Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Download 49.37 Kb.
bet3/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Neyrofibrillalar perikarion bo‘shlig‘i va o‘simta ichini to’ldirib
turadigan ingichka ipsimon o‘simta bo’lib, kumush nitrat tuzi bilan
bo‘yalgan preparatlarda yaxshi ko‘rinadi. Elektron mikroskopda
aniqlanishicha, miofibrillalar nerv hujayrasining uzunasi bo'ylab
joylashgan bo’lib, ko'ndalang kesimining diametri 500 A ga teng.
Xarakterli tomoni shundaki, miofibrillalar hujayraning tana qismida har tomonga yo‘nalgan, nozik chigallangan to‘rsimon shaklda joylashsa,
o'simtalarda bir-biriga nisbatan to‘g‘ri, parallel joylashgan bo’ladi.
Tigroid modda faqat neyron perikarioni va dendrit bo’lishi mumkin.
Ayrim hollarda zich joylashgan neyrofibrillalar tutami hosil qilgan shaklda ko‘rinadi. Ayrim vaqtlarda esa tolachalar bir-biri bilan
yopishgan bo'lishi mumkin bu miyaning eslab qolish xususiyatiga,
fikrlash qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi.
Keyingi vaqtlarda elektron mikroskopda tekshirish shuni
ko‘rsatdiki, neyrofibrillalar to‘rsimon shaklda joylashgan ikki xil mayda
tolachalardan (fibrillalardan) tarkib topgan ekan.
Ulardan birinchisi diametri 60-100 A ga teng neyroprotofibrillalar yoki neyrofilamentlar bo’lsa, ikkinchisi-diametri 200-300 A ga teng neyronaycha yoki
neyrotubululardir. Bular kumush nitrat tuzi bilan bo‘yalgan gistologik
preparatlarda qo'shilib ketib, yo‘g‘on miofibrillalarga o'xshab ko'rinadi.
Tirik hujayralarda bu protofibrillalar deyarli ko'rinmaydi.
Neyronaychalar oqsillardan tashkil topgan nozik struktura bo‘lib, faqat
elektron mikroskopda yaxshi ko‘rinadi. Preparatlarni elektron
mikroskop yordamida ko‘rilganda ularni fiksatorlardan o'tkazish
jarayonida neyronaychalar neyrofilamentlarga yopishib yo'g'on bir
neyrofibrillalar tolasiga o'xshab ko‘zga tashlanadi.
Tigroid modda nerv hujayrasining sitoplazmasida uchraydigan
o'ziga xos kiritma bo'lib, gistologik preparatlarda har xil kattalikda
granula (donacha) larga o'xshab ko'rinadi. Oldin
adabiyotlarda bular Nissel tanachalari deb yuritilar edi. Hozir esa bu
modda tionin va ko'k toluidin bo'yoqlarda to'q bo'yalgani uchun bazofil
modda
deb ham yuritiladi. Tigroid modda faqat neyron perikarioni va
dendrit o'simtasi tarkibida uchrab, akson (neyrit) tarkibida uchramaydi.
Aksonning hujayradan chiquvchi o'zagida ham topilmagan. Tigroid
modda tarkibida ko'p miqdorda ribonukleoproteid hamda ma’lum
miqdorda glikogen va oqsil moddalar topilgan. Elektron mikroskopda
tekshirish shuni ko'rsatdiki, tigroid modda, asosan, donador
endoplazmatik to'r yig'ilgan joyda ko'p uchrar ekan.
Yuqorida aytib o'tilganidek, akson tarkibida oqsil sintezlovchi
organoidlar hamda tigroid modda bo'lmaydi. U yerda hujayra o'simtasi
o'q qismini tashkil qiluvchn neyrofibrillalardan tashqari, tanasidan
aksonning uchi tomon sutkasiga millimetr va undan ham ko'proq tezlikda
muttasil oqib turadigan hujayra plazmasi bor.
Tigroid modda miqdori hujayralaming fiziologik holatiga qarab doimo o'zgarib turadi.Neyronning fiziologik vazifasi kuchayganda yoki unga uzluksiz ta’sir
qilinsa, tigroid modda asta-sekin kamayib borib, hatto yo'qolib ketishi
mumkin. Aksincha, hujayraga hujayra yadrosi berilsa, tigroid miqdori qayta yana tiklanadi. Nerv hujayralarida sodir bo’ladigan har xil patalogik
jarayonlarda (yallig'lanish, intoksikatsiya, degeneratsiya va boshqa
holatlarda) ham tigroid modda miqdori o‘zgarib turadi. Demak, ma'lum
bo’lishicha, tigroid moddaning miqdori va sifati nerv hujayralarining
fiziologik holatiga bevosita bog'liq bo'ladi.
Nerv hujayrasining o‘simtalari, asosan, tashqi va ichki ta’sirni
markazga va u yerdan javob impulsini harakat organlariga uzatib berish
vazifasini bajaradi. Ular organizm nerv sistemasining bir butunligini
ta’minlaydi. Nerv o‘simtalarining o‘rtasida uning o‘q qismi yotadi,
uning ustidan esa yumshoq parda o‘rab turadi. Bunga mielin parda
deyiladi. Ayrim nerv o‘simtalarining pardasi bo’lmasligi ham mumkin,
ya’ni o'simta faqat o‘q qismdan tashkil topgan bo’ladi. Nerv hujayralari
pardasi bor-yo‘qligiga qarab ikkiga, ya’ni mielinsiz va mielinli nerv
tolalariga bo'linadi.

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling