasida to'rt marta xat al-mashish tashabbuskori bo'lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysar-lik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so'zlarni ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qora-qo'yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylaming Amir Temurga qarshi hara-katlarini qo'llab-quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o'rtasida to'qnashuv boiishi muqarrar bo'lib qoldi.

Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo'shinlari o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mav-zeyida sodir bo'ladi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo'lib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo'shinning markaziy qismiga Amir Temurning o'zi qo'mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohib­qiron kuchlari turk qo'shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga oli-nadi. Uning bilan birga o'g'li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o'z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to'lanadigan bo'ldi.

Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o'z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohib-qiron endigina uyg'onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Us-monli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi.

Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo'shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to'satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi.
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo'ltig'iga qadar bo'lgan g'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vu-judga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo'ylari, Balxash ko'li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindis-tongacha bo'lgan mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo'ysundirilgan mara-lakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag'dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo'llarida rabotlar, qal'alar, ko'priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog'-u bo'stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tar-qoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G'arbni bog'lovchi qadimiy karvon yo'llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo'shdi. Amir Temur Yevropaning Fran­siya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o'rnatdi.

Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil to-pishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo'g'ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo'jalikning asosi bo'lgan sug'orma dehqonchi-likda muayyan siljishlar ro'y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug'orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.

Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» — «Adolat sohibi» nomlari bilan ulug'lanadi. Xalqaro YUNESCO tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Amir Temurning tavallud kuni keng miqyosda nishonlandi va shu yil “Amir Temur” yili deb e`lon qilindi.

3-SAVOLGA JAVOB



Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling