Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Merkel disklari yoki hujayralari


Download 49.37 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi
bu nerv tolalari odatdagidek epiteliy qatlamiga kelib mielin qavatini
yo'qotadi va oxirgi terminal tarmoqlari to'qima hujayralari ichiga
tarqaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki, bunday nerv uchlarida
terminal tarmoqlardan tashqari, spetsifik o'zgarishga ega bo'lgan
hujayralar ham uchraydi. Bunga sezgi (idrok) disklari yoki Merkel
hujayralari
deyiladi. Bu hujayralar oqish bo'yalgan sitoplazma va
yassilangan yadrosi hamda diametri 100 mk atrofidagi osmiofil
donachalari bilan ajralib turadi. Nerv tarmoqlari ana shunday hujayralar
bilan tutashib nozik to 'r shaklida sezuvchi nervlar uchini hosil qiladi.
Sezgi (idrok) disklari, odatda, teri epiteliysining sezish xususiyati kuchli
bo'lgan joylarda ko'p uchraydi.
Fater-Pachen tanachasi. Biriktiruvchi to'qimadan
iborat kapsulali sezuvchi nerv uchi bo'lib, ichki organlarda (ichak
devorida, me’da osti bezi, tomirlar va bo'g'imlar atrofida) bo'ladi.
Ko'proq teri ostida uchraydi. Kapsulaning o'rtasida kolbasimon Shvann
gliyasining o'zgargan hujayralaridan tarkib topgan, tarmoqlangan nerv
uchlari joylashgan. Odatda. nerv tolasi kapsulaga kirish oldidan mielin
qavatini yo'qotadi va ichiga faqat o'q silindrning o'zi kiradi.
Plastinkasimon kapsula fibroblast hujairalari va spiral holda
joylashgan kollagen tolachalardan hosil bo’lgan. Kapsula bilan
kolbaning chegarasida, ya’ni dendritning uchi bilan kapsula ichki
chegarasida kontakt bo’lishini ta’minlab turuvchi gliyalardan hosil
bo’lgan hujayralar bor. Plastinkasimon tanachaga tekkan har qanday
ta'sir tezda nerv uchlariga yetkazib beriladi.
Meysner tanachasi. Bu ham biriktiruvchi to'qimadan iborat
kapsulaga o'ralgan sezuvchi nerv uchlariga kiradi. Bunga sezuvchi
tanacha yoki Meysner tanachasi deyiladi. Tanachada o'ziga nisbatan
serpendikulyar holda oligodendrogliya hujayralari joylashgan. Kapsulasi
nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa
tanachalarga o'xshab nerv tolasi tanachaga kirish oldida mielin qavatini
yo'qotadi va kapsula ichida o'q silindr tarmoqlanib, gliya hujayralari
yuzasidan joy oladi. Bunday sezuvchi tanachalar teri so'rg'ichlari
tarkibida uchraydi

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling