Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi
Astrotsitgliya (astrotsitlar)
Download 49.37 Kb.
|
Nodira gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tolali (fibroz) astrotsitlar
- Ependimogliya (ependimotsitlar)
Astrotsitgliya (astrotsitlar) nerv to'qimasida ko'p bo'ladi
o'ziga xos tayanch vazifasini bajaradi. O'zi mayda bo'Iishiga qaramay, talaygina o'simta chiqaradi. Ular asosan ikki xil: protoplazmatik (plazmatik) va tolali (fibroz) astrotsitlar bo'ladi. Protoplazmatik (plazmatik) astrotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining kulrang moddasi tarkibida bo'ladi. Hujayra tanasi yumaloq yoki oval bo'lib, sitoplazmasida xromatin moddasi siyrak bo'lgan yadro joylashgan. Astrotsit tanasidan har tomonga ko'plab yo'g'on, bo'yiga kalta o'simtalar chiqadi. Sitoplazmasi boshqa hujayralamikiga nisbatan tiniq, fibrillalari kam. Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar sitoplazmasida protofibrillalar tutamlari borlngini ko'rsatdi. Unda donador endoplazmatik to'r kam rivojlangan, lekin mitoxondriy nisbatan kam. Hujayra kiritmalaridan glikogen topilgan. Protoplazmatik astrotsitlar asosan chegaralab turish va trofik vazifalarni bajaradi Tolali (fibroz) astrotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining oq moddasi tarkibida uchraydi. 0‘zidan uzun va kalta o'simtalar chiqarib, to‘rsimon tuzilishga o‘xshab turadi. Uzun o‘simtalaming uchi bir oz kengayib kapillar tomirlarga, kalta o'simtalari esa bosh miyaning yumshoq pardasiga borib tutashadi, shu yerda u hujayra membranasi bilan chegaralab turish vazifasini o'taydi. Sitoplazmasi tarkibida ko'plab argirofil tolachalar bor. Elektron mikroskopda tekshirib, unda protofibrilla tutamlari bilan mikronaychalar borligi aniqlandi. Endoplazmatik to‘r deyarli uchramaydi, mitoxondriya ham kam uchraydi. Umuman unda hujayra organoidlari kam rivojlangan bo'ladi. Ependimogliya (ependimotsitlar) kubsimon, bir qa joylashgan hujayralardir. Asosan orqa miya kanali va bosh miya kanalchalarining ichki yuzasini xuddi epiteliy to'qimasiga o'xshab qoplab turadi. Hujayraning apikal qismida mayda kiprikchalar bo'lib ular muttasil tebranib turadi va shu bilan orqa hamda bosh miya bo‘shlig’idagi suyuqliklarni siljitib turadi. Uning bazal qismidan ham bir nechta uzun o‘simta chiqib, miyaning oq va kulrang qismlaridagi nerv hujayralarining o‘simtalari bilan tutashadi. Ba’zi hujayralar tarkibida sekretor pufakchalar topilgan, ular sekretini orqa miya suyuqligiga chiqarib beradi. Hujayraning sitoplazmasi markazida joylashgan yadro atrofida yirik mitoxondriylar, yosh tomchilari va pigment donachalari uchraydi. Download 49.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling