” fakulteti Ro’yxatga olindi


Download 155.83 Kb.
bet13/37
Sana08.01.2022
Hajmi155.83 Kb.
#254899
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Курс иши Корхоналарда инқироз сабаблари Икромов Азамат

Energetika inqirozi. Energetika sohasidagi eng katta inqiroz Suriya va Misr Isroil bilan urushganda 1973 yilning oktyabrida sodir bo‘lgan. OPEK davlatlari neft qazib olishni kamaytirgan va AQSH, Gollandiya hamda Isroilning ittifoqdosh davlatlariga neft narxini 70 foizga oshirib yuborganlar. AQSHda ishsizlar soni 15 mln. odamga etgan. SHu davrdan boshlab mutaxassislikni o‘zgartirish bo‘yicha qayta o‘qitish va malaka oshirish kurslari tashkil topa boshlagan. Bu ishga birinchi bo‘lib Universitet o‘qituvsichi Djon Sperling asos solgan. AQSHning 85 foiz aholisining shu davrda shaxsiy avtomobilga ega edi. Shu sababli yoqilg‘i quyish shahobchalarida avtomobillar qatori bir necha chaqirimgacha cho‘zilib ketgan. Avstriya Germaniya Federativ Respublikasida avtomobillarni yurishini ta’qiqlab ham qo‘yilgan.

Qora dushanba”. 1987 yilning 19 oktyabrida Dou Jons indeksi (Dow Jones Industrial Average) keskin tushib ketgan. Amerika fond bozorining vahimali to‘lqini natijasida bir qancha katta transmilliy kompniyalarning kapitalizatsiyasini umumiy darajasi pasayib ketgan va Avstraliya, Yangi Zenlyandiya, Gonkong, Janubiy Koreya va boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining birja kotirovkalari tushib ketgan. To‘g‘ri keyingi kuni indeks 12 foizga ko‘tarilgan. Bundan keyingi davrlarda ham indeks doimiy ravishda ko‘tarilib tushib turgan, lekin inqiroz yuz bergan kuni davlatning moliya sektori izdan chiqib ketgan. Natijada 15 ming broker va treyderlar ishsiz qolgan. SHundan so‘ng, Dou Jons indeksi 1989 yildagina o‘zining oldingi mavqeyiga qaytgan.

1990 yillarda ham Rossiyada, Osiyoda yana bir qancha shu kabi katta-kichik inqirozlar yuz bergan. Ularning ham asosiy sabablari bank-moliya tizimining shikastlanishiga borib taqaladi.

Mikrodarajadagi inqirozlar ham ma’lum davrlar oralig‘ida sodir bo‘lishiga qarmasdan maro inqirozlardan farqli ravishda kichik hajmdagi miqyosni qamrab oladi. Mikro inqirozlar asosan korxona, tashkilot va firmalarning inqirozlari darajasida tavsiflanadi. Ular asosan inqirozning iqtisodiy turiga mansub bo‘lib, uning sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar obyektga moddiy zarar etkazish bilan yakunlanadi. Mikro inqirozlarga: korxonalarning iqtisodiy nochorlikka tushib qolishlari; tarkibiy o‘zgartirilishi; tugatishga doir ish yuritilishi; boshqa korxonalar tarkibiga qo‘shilib ketishi kabilarni kiritish mumkin.

Mikro inqirozlarning zarari makro miqyosdagi kabi katta bo‘lmasligi mumkin, ammo o‘z vaqtida oldi olinmasa u kattalashib makrodarajadagi inqirozlarga aylanib ketishi muqarrar. SHu sababdan, inqirozning alomati vujudga kelishi bilan u bilan kurashish choralarini ko‘rib qo‘yish talab etiladi. Aslida har bir korxonada inqiroz havf solmagan taqdirda ham unga qarshi immunitetni ishlab chiqish u bilan kurashishni engillashtiradi.

Mikro inqirozlar aksariyat hollarda, noto‘g‘ri qabul qilingan qaror natijasida vujudga keladi. Qarorning darajasi va holati qandayligiga qarab inqirozning miqyosi belgilanadi.



Professor E.M. Korotkova tahriri ostida Moskvada chop etilgan “Inqirozga qarshi boshqaruv” darsligida yozilishicha, inqirozlarning turlari va oqibatlarini qanday bo‘lishi uni olib kelgan sababga bog‘liq. Inqirozlarning bunday turkumlanishi ularning xarakteri, sabalari va oqibatiga qarab turkumlanadi (1.5-rasm).

1.5 - rasm. Inqirozlarning turkumlanishi
Rasmdan ko‘rinadiki, inqirozga qarshi boshqaruvning samarali tashkil etilishi inqirozlarning sabablari, tavsifi va oqibatlariga bog‘liqdir. Inqiroz sabab natijasida shakllanadi. So‘ng uning xarakteri (tavsifi) ya’ni turi vujudga keladi hamda sabab va tavsif o‘zaro inqirozning oqibatini tashkil etadi.

Rasmda inqirozning sabablari umumiy tartibda berilgan, ular: obyektiv, subyektiv; ichki, tashqi; tasodifiy, qonuniy; notabiiy va tabiiy kabilardir. Natijada inqirozlar xarakteriga qarab: engil, og‘ir; qisqa muddatli, uzoq mudatli; mahalliy, umumiy; yashirin, ochiq bo‘lishi mumkin. Inqiroz oqibatini esa og‘ir yoki engil bo‘lishi undan oldingi ikki omilga bog‘liq. Muallif inqirozni shu tariqa tushuntirib, inqiroz namoyon bo‘lishining har qanday shakli uning oqibatini engil yoki og‘ir bo‘lishiga ishora qilgan. Darhaqiqat, inqirozni o‘rganishning maqsadi ham u bilan kurashishni engillashtirish maqsadida amalga oshiriladi. CHizmada inqirozning turlari ham keltirilgan bo‘lib ular bilvosita sabab, tavsif va oqibat natijasida namoyon bo‘lishi aytilgan. Dastlab inqirozning tabiiy, jamoaviy va ekologik turlari ko‘rsatilgan. Jamoaviy iqirozlarga ijtimoiy tus berib uni: tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va texnologik guruhchalarga bo‘lingan. Rasmda inqirozga makro va (yoki) mikro darajada emas, balki umumiy tomondan yondoshilgan.



Download 155.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling