Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi
Download 49.37 Kb.
|
Nodira gistologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multipolar
Unipolar neyronlaming tanasidan, odatda, bitta o‘simta chiqadi.
Ular qatoriga dendrit o‘simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin. Unipolar neyronlar asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo’lmaydi. Bipolar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkita o‘simta chiqaradi. Bittasi akson, ikkinchisi dendrit vazifasini bajaradi. Bipolar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi. Ular faqat ko'zning to‘r pardasida, ichki quloqning spiral gangliyasida hamda hid bilish organlarida uchraydi. Bipolar neyronlar ko‘proq hasharotlar terisida bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda psevdounipolar neyronlar qatoriga qo‘shib o‘rganiladi. Buni yodda tutish kerak. Psevdounipolar neyronlar tanasidan, odatda, bitta o‘simta chiqib, so‘ng u «Т» harfi singari ikkiga ajraladi. Lekin o ‘simtaning o‘zagi bitta bo’ladi. Shuning uchun ularni psevdounipolar deyiladi. 0‘simtalarning bittasi dendrit vazifasini bajarsa, ya’ni ta’sirni qabul qilsa, ikkinchisi akson vazifasini o‘taydi, ya’ni ta’sirni markazga yetkazib berishda ishtirok etadi. Multipolar, ya’ni ko‘p qutbli (tarmoqli) neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o ‘simta chiqadi. Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib, akson vazifasini bajarsa, qolganlari mayda, kalta bo’lib, dendrit rolini o‘ynaydi. Multipolar neyronlarga orqa miyaning barcha harakat neyronlari kiradi. Nerv hujayrasi morfologik tuzilishiga ko‘ra, tana, ya’ni perikarion va o‘simtalardan tashkil topgan. Tana qismi yadro, sitoplazma, organoidlar va o‘ziga xos kiritmalardan iborat. 0‘simtalari esa akson va dendritlardan iborat. Yadrosi, odatda, yumaloq yoki oval shaklda bo'lib, har bir hujayrada bitta bo’ladi, kamdan-kam ikkita yoki ko‘p yadroli nerv hujayralari uchraydi. Masalan, prostata bezining nerv sistemasini tashkil qiluvchi neyronlarda ko‘p yadroli nerv hujayralari bor. Ularning soni 15 tagacha yetadi. Neyronlarda intensiv ravishda fiziologik jarayonlar kechishi natijasida yadro tarkibida xromatin moddasi kamroq bo’ladi. Bitta yoki ikkita RNK ga boy yadrochaga ega. Sitoplazmasi (neyroplazmasi) tarkibida hamma organoidlar va spetsifik hujayra kiritmalari: mitoxondriylar, endoplazmatik to‘r, Golji kompleksi (apparati), sentrosoma, lizosoma, neyratubula va neyrofilimentlar, spetsifik elementlardan neyrofibrillalar va tigroid moddalar uchraydi. Download 49.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling