“ Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligini oshirish yo‘llari
Download 207.93 Kb. Pdf ko'rish
|
insho haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xatolar ustida ishlash
- Xatolar ustida ishlash qoidalari
- Eslab qoling!
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo‘lgan so‘z, ba’zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o‘quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o‘rinlar yozuvda aks etmay qoladi. 2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip yigiriladi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o‘quvchilar matnni qayta o‘qish va tahlil qilish jarayonida oson to‘g‘rilaydilar. Xatolar ustida ishlash Xatolarni tuzatish sinfda, o‘qituvchi bilan yoki uyda, ehtimol, ota- onalarning nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin. Agar o‘qituvchi xatolar ustida ishlashni uy vazifasi deb belgilasa, u barcha o‘quvchilar asosiy ish algoritmini bilishiga va eslab qolishlariga ishonch hosil qilishi kerak. Har bir bolaga harakatlarni bajarish tartibi bilan eslatma berish kerak bo‘lishi mumkin. Qoida tariqasida, xatolar ustida ishlash nazorat, mustaqil yoki ijodiy ishlardan so‘ng amalga oshiriladi. Ayrim o‘qituvchilarning amaliyotida har bir sinfda yoki uy vazifasida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish va tuzatish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Darsda ishlashda bir necha asosiy bosqichlar mavjud: -maslahat, -bilim va ko‘nikmalarni tuzatish, -natijalar diagnostikasi, -baholash faoliyati. Xatolar ustida ishlash qoidalari 1.Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi. Gapni to‘g‘ri yozing. O‘ylab toping va boshqa jumla yozing. Bosh harfning tagiga chizing. Masalan: Momiq qor yog‘di. Bolalar xursand. 2.Harflarni tushirib qoldirish holatlarida. So‘zni yozing. Undagi yetishmayotgan harfning tagiga chizing. O‘quvchi inshoda xatoga yo‘l qo‘ygan so‘zni topadi va harflar ustida ishlaydi. Masalan: chaqiring, o‘quvchi. 3.Bo‘g‘in. So‘zni bo‘g‘inlarga ajrating. Unli tovushlarni belgilang. Masalan: o‘qituvchi – o‘-qi-tuv-chi 4 bo‘g‘inli. Eslab qoling! So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi. 4.Bo‘g‘in ko‘chirish. So‘zni bo‘g‘inlarga ajrating. Masalan: - ona, asal, olov. sinf Eslab qoling! Bo‘g‘in ko‘chirishda bitta harfni satrda qoldirish va yangi qatorga ko‘chirish mumkin emas. Xullas, insho o‘quvchining o‘zligidir. Uning kreativ va ijodiy fikrlash darajasi, dunyoqarshi, adabiy til me’yorlarini nutqiy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlarini belgilovchi tarozi toshi ham inshodir. Shuning uchun ona tili mashg‘ulotlarida bu asosiy va muhim ish turiga alohida e’tibor berish, uning yoqorida tilga olingan barcha tur va ko‘rinishlaridan unumli foydalanish dars samaradorligini ta’minlovchi muhim omildir Download 207.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling