' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


РО^=Ва 3   (PO ,)2i   +6HC1


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/81
Sana30.09.2017
Hajmi6.95 Mb.
#16826
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81

РО^=Ва

3

  (PO ,)2i   +6HC1



Xuddi  shu  yo‘l  bilan  boshqa  mos  ionlarni  ham  tanlaymiz:

3Ba

2

++ 2 P 0

43

-= B a

3

( P 0 4) , i  



6 N 0

3

“+ 6N a+=  

6

N O -

3

+

6

N a+

Molekular  shakldagi  ikkinchi  tenglamani  hosil  qilamiz: 

3 B a (N 0

3

);+ 2N a

3

P 0

4

=B a

3

(P 0

4

)

2

l + 6 N a N 0

3

2-  masala.  Aluminiy  xlorid  bilan  kumush  nitrat  orasidagi 



reaksiyalaming  tenglamalarini  molekular  va  ionli  shaklda  yozing. 

Mohiyati ana shu birinchi ionli tenglama bilan ifodalanadigan boshqa 

reaksiyaga  misol  keltiring.

Yechish.  Reaksiyaning  m olekular  shakldagi  tenglam asini 

tuzamiz:

AIC13+ 3 A g N 0 3= 3 AgCM+ Al ( N 0

3) 3


Yaxshi  dissotsilanadigan  moddalarni  ion  holida  tasvirlab, 

reaksiyaning  ionli  tenglamasini  hosil  qilamiz:

Al

3

++3C l+3A g++ 3N O .-= 3 A g C ll+ A l

3

++3NO.~

Tenglikning  ikkala  qismidan  bir  xil  ionlarni,  ya’ni  reaksiyada 

ishtirok  etmaydigan  ionlarni  (ularning  tagiga  chizilgan)  chiqarib 

tashlaymiz.  Reaksiyaning qisqartirilgan ionli tenglamasini yozamiz:

3Ag++ 3 C l-= 3 A g C li yoki Ag++C l~= A gC li


Elektrolitik  dissotsilanish  nazariyasiga  muvofiq  qisqartirilgan 

ionli tenglama bilan tasvirlanadigan reaksiyaning mohiyati kumush 

ionlarining  xlorid-ionlar  bilan  o'zaro  ta’siridan  iborat.  Boshqa 

ionlar  reaksiyada  ishtirok  etmaydi.

Xuddi  o ‘sha  qisqartirilgan  ionli  shakldagi  tenglama  bilan 

ifodalanadigan boshqa reaksiyaga misol:

Ag++ C r= A gC U

N 0 -

3

+ H += N 0

3

-+ H +

Tenglamaning  molekular  shakli:

A g N 0

3

+ H C l= A g C U + H N 0

3

Vodorod  ko‘rsatkich

1- masala. 

Sulfat  kislota  to'liq  dissotsilanadi,  deb  hisoblab,  uning

0,012  M  eritmasining  pH  ini  aniqlang.

Yechish.

  Sulfat  kislotaning ionlarga to'liq dissotsilanish  tenglamasini 

yozamiz:

H

2

S 0

4

^ 2 H ++ S 0 42-

Ko'rinib  turibdiki,  1  mol  kislotadan  2  mol  H+  hosil  bo'ladi.  Shunga 

mos  ravishda 0,012  mol  kislotadan  0,024 mol  H +  hosil bo‘ladi.  Eritmada 

vodorod  ionlarining konsentratsiyasi  0,024 mol/1 gateng bo‘ladi.  Bundan

p H = -lg [H +]= H g 0 ,0 2 4 =   1,62

2- 

masala. 

Natriy gidroksid  0,005  M  eritmasining pH  ini  aniqlang. 

Yechish.

  Eritmada  kuchli elektrolit —  natriy gidroksid  ionlariga to'liq

dissotsilanadi:

NaOH 

N a++OH~



mol  NaOH  dan  1  mol  OH- ,  0,005  mol  NaOH  dan  esa  0,005  mol 

OH"  hosil bo'ladi.  Demak,  OH-  ionlarning konsentratsiyasi 0,005  mol/1 ga 

teng.

Suvning  ion  ko‘paytmasi  qiymatini  [H+][H O ~]=10

-14


  bilgan  holda 

vodorod  ionlarining  konsentratsiyasini topamiz:

ID— ^ 

1

 ft— ^ ^



[H+]  =  —----- =   - ------ mol/1  =  2-10~,

2

m ol/l



[ O H ' ]  

0 ,0 0 5

Bundan

PH = —lg[H +] = —lg (2 1 0 “l2) = l 1,7.

3-  masala. 

Xlorid  kislota  eritmasining  vodorod  ko‘rsatkichi  2,1  ga 

teng.  Eritmadagi xlorid  kislotaning konsentratsiyasini  aniqlang.

Yechish.

  Eritmadagi  vodorod  ionlarining  konsentratsiyasini 

x

  bilan 

belgilaymiz.  U  holda  — l g x = 2 ,l   yoki  l g x = —2,1.  Logarifmni  uning

xarakteristikasi  m anfiy,  m antissasi  esa  —  musbat  bo'ladigan  qilib 

o ‘zgartiramiz.(l  ni olamiz va  1 qo'shamiz): pH =  — 2,1 = (—2— 1)+  (—0,1 + 1)= 

—3+0,9;  —3=  1 g 10~3;  0,9  = l g

8

.  Bundan  l g x = lg 8 + lg l0 -

3

= lg (8 T 0 -3)  va 

x=8-10-3,  ya’ni  [H +] = 8 1 0 _3=0,008  mol/1.

Eritmada kuchli xlorid kislota ionlarga to'liq dissotsilanadi:

н а ^ ьГ + с г





mol  HCI  dan  1  mol  H +  ionlar,  0,008  mol  HCI  dan  esa  0,008  mol 

H +  ionlar  h osil  b o 'la d i.  D em a k ,  eritm adagi  xlorid  k islotan in g 

konsentratsiyasi 0,008  mol

/1

 ga teng.



5-  BOBGA  DOIR  TESTLAR VA  ULARNING 

YECHIMLARI

5.1.  Hajmi  750  ml  bo'lgan  xlorid  kislota  eritmasi  mo'l  miqdorda 

olingan  potash bilan  reaksiyasi  natijasida  2,8  1  (n.sh.)  gaz modda hosil 

bo'lsa,  xlorid kislota  eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang.

A)  0,33  B)  0,48  C)  0,68  D)  0,26  E)  0,16

Yechish.  Sodir  bo'ladigan  kimyoviy  jarayon  tenglamasiga

2HC1+K

2

C 0

3

=2K C1+H

2

0 + C 0

2

binoan  kislotaning  mo'l  miqdori  hosil  bo'lgan  karbonat  angidrid 

miqdoridan  ikki  marta katta bo'ladi.  2,8 litr gazning modda miqdori

0,125  mol  (2,8  1:22,4  l/m ol= 0,125  mol)  bo'lgan:  unda  reaksiyada 

qatnashgan  kislota  miqdori  0,25  mol  bo'ladi.

Uning  molyar  konsentratsiyasi

~   j

 и  

ч 

rt (H C I),m ol 

0 ,2 5  m ol 



. . .

С,,

 (HCI) = -------- ------- = ----------- = 0,33m ol / 1

^(eritm a)l 

0,751

Javob'.  A bo'ladi.

5 .2 .  Tarkibida  21  g  kaliy  gidroksid  tutgan  300  ml  (p=  1,01 

g/m ol)  eritmaning  molyar  konsentratsiyasini  va  ishqorning  massa 

ulushini  (%)  hisoblang.

A)  0,6  3  B)  0,9  5,6.  C)  1,1  6,0  D)  1,35  6,5  E)  1,25;  6,9

Yechish.  Eritmadagi  ishqorning  massa  ulushini  topish  uchun 

ishqor  massasini  eritma  massasiga  bo'lish  kerak:

co(KOH) =  ffl(KQH),s  =  — :-1- -  = 0 ,0 6 9 — - - - - - - > 6 ,9 %

m ( e r itm a ),g  

300  1,01

Eritmaning  molyar  konsentratsiyasini

о  

(

1

/ л и \  



n ( K O H ) , m o l  

2 1 : 5 6  



. . .

C M

 (К О Н ) = —------- - ----- = -------- = l,25m ol / 1

M

 

K (eritm a),l 

0,300

Javob:  E  bo'ladi.

5.3.  Bir eritmaning o ‘zida qaysi moddalaming suvli eritmasida 

HO-  va  H C 0 3“  anionlari  bo'ladi?

1

)  kalsiy  gidrokarbonat;  2)  kalsiy  karbonat:

3)  natriy  karbonat;  4)  malaxit;  5)  potash;  6 )  dolomit.

A)  1,2,3  B)  2,3,5  C)  4,6  D)  3,5  E)  1,5,6.

Yechish.

 

Bir  eritmada  ikkita  anion  bo'lishi  uchun  kuchli 

ishqorning  karbonati  (natriy  va  kaliy  karbonatlari)  gidroliz 

reaksiyasida qatnashgandagina bo'lishi  mumkin:

3) 

N a

2

C 0

3

 



H20  

*=* 

N a H C 0

3

 





NaOH 

qisqartirilgan  ion   tenglam asi:

со2- 




h

2

o

 <=> 

нсо: 




o h

~



3



5)K2C 0 3  gidrolizda  ham  xuddi  shunday  imkoniyat  bor.

Javobi:

 

D  bo'ladi.

5.4.  Temperatura  50°C  bo'lganda  400  g  suv  2  mol  kaliy  sulfat 

eriydi.  Shu  temperaturadagi  tuzning  eruvchanlik  koeffitsiyentini 

hisoblang.

A)  84 

B)  87 

C)89 

D)  72 

E  )75

Yechish.

 

Eruvchanlik  koeffitsiyenti  100  g  suvda  berilgan 

temperaturada  to'yingan  eritma  hosil  qilish  uchun  sarf  bo'lgan 

tuzning  massasiga  (g)  teng.

Agar  400  g  suvda  2  mol  K2S 0 4(M = 1 7 4 )  erisa,  uning  massasi 

348  g  bo'ladi.  Eruvchanlik  koeffitsiyenti  esa  348:4=87g bo'ladi.  U 

quyidagicha  ifodalanadi:  S5Q.c(K2S 0 4)=87/100g.

Javob:

 

В  bo'ladi.

5.5.  Konsentratsiyasi  2  mol/1  bo'lgan  ftorid  kislotaning  11 

miqdorida  eritmadagi  elektrolit  molekulalaridan  1,2 -10 23  tasi 

ionlarga dissotsilangan  bo'lsa,  kislotaning dissotsilanish darajasini 

hisoblang.

A)  0,066  B)  0,099  C)  0,08  D)  0,075  E)  0,07.

Yechish.

 

Elektrolitlarning dissotsilanish darajasi (5.9-§ ga qarang)

a  =  dissotsilangan  molekulalar  = 

1,2-I023 

=  

Q  m

 g a   t e n g   b o ‘l a d i .

eritilgan  molekulalar  soni 

2-6,02  1023

Javob

:  В  bo'ladi.

6 - В  O B .

  ANORGANIK BIRIKMALARNING 

ENG  MUHIM  SINFLARI

6 .1 -§ .  Oksidlar

Moddalarni klassifikatsiyalash ularni o'rganishni osonlashtiradi. 

Birikmalar sinflarining  o ‘ziga  xos  xususiyatlarini  bilgan  holda  ular 

alohida vakillarining xossalarini ta’riflab berish  mumkin. Anorganik 

birikmalarning  eng  muhim  sinflari  oksidlar,  kislotalar,  asoslar  va 

tuzlardir.

Biri  kislorod  bo‘lgan  ikki  elementdan  tarkib  topgan  moddalar 

o k s id la r

  deyiladi.

Deyarli  barcha  kimyoviy  elementlar  oksidlar  hosil  qiladi. 

Hozirgi  vaqtga  qadar  uchta  elementning  —  nodir gazlardan  neon, 

geliy va  argonning  oksidlari  hali  olinmagan.

Oksidlarning  nomlanishi.  Xalqaro  nomenklaturaga  muvofiq 

oksidlarning  nomi  nisbiy  elektromanfiyligi  kamroq  element  nomi 

bilan  nisbiy  elektromanfiyligi  katta  elem ent  lotincha  nomining 

o'zagiga  id  qo‘shimchasini  qo‘shib  hosil  qilinadi  (2 .2 -jadvalga  q.). 

Agar element bir necha oksid hosil qiladigan bo'lsa, u holda ularning 

nomida elementning oksidlanish darajasi nomidan keyin qavs ichida 

rim  raqami bilan ko‘rsatiladi.  Masalan,  H20  — vodorod oksidi  (suv), 

FeO —  temir(II)  oksid,  Fe20 3 — temir  (III)  oksid,  P20 3 — fosfor 

( III)   oks i d,   P 20 5  —  fo sfo r 

( V )  


oks i d,   P 40 6  — tetr a fo sfo r  

geksaoksid,  P4O 10 — tetrafosfor  deksaoksid,  Cu20  — mis(I)  oksid.

Elementlar kislorodli  birikmalarining  alohida gruppasini  peroksidlar 

Tashkil  etadi.  Ular  odatda  kuchsiz  kislota  xossalarini  namoyon  qiladigan 

vodorod peroksid  H

2

0

2

 ning tuzlari sifatida qaraladi.  Peroksidlarda vodorod 

atomlari  faqat  boshqa  elementlar  atomlari  bilangina  emas,  balki  o ‘zaro 

kimyoviy  bog'lanish  orqali  bog'langan  bo'ladi 

{peroksid gruppa

 —  О — 

О —  ni  hosil  qiladi).  Masalan,  natriy  peroksid  (perokso  —  О —О  — 

gruppaning nomi). Peroksidlarda elementlaming oksidlanish darajasini to'g'ri 

aniqlay bilish lozim.  Masalan, bariy peroksid  B a 0

2

 da bariyning oksidlanish 



darajasi 

+ 2


 ga,  kislorodniki  — 

1

  ga teng.



Kimyoviy  xossalariga  ko'ra  oksidlar  uchta  guruhga:  asosli, 

kislotali va amfoter oksidlarga bo'linadi.

Asosli oksidlar.  Agar oksidlarga  asoslar muvofiq kelsa,  bunday 

oksidlar  asosli  oksidlar  deyiladi.  Masalan,  N a 20 ,   CaO,  FeO, 

NiO  asosli  oksidlar  hisoblanadi,  chunki  ularga  asoslar  N aOH, 

Ca(OH)2,  Fe(O H )2,  N i(O H )2 muvofiq  keladi.  Ba’zi asosli  oksidlar

N a20  + H20  = 2NaOH; 

C a 0  + H20  = C a (0 H

) 2


Boshqa asosli  oksidlar suv bilan bevosita o'zaro ta’sirlashmay- 

di,  ularga  to'g'ri  keladigan  asoslar esa  tuzlardan  olinadi.  Masalan:

N iS 0

4

  + 2N aO H  =  N i(O H

)2

  + N a

2

S 0

4

Asosli  oksidlarni  faqat  metallar  hosil  qiladi.

Kislotali  oksidlar.  Agar  oksidlarga  kislotalar  muvofiq  kelsa, 

bunday  oksidlar  kislotali  deyiladi.  Masalan,  C 0 2,  P20 . ,   S 0 2, 

S 0 3  —  kislotali  oksidlar,  chunki  ularga  kislotalar —  H 2C 0 3, 

H 3P 0 4,  H 2S 0 3,  H2S 0 4  muvofiq  keldi.  Kislotali  oksidlarning 

ko'pchiligi suv bilan o'zaro ta’sir ettirilganda kislotalar hosil qiladi, 

masalan:

C 0

2

+ H

2

0 = H

2

C 0

3

 

S 0

3

+ H

2

0 = H

2

S 0

4

Ba’zi  kislotali  oksidlar  suv bilan  o'zaro  ta’sirlashmaydi.  Lekin 

ulaming  o'zi  tegishli  kislotadan  olinishi  mumkin.  Masalan:

H

2

S i0

3

= S i0

2

+ H 20



K islotali  oksidlarni  m etallm aslar  va  yuqori  oksidlanish 

darajasini  namoyon  qiladigan  metallar  hosil  qiladi.  (masalan, 

Mn20 7  oksidga  permanganat  kislota  H M n 0 4  muvofiq  keladi).

Amfoter oksidlar.  Sharoitga qarab  asos yoki  kislota xossalarini 

namoyon  qiladigan,  ya’ni  ikki  xil  xossalarga  ega  bo'lgan  oksidlar 

amfoter oksidlar deyiladi.  Ularga ba’zi metallarning oksidlari:  ZnO, 

A120 3,  Cr20 3 va b.  kiradi.

Amfoter  oksidlar  suv  bilan  bevosita  birikmaydi,  lekin  ular 

kislotalar  bilan  ham,  asoslar  bilan  ham  reaksiyaga  kirishadi. 

Masalan:

Z n 0+ 2H C l= Z n C l

2

+ H 20



Z n 0 + 2 N a 0 H + H

2

0 = N a

2

[Z n (0H )J

A 1,03  ishqorlar  yoki  ishqoriy  metallarning  karbonatlari  bilan 

birga  suyuqlantirilgan  metaaluminatlar  (suvsiz  aluminatlar)  hosil 

bo'ladi:

AI

2

0

3

+ 2 N a 0 H = 2 N a A 1 0 + H 20

Al

2

0

3

+ N a

2

C 0

3

= 2 N a A L 0

2

+ C 0

2

Oksidlarning  xossalarini  D. I.   M endeleyevning  elementlar 

davriy  sistemasidan  foydalanib  ko'rib  chiqish  qulay.  Masalan,  III 

davr  elementlari  oksidlarining  N a20 ,   MgO,  A120 3,  S i0 2,  P20 5,


S 0 3,  C120 7  xossalari  ular  atomlarining  tuzilishiga  (2.6-§)  muvofiq 

ravishda  asoslidan  (N a20 ,   MgO)  amfoter  oksidlar  (A120 3)  orqali 

kislotali  oksidlarga  ( S i0 2,  P 20 5,  S 0 3,  C120 7)  qadar  qonuniyat 

bilan  o'zgaradi.  Bunday  o ‘zgarish  1  va  7  davrdan  boshqa  barcha 

davrlarning  elementlari  uchun  to'g'ri  keladi.

Asosli,  kislotali  va  amfoter  oksidlar  tuz  hosil  qiluvchi  oksidlar 

hisoblanadi,  ya’ni kislota yoki asoslar bilan o ‘zaro ta’sir ettirilganda 

tuzlar  hosil  qiladi.  Oksidlarning  asos  xossalarini  ham,  kislota 

xossalarini  ham  namoyon  qilmaydigan  va  tuz  hosil  qilmaydigan 

kichikroq  guruhi  bor.  Bunday  oksidlar  befarq  yoki  indifferent 

oksidlar  deyiladi.  Ularga  masalan,  uglerod  (II)  oksid  CO,  azot 

(I)  oksid  N 20 ,   azot  (II)  oksid  N O   va  kremniy  (II)  oksid  SiO 

kiradi.

Oksidlarning  olinishi.  Oksidlar  turli  xil  usullar  bilan  olinadi. 

Bulardan  uch  xil  usul  asosiy  hisoblanadi.

1.  Oddiy moddaning kislorod bilan  (turli xil sharoitda)  bevosita 

birikishi.  Masalan:

C + 0

2

= C 0 2; 



4 K + 0

2

= 2 K 20



2.  Murakkab  moddalarni  yondirish.  Masalan:

CH

4

+ 2 0 2=   C 0

2

+ 2 H 20

3.  Kislorodli  birikmalarning:  karbonatlar,  nitratlar,  gidroksid- 

larni qizdirilganda parchalanishi.  Masalan:

C a C 0 3=  C a 0 + C 0

2

 



2 C u (N 0

3

)

2

= 2 C u 0 + 4 N 0

2

+ 0 2;



2Fe(O H )3=   F e

2

0

3

+ 3 H 20

Oksidlarning  fizik  xossalari  turli-tumandir.  Ulardan  ba’zilari 

gazsimon  moddalar  (CO,,  S 0 2,  N O   va  b.),  boshqalari  —suyuq- 

liklar  (N 20 3,  N 20 4,  C120 7  va  b.),  ayrimlari — qattiq  moddalardir 

(barcha  asosli  va  amfoter  oksidlar,  ba’zi  kislotali  oksidlar —  P ,0 5, 

S i0 2 va b.).

Kimyoviy xossalari.  Oksidlarning eng muhim kimyoviy xossalari 

ularning  kislota va asoslarga munosabati bilan bog'liq.

1.  Asosli  oksidlar  kislotalar  bilan  o'zaro  ta’sirlashib,  tuz  va 

suv  hosil  qiladi.  Masalan:

F e 0 + H

2

S 0

4

= F e S 0

4

+ H 20



2,  Kislotali  oksidlar  asoslar  bilan  o'zaro  ta’sirlashib,  tuz  va 

suv  hosil  qiladi.  Masalan:

S 0 ,+ 2 N a 0 H = N a ,S 0 ,+ H ,0



2


C a 0 + C 0 2= C a C 0 3

6.2-  §.  Kislotalar

Kislotalar sinfming elektrolitik dissotsilanish  nazariyasiga ko‘ra 

ta’rifini  5.8-  §  dan  q.  Kislotalarning  dissotsilanish  tenglamalariga 

doir  o ‘sha  o'rinda  keltirilgan  misollarni  ionlarning  gidratlanishini 

hisobga olgan holda ancha aniq yozish  mumkin:

HCI(gaz) ?=>  H+ (suvda) +  С Г  (suvda)

CH

3

COOH(suvda) 



H+ (suvda) +  CH

3

COO“ (suvda)



Ko'rinib turibdiki,  kislotalar suvda vodorod ionlari bilan  kislota 

qoldig'i  ionlariga  — anionlarga  dissotsilanadi.  Kislotalar  vodorod 

ionlaridan  boshqa  h ech   qanday  kationlar  hosil  qilm aydi. 

Kislotalarning  dissotsilanish  mexanizmi  5.6-  rasmda  keltirilgan 

edi:  qutbli  molekulalar  atrofida  qutbli  molekulalar  ionli  moleku­

lalar,  ionli  molekulalar  esa gidratlangan  ionlarga  aylanadi.

Kislota  qoldig'ining  (anionning)  zaryadi  kislotaning  har  bir 

molekulasi dissotsilanganda hosil qiladigan vodorod ionlarining soni 

bilan aniqlanadi.  Xlorid va  nitrat kislotalar faqat bir zaryadli  kislota 

qoldiqlari  hosil  qiladi  (C l- ,  N 0 3- );  sulfat  kislotaning  ( H ,S 0 4) 

molekulasi  ikki  xil  kislota  qoldig'i:  bir  zaryadli  (H S 0 4~)  va  ikki 

zaryadli  qoldiq  ( S 0 2-4)  hosil  qilishi  mumkin;  fosfat  kislotaning 

molekulasi  uchta  kislota  qoldig'i:  bir zaryadli,  ikki  zaryadli  va  uch 

zaryadli  qoldiqlar (H 2P 0 4,  H P 0 2+4 va  P 0 3-4)  hosil  qilish  mumkin.

Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling