§. Biznes tashkilotlari uyushmalari
Biznesning ijtimoiy javobgarligi
Download 159.43 Kb.
|
§. Biznes tashkilotlari uyushmalari
Biznesning ijtimoiy javobgarligi - asosiy biznes faoliyati bilan bog‘liq va qonun doirasida belgilangan minumimdan ko‘proq miqdorda biznes vakiliniing jamiyatni ijtimoiy-imtisodiy va ekologiya sohalaridagi rivojlanishi uchun ixtiyoriy ravishda qo‘shgan hissasi.
Biznes ijtimoiy javobgarligining ayrim turlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Xususan: iste’molchilarga sifatli mahsulot etkazib berish va xizmat ko‘rsatish; qonuniy ish o‘rinlari yaratish, ish haqi to‘lash va xodimlar malakasini oshirish; soliq, mehnat, ekologiya va boshqa qonunchilikka rioya etish; faoliyat samaradorligini ta’minlash; jamiyat va korporativ axloq-odob qoidalariga amal qilish; ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish orqali jamiyat rivojlanishiga hissa qo‘shish. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) biznesning ijtimoiy javobgarligini ichki va tashqi turlarga bo‘lish zarurligini qayd etadi. BMT biznesning ichki ijtimoiy javobgarligi turlariga: ish joyida xavfsizlikni ta’minlash; barqaror va mehnatga munosib ish haqi to‘lash; xodimlar uchun ijtimoiy va tibbiy sug‘urtani kafolatlash; xodimlarni qo‘shimcha o‘qishi uchun imkoniyatlar yaratish; favqulodda holatlarda moliyaviy yordam ko‘rsatish. Biznesning tashqi ijtimoiy javobgarligi turlariga esa: ijtimoiy sohalar investitsiya yo‘naltirish va xayriyalarga mablag‘ ajratish; atrof-muhitga zarar etkazishni oldini olish choralarini ko‘rish; kompaniyaning iste’molchilar oldidagi mas’uliyatini oshirish; hokimiyat va mahalliy jamoalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini kiritishni tavsiya qiladi. YUqorida qayd etilganidek BMT tomonidan tavsiya etilayotgan biznes ijtimoiy javobgarligini ta’minlash choralari mamlakatlar qonunchiligida o‘z aksini topgan. Ushbu ijtimoiy javobgarlik masalalariga rioya etmaslik uchun ko‘pchilik davlatlar qonunchiligida javobgarlik nazarda tutilgan. Biznesning ijtimoiy javobgarligi masalasi jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi sababli ushbu masala tadqiqotchilar diqqatini ham jalb etgan. SHu masalalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra biznesning ijtimoiy javobgarligini uning ahamiyatiga ko‘ra 3 darajali bo‘lish ham tavsiya etilgan. Birinchi darajali javobgarlik - Soliqlar, ish haqini o‘z vaqtida to‘lash hamda ish o‘rinlar ochish. Birinchi darajali javobgarlik - Xodimlarga munosib ish sharoitlari hamda malakasini oshirish imkoniyatini yaratish va ular ijtimoiy ta’minotini yaxshilash choralarini ko‘rish. Uchinchi darajali javobgarlik - Korxona tomonidan xayriya ishlarini amalga oshirish. Bundan tashqari biznesning ijtimoiy javobgarligini belgilash masalalariga iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy jihatdan yondoshish bo‘yicha ham qarashlar mavjud. Biznes ijtimoiy javobgarligining iqtisodiy jihatlari sifatida: korxona ishlab chiqarishi barqaror rivojlanishi uchun investitsiya yo‘naltirib borish; mehnat resurslaridan samarali foydalanish; mahsulot ta’minoti va jo‘natishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish; biznesni rivojlantirish maqsadlarida tadqiqotlar olib borish; mahsulot ishlab chiqarishda moddiy resurslardan samarali foydalanish; raqobatchilar va iste’molchilar bilan munosabatlarda etika qoidalariga rioya etish kabilar e’tirof etiladi . Biznes tashkilotining faoliyatini yuritish davomida ushbu iqtisodiy jihatlarga e’tibor qaratib, ularga rioya etib borishi biznes barqarorligi bilan birga, ish o‘rinlari saqlanishi, xodimlar doimiy daromadini ta’minlash va bozorga iste’molichi uchun zarur mahsulot, xizmatni etkazib berishni ta’minlaydi. Biznes ijtimoiy javobgarligining ekologik jihatlari: suv, er, atrof-muhit va atmosfera ifloslanishini oldini olish choralarini ko‘rish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejash; iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir o‘tkazishni bartaraf etishda ishtirok etish; biologik xilma-xillikni ta’minlash kabi masalalarni qamrab oladi. Download 159.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling