” Fakulteti “ ” Fanidan esse mavzu


Respublikamiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va raqobatbardosh qilish yo‘llari:8


Download 306.29 Kb.
bet3/4
Sana14.01.2023
Hajmi306.29 Kb.
#1093558
1   2   3   4
Bog'liq
Agrar siyosat va qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish

Respublikamiz qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va raqobatbardosh qilish yo‘llari:8
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalami sarflashdan maqsad – tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo‘shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu loyihalami amalga oshirishda aniqlash mumkin.
Buning uchun investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.
2020-2021-yillarda agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalarning salmog'i pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Bu esa, mazkur davr mobaynida agrar sohaga byudjetdan ajratiladigan mablag'lar kamaygani holda, fermer va dehqon xo’ljaliklarining o‘z mablag’lari va banklarning kreditlari salmog’i oshib borganligi bilan izohlanadi. Masalan, 2021-yilda bank kreditlarining agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy hajmidagi salmogi 46,8 foizni tashkil qildi, bu banklarning tarmoqdagi investitsion faolligi kuchayganligini ifodalaydi.
2021-yilda markazlashgan manbalarning agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarining umumiy hajmidagi salmog‘i 2020-yilga nisbatan 3,4 foizli punktga oshgan. Ayniqsa, 2021-yil ushbu ko'rsatkich keskin oshgan. 9
Bu mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda agrar sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Masalan, 2021-yilda yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalami amalga oshirish uchun 130 mlrd. so‘m mablag’ yo‘naltirildi.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy byudjetlardan ajratilayotgan investitsion mablag‘lami o‘z vaqtida o‘zlashtirishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, korxonalar iqtisodiyotini yuksaltirish orqali ularning faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko‘proq mablag' ajratilishini ta’minlashga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlarning mablag'laridan ham oqilona foydalanishga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko'lamini kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo’jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiyalar sarflanishini kelajakda ishonchli ta’minlash uchun investitsiyalami amalga oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Ular respublikamiz yoki chet davlatlardan bo'lishi mumkin, ulami qishloq xo’jaligidagi investitsion jarayonga faolroq jalb etishga alohida e’tibor berish lozim. Ma'lumki, jahon andozalariga javob beradigan va dunyo bozorlarida xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalami, birinchi navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish bo'yicha qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur vazifalami amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar yetakchi o‘ringa ega. Zero, bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, ilg'or texnologiyalami joriy qilish, eksport faoliyatini kengaytirish uchun qulay infratuzilma yaratish, transport va telekommunikatsiya inftatuzilmasini jadal rivojlantirishda ham ayni muddaodir.
Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududiy-geografik va boshqa qulayliklardan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalami tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina o‘tgan asr 90-yillarining o'rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari faoliyat ko‘rsatgan.10
Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el investitsiyasini, istiqbolli texnologiya hamda boshqamv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi, va “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
Mazkur Farmonda erkin industrial-iqtisodiy zonada xo’ljalik yurituvchilarga tatbiq qilinadigan alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi hududiga norezident fuqarolarning kirishi, hududda bo‘lishi va chiqib ketishining, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatining amalga oshirilishi uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Ushbu erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.
Bundan tashqari, erkin industrial-iqtisodiy zonada ro'yxatdan o‘tgan xo’ljalik yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga qarab soliq bo'yicha va boshqa imtiyozlarga ega.
Xulosa o’rnida shuni takidlash kerakki, Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan mablag’lar summasi ortib bormoqda. Investitsiyalardan foydalanishning mutlaq hamda qiyosiy samaradorligini tarmoq, korxona va yo'nalishlar bo'yicha aniqlash maqsadida muayyan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas.
Kelajakda investitsiyalarni talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun investitsiyalar manbalarini kengaytirishga erishish, investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalami keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali foydalanishga erishish kerak.
Barcha yo'nalishlar bo‘yicha qishloq xo’jaligiga sarflanayotgan investitsiyalarning maqsadga muvofiq yo‘naltirilishi ta'minlanishi kerak. Shunda yalpi investitsiyalar sof investitsiyaga aylanadi. Ya'ni foydalanish mumkin bo’lgan ishlab chiqarish resurslari ko‘payadi. Ulardan oqilona, samarali foydalanish natijasida qishloq xo’jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va sof daromadi ortadi. Bu investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta’minlaydi.

Download 306.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling