' G. P. Xomchenko, I. G. Xomchenko


Yana  bitta  o ‘rta  tuzni  —  natriy  bilan  oltingugurtni  bevosita  o ‘zaro


Download 6.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/81
Sana30.09.2017
Hajmi6.95 Mb.
#16826
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81

Yana  bitta  o ‘rta  tuzni  —  natriy  bilan  oltingugurtni  bevosita  o ‘zaro 

ta’sir  ettirish  yo‘li  bilan  natriy  sulfidni  olish  mumkin:

2Na+S=Na2S

Vodorod oltingugurt bilan  reaksiyaga kirishganda vodorod suifid 

hosil  bo'ladi:

bu  moddaning  suvdagi  eritmasi  —  suifid  kislota.  Oltingugurt  (IV) 

oksid  va  oltingugurt  (VI)  oksid  suv  bilan  o'zaro  ta’sirlashib,  sulfit 

va  sulfat  kislotalarni  hosil  qiladi:

S 0

2

+ H

2

0 = H

2

S 0 3; 



S 0

3

+ H

2

0 = H

2

S 0

4

Nihoyat,  natriy  oksidga  olingan  uchta  kislotadan  mo'l  miqdorda 

ta’sir ettirilsa  uchta  nordon  tuz  olinadi:

N a

2

0 + 2 H 2S =   2N aH C +H 20



N a

2

0 + 2 H

2

S 0 3=   2 N a H S 0

3

+ H 20



N a ,0 = 2 H ,S 0   = 2 N a H S 0 ,+ H ,0



2  





2

3-masaIa.  16  kg  20%  li  sulfat  kislotadan  nordon  tuz  olish 

uchun  necha  kilogramm  kaliy gidroksid  kerak bo‘ladi?

Yechish.  Nordon  tuz  —  kaliy  gidrosulfat  olish  reaksiyasining 

tenglamasini  tuzamiz:

H ,S 0 /f K 0 H = K H S 0 ,+ H ,0







2

Culfat  kislotaning  10%  li  massasi  quyidagicha  bo'ladi:

Moddalaming  molyar  massalari:  sulfat  kislotaniki  —  98  g /m o l=  

98  kg/k  mol,  KOH  —  56 kg/mol.  Reaksiya tenglamasidan  ko'rinib 

turibdiki,  1  kmol  H 2S 0 4 ga  1  kmol  KOH  talab  qilinadi.  1  ■

  98  kg= 

98  kg  H 2S 0 4  bilan  reaksiyaga  kiritish  uchun  1  ■

  56=56  kg  KOH 

kerak bo'ladi:

98  kg  H

2

S 0

4

  -   56  kg  KOH 

3,2  kg  H

2

S 0



4

  —  x kg  KOH

Proporsiya  tuzamiz:  98:56=3,2:x,  bundan

3,2  • 56 

,  . . .

x  = ---------

kg 



1,83  kg

98

Tuzlarning  gidrolizlanishi

1- 

masala.  N a3P 0 4,  C u (N 0 3)2,  KCI  tuzlarning  gidrolizlanish 

reaksiyalari tenglamalarini tuzing.Bu tuzlar suvda eriganida vodorod 

ko'rsatkich  qanday  o'zgaradi?

Yechish. 

1) 

Na3P 0 4  ning  gidrolizi  bosqich  bilan  (uch  bos- 

qichda) va asosan birinchi bosqich bilan boradi.  Birinchi va  ikkinchi 

bosqich bo'yicha reaksiyalar natijasida  nordon  tuzlar hosil bo'ladi.

182

B i r i n c h i   b o s q i c h :

a)  gidrolizning  qisqartirilgan  ionli  shakldagi  tenglamasi:

PO3-  +  H 20   ?=*  H PO ^  + OH"

b)  gidrolizning  ionli  shakldagi  tenglamasi:

3N a +  +  PO ^  +  H 20  

2 N a +  +  H PO ;'  + OH" 

d)  gidrolizning  molekular  shakldagi  tenglamasi:

N a 3P 0 4  +  H 20   ?=й  N a 2H P 0 4  +  NaOH 

I k k i n c h i   b o s q i c h :

a)  HPO^~  +  H 20 < r i  H2P 0 4  + OH"

b)  2 N a +  +  HPO;“  +  H 20  

N a +  +  H2PO ;  +  N a+  + OH~ 

d)  Na2H P04  +  H20  

NaH2P 0 4  +  NaOH

U c h i n c h i   b o s q i c h   :

a)  H2P 0 4  +  H20<=±  H3P 0 4  + О Н '

b)  N a+  +  H2P 0 4  +  H 20   <=»  H3P 0 4  +  N a +  + OH"

d)  N aH 2P 0 4  + H 20   <=»  H3P 0 4  +  NaO H

G idroliz  reaksiyasi  natijasida  eritmadagi  gidroksidionlar 

konsentratsiyasi  vodorod  ionlari  konsentratsiyasidan  ortib  ketadi, 

demak pH>7.

2) 

C u ( N 0 3) 2  ning  gidrolizlanishi  bosqich  bilan  va  asosan 

birinchi  bosqich  bilan  boradi,  bunda  asosli  tuz  hosil  b o ‘ladi.

B i r i n c h i   b o s q i c h :

a)  Cu2+  + H20  

C u(O H )+  + H+

b)  Cu2+  + 2 N 0 3  + H 20 ^ > C u ( 0 H ) + + N 0 3 + H + + N 0 3 

d)  C u ( N 0 3)2  + H 20  

C u ( 0 H ) N 0 3  + H N 0 3 

I k k i n c h i   b o s q i c h :

a)  C u(O H )+  +  H20  

C u (O H )+  + H +

b)  C u(O H )+  + N 0 3  + H 20 ? = iC u ( 0 H ) 2 + H + + N 0 3 

d)  C u ( 0 H ) N 0 3  +  H 20   <=>  C u (O H )2  +  H N 0 3

Gidroliz natijasida eritmada vodorod ionlarining konsentratsiyasi 

gidroksid-ionlar  konsentratsiyasidan  ortib  ketadi,  demak,  pH<7.

183

3) 

Kuchli  asos  bilan  kuchli  kislotadan  hosil  bo'lgan  tuz 

gidrolizlanmaydi,  pH=7.

2- 

masala.  Rux xlorid  eritmasi  bor probirka  qizdirildi  va  unga 

oldindan tozalangan rux bo‘lagi tashlandi.  Bunda qanday gaz ajralib 

chiqadi?  Reaksiyalaming  tenglamalarini  yozing.

Yechish.  Qizdirish eritmadagi muvozanatni gidroliz mahsulotlari 

hosil  bo'lish  tomoniga  siljitadi:

ZnCl

2

+ H

2

0 = Z n (0 H )C l+ H C l

Zn

2

++ H

2

0 = Z n ( 0 H ) ++ H +

Hosil bo'ladigan vodorod ionlari rux metali bilan reaksiyaga kirishadi: 

Zn+2HCl=ZnCl2+H2 

Zn+2H+=Zn2+H2

Rux  ionlari  konsentratsiyasining ortishi gidroliz  reaksiyasidagi 

muvozanatni  boshlang'ich  tuz  tomoniga  siljitadi.

6

-  BOBGA  DOIR TESTLAR VA  ULARNING YECHIMLARI

6.1. 

Aluminiy  sulfat  eritmasi  bilan  potash  eritmasini  aralash- 

tirilganda  sodir  bo'ladigan  reaksiya  tenglamasini  tuzing.  Hosil 

bo'lgan  moddalarni  aniqlang.

A)  A12( C 0 3)3  va  K2S 0 4  B)  A 1(H C 03) 3  va  K2S 0 4

C)  A 1(0H )2(H C 0 3)  va  K2S 0 4 

D )  A l(O H )3,  K2S 0 4va  C 0 2

E)  A l(0 H )C 0 3va  K2S 0 4

Yechish.  Aluminiy  tuzlari  va  K2C 0 3  suvli  eritmada  gidroliz 

jarayonida qatnashadi.  Bu tuzlar gidrolizining birinchi bosqichining 

qisqartirilgan  ionli  tenglamalari  quyidagi  ko'rinishga  ega:

A l3+  + H 20   <=>  A l(O H )2+  +  H +

C O ^   +  H 20   <=>  CO

3

  +O H "



ikkala tenglamadagi gidroliz natijasida qarama-qarshi  xususiyatli  — 

kislotali va ishqoriy muhit yuzaga keladi.  Bu moddalar gidrolizi yagona 

reaksion  sohada  amalga  oshishi  tufayli  ikkala  ionlar  dissotsilanishi 

qiyin bo'lgan suv molekulalari  hosil bo'ladi.  Bu  hodisa boshlang'ich 

tuzlar gidrolizining  ikkinchi  bosqichida  ham  yuz  beradi:

A l(O H )2+  +  H 20   <=>  A l(O H

) 2


  +  H +

H CO

3

  +  H 20   ?=»  C 0

2

  t   +OH~


Digidroksoaluminiy  ionining  oxirgi  bosqich  gidrolizi  ham  to'la 

amalga oshadi:

A l(O H

>2

  +  H 20   <=>  A l(O H

) 3

  4  + H +

Bu  reaksiyalarni to‘la  molekular va qisqartirilgan ionli tenglamalari 

quyidagicha bo'ladi:

A1

2

( S 0

4 ) 3

  + 3 K

2

C 0

3

  + 3 H 20  

2 A 1 (0 H

) 3


  + 3 C 0

2

+ 3 K

2

S 0

4

Ionli  holda:



2A13+  +  З С 0

2

з'  +  3H 20   ^   2 A 1 (0 H

)3

 

I

  + 3 C 0

2

  T 



Javob:  D  boiadi.

6.2.  Quyidagi  moddalar  orasidan  kationi  bo'yicha  gidrolizda 

qatnashadigan  tuzlarni  tanlang.  1)  potash;  2)  ammoniy  nitrat;

3)  mis  (II)  sulfat;  4)  kumush  nitrat;  5)  rux  xlorid;  6)  magniy 

xlorid;  7)  berilliy  nitrat.

A)  2,  3,  5,  6 ,  7  В)  1,  2,  4,  6 ,  7  С)  1,  3,  4,  5,  7 

D)  3,  4,  5,  6 

E)  4,  6 ,  7

Yechish.  K eltirilgan  m oddalar  2,  3,  5,  6  va  7  raqamli 

moddalaming  kationlari  kuchsiz  asosga  tegishli  bo'ladi.  Ularning 

anionlari  esa  kuchli  kislotalar  qoldig'i  bo'ladi.

Javob'.  A bo'ladi.

6.3.  Quyidagi  tuzlardan  faqat  anioni  bo'yicha  gidrolizda 

qatnashadiganlarini  tanlang.

1)  aluminiy  xlorid;  2)  kaliy  fosfat;  3)  litiy  nitrat;  4)  kumush 

ftorid;  5)  natriy  ftorid;  6)  seziy  nitrit.

A)  1,  2,  4,  5  B)  2,  3,  5,  6  C)  2,  4,  5,  6 

D)  1,  3,  5,  6  E)  3,  4,  5,  6 .

Yechish.  С  javobda  keltirilgan  tuzlarni  hosil  qilgan  kislota 

qoldiqlari  kuchsiz kislota qatoriga kiradi,  ularning kationlari kuchli 

asoslar  qatoriga  kiradi.

Javob:  С  bo'ladi.

6.4.  Ham  kationi,  hamda  anioni bo'yicha gidrolizda  (qaytmas 

gidroliz)  qatnashadigan  tuzlarni  tanlang.

1)  am m oniy  asetat;  2)  am m oniy  nitrat;  3)  qalay  ftorid;

4)  ammoniy  gipoxlorit;  5)  temir  (III)  asetat.

A)  I,  3,  4,  5 

В)  1,  2,  3,  5 

С)  1,  2,  4,  5

D)  2,  3,  4,  5 

E)  2,  3,  5

Yechish.  Keltirilgan tuzlar orasida faqat ammoniy nitrat kationi 

bo'yicha gidrolizlanadi,  qolgan barcha tuzlar testning to‘g‘ri javobiga 

mos keladi.

Javob:  A b o‘ladi.

6.5. 

Quyida keltirilgan tuzlarning qaysi  biri gidroliz reaksiyasida 

qatnashmaydi?

1)  rux  perxlorat;  2)  kumush  nitrat;  3)  litiy  perxlorat;

4)  bariy  nitrat;  5)  kaliy  xromat;  6)  kaliy  permanganat;

7)  natriy  fosfat.

A)  1,  2,  4,  6  B)  2,  3,  4  C)  4,  5,  6  D)  2,  3,  4,  5,  6

E)  1,  2 ,  5,  6

Yechish. Testda keltirilgan  rux perxlorat va natriy fosfat gidroliz 

reaksiyasida  qatnashadi,  qolgan  tuzlarning  barchasi  kuchli  kislota 

va  kuchli  asoslardan  hosil  bo'lgan.

Javob:  D  bo'ladi.

7 - B O B .

 

OKSIDLANISH-QAYTARILISH 

REAKSIYALARI.  ELEKTROLIZ

7.1  -  §.  Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari 

nazariyasi

Barcha kimyoviy reaksiyalarni  ikki turga bo'lish mumkin.  Ular­

ning  birinchisiga  reaksiyaga  kirishayotgan  moddalar  tarkibidagi 

atomlarning  o k s i d l a n i s h   d a r a j a s i   o ' z g a r m a y d i g a n  

reaksiyalar  kiradi.  Masalan:

+ 1  +5  - 2  

+1 

-2   +1 


+1 

+5  - 2  

+1  - 2

H N Оз + Na О H  =  Na N  0 3 +  H,  О

+2

 



-1

 

+1



 

+6

 



-2

 

+2



 

-6

 



-2

 

+! 



-1 

B aC l+  K2  S 0 4  =  B a S 0 4 + K C l

Ko'rinib  turibdiki,  atomlardan  har  birining  oksidlanish  darajasi 

reaksiyadan  oldin  ham,  keyin  ham  o'zgarmasdan  qolgan.

Ikkinchi  turga  reaksiyaga kirishayotgan  moddalar atomlarining 

o k s i d l a n i s h   d a r a j a s i   o ' z g a r a d i g a n   reaksiyalar  kiradi. 

Masalan:

+1 


5  - 2  

+1  - I  

0

2

К С 1 0 з  =  2 K C l + 3 0 2

+ 1 - 1 0  



о 

+1 


-1 

2K B r+ C h   -   Br2  +2K+C1

Bu yerda birinchi  reaksiyada xlor va kislorod atomlarining,  ikkinchi 

reaksiyada  esa  —  brom  va  xlor  atomlarining  oksidlanish darajalari 

o ‘zgaradi.

Reaksiyaga  kirishayotgan  moddalar  tarkibidagi  atomlarning 

oksidlanish  darajasi  o'zgarishi  bilan  boradigan  reaksiyalar 

o k s id ­

la n is h - q a y ta r ilis h   r e a k s i y a l a r i

  deyiladi.

Oksidlanish  darajasining  o'zgarishi  elektronlarning  biror 

atomga  tomon  tortilishi  yoki  bir  atomdan  boshqa  atomga  o'tishi 

bilan  bog'liq.

Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  —  eng  ko'p  tarqalgan 

reaksiyalar bo'lib,  tabiatda va texnikada  katta ahamiyatga ega.  Ular 

hayot  faoliyatining  asosi  hisoblanadi.  Tirik  organizmlardagi  nafas 

olish va  moddalar almashinuvi,  chirish va  bijg'ish,  o'simliklarning 

yashil  qismlaridagi  fotosintez ana shu  reaksiyalar bilan  bog'liq.  Bu 

reaksiyalarni  yoqilg'i  yonganida,  metallarning  korroziyalanish 

jarayonlarida  va  elektrolizda  kuzatish  mumkin.  Ular  metallurgiya 

jarayonlarining  va  elementlaming  tabiatda  aylanishining  asosini 

tashkil  etadi.  Shunday  reaksiyalar  yordamida  ammiak,  ishqorlar, 

nitrat,  xlorid va  sulfat  kislotalar  hamda  boshqa  ko'pgina  qimmatli 

mahsulotlar olinadi.  Galvanik  elementlar va  akkummulyatorlarda 

oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  tufayli  kimyoviy energiya elektr 

energiyasiga  aylanadi.  Ular tabiatni  muhofaza qilishga  doir chora- 

tadbirlarning  asosini  tashkil  etadi.  Shu  sababli  bu  reaksiyalar 

maktab anorganik kimyo kursida ham boshqa reaksiyalarga qaraganda 

ko'proq  o'rganiladi.

Oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  nazariyasining  asosiy  qoi- 

dalarini  ko'rib  chiqamiz.

1.  Atom,  m olekula  y o k i  ionning  elektron  berish  ja ra yo n i 

oksidlanish  deyiladi.  Masalan:

Al  -  3e  =  A l3+ 

Fe2+e  =  Fe3+

H 2  -  2e  =  2H + 

2С Г   -  2e  =  C l2

Oksidlanishda  oksidlanish  darajasi  ortadi.

2.  Atom,  molekula  yo ki  ionning  elektronlar  biriktirib  olish 

jarayoni  qaytarilish  deyiladi.  Masalan:





2 e 

= S2~ 

C l

2

 





2 e  



2 С Г  

F e 3 + + e  



F e 2+ 

Qaytarilishda  oksidlanish  darajasi  kamayadi.

3.  E lektronlarin i  beradigan  atom ,  m olekula  y o k i  ionlar 

qaytaruvchilardeyiladi.  R e a k siy a v a q tid a u la r o k sid la n a d i.  Elek-

tronlarni  biriktirib  oladigan  atom,  molekula  yoki  ionlar  oksid- 

lanuvchilar deyiladi.  Reaksiya  vaqtida  ular q a y t a r i l a d i .   Atom, 

molekula yoki ionlar muayyan  moddalar tarkibiga kirganligi sababli 

bu  moddalar  ham  tegishlicha  qaytaruvchilar  yoki  oksidlovchilar 

deyiladi.

4. 

Oksidlanish hamma vaqt qaytarilishi bilan birga sodir bo ‘ladi, 

va  aksincha,  qaytarilish  doimo  oksidlanish  bilan  bog'liq,  buni 

quyidagicha  tenglamalar  bilan  ifodalash  mumkin:

Qaytaruvchi  -  e 

Oksidlovchi

Oksidlovchi 

+ e

 

Qaytaruvchi

Shu  sababli  oksidlanish-qaytarilish  reaksiyalari  ikkita  bir-biriga 

qarama-qarshi  jarayonning  —  oksidlanish  bilan  qaytarilishning 

birligidan  iboratdir.

Qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan 

elektronlar  soniga  teng.

Bunda  elektronlar  bir  atomdan  boshqa  atomga  butunlay 

o'tishidan  yoki  atomlarning  biriga  tom on  qisman  siljishidan  qat’i 

nazar,  shartli  ravishda  faqat  elektronlar  berish  va  biriktirib  olish 

haqida so‘z yuritiladi.

Oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini  fizik jihatdan bir-biridan 

ajratish va elektronlarni  tashqi  elektr zanjir orqali uzatish  mumkin. 

Stakan   ga  kaliy yodid  KJ  eritmasi  (7.1-rasm),  stakan  4 ga  esa  — 

temir  (III)  xlorid  FeC l3  eritmasi  q o‘yilgan  bo'lsin.  Eritmalar 

bir-biri  bilan  «elektrolitik  kalit»  deyiladigan  U  simon  nay  bilan 

tutashtirilgan;  nayga  ionli  o ‘tkazuvchanlikni  ta’minlaydigan  kaliy 

xlorid  KC1  eritmasi  to'ldirilgan.  Stakanlardagi  eritmalarga  platina 

elektrodlar  7 va  5 botirilgan.  Agar zanjirga  sezgir  ampermetr ulab,

7.1-rasm.  Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga 

asoslanib tuzilgan galvanik elementning sxemasi.

.zanjir  tutashtirilsa,  u  holda  strelkaning  og‘ishiga  qarab  elektr 

tokining  o ‘tishini  va  uning  y o ‘nalishini  kuzatish  mumkin  bo'ladi. 

Elektronlar kaliy yodid  eritmasidagi  elektroddan  temir  (III)  xlorid 

eritmasidagi  elektrodga,  ya'ni  qaytaruvchidan  —  J-   ionlaridan 

ok sid lovch iga  —F e3+  ionlariga  o'tad i.  Bunda  J-   ionlari  J2 

molekulalariga qadar oksidlanadi,  Fe  ionlari esa temir (II)  ionlariga 

Fe2+  qadar  qaytariladi.  M a’lum  vaqt  o'tgandan  keyin  reaksiya 

mahsulotlarini  o'ziga  xos  reaksiyalar:  yodni  —  kraxmal  eritmasi 

bilan,  Fe2+  ionlarini  —  kaliy  geksasiano-  (II)  ferrat  (qizil  qon 

tuzi)  K3[F e(C N )J  eritmasi  bilan  aniqlash  mumkin.

7.1-rasmda keltirilgan  sxema oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi 

asosida  tuzilgan  galvanik  elementdir.  U  ikkita  yarim  elementdan 

tarkib  topgan:  birinchisida  qaytaruvchining  oksidlanish  jarayoni 

sodir  bo'ladi:

2 Г   - 2 1   =  J2,

ikkinchisida  esa  —  oksidlovchining  qaytarilish jarayoni  boradi:

Fe3+ 

+ 2 t

  =  Fe2+

Bu  jarayonlar  bir  vaqtning  o'zida  sodir  bo'lganligi  sababli 

keyingi tenglamani koeflitsiyent 2 ga ko'paytirib (berilgan va biriktirib 

olingan  elektronlar  sonini  tenglashtirish  uchun)  va  keltirilgan 

tenglamalarni  hadm a-had  qo'shib  reaksiyaning  tenglam asini 

olamiz:

2J~  +  2 F e3+  =  J

2

  +  2F e2+



yoki

2KJ  + 2F eC l3  = J 2 + 2 F eC l2  +  2KC1

Har  qanday oksidlanish-qaytarilish  reaksiyasi,  agar u  galvanik 

elementda  sodir  bo'lsa,  elektr  tokining  manbayi  bo'la  oladi.

7 .2 -   § .  E ng  muhim  qaytaruvchi  va  oksidlovchilar

Qaytaruvchi  va  oksidlovchilar  oddiy  moddalar,  ya’ni  bitta 

elem entdan  tarkib  topgan  bo'lishi  ham,  murakkab  moddalar 

bo'lishi  ham  mumkin.

Elementlar  davriy  sistemasida  joylashgan  o'rniga  muvofiq 

ko'pchilik metallarning tashqi  energetik pog'onasida  1—2 ta elektron 

bo'ladi.  Shu sababli ular kimyoviy reaksiyalarda valent elektronlarini 

beradi,  ya’ni oksidlanadi.  Metallarda qaytaruvchanlik xossalari bor.

D a v r l a r d a   elementning  tartib  raqami  ortishi  bilan  oddiy 

moddalaming  qaytaruvchanlik  xossalari  susayadi,  oksidlovchi 

xossalari  esa  kuchayadi  va  galogenlarda  maksimal  darajaga yetadi. 

Masalan,  III  davrda  natriy  —  davrdagi  eng  aktiv  qaytaruvchi, 

xlor  esa  eng  aktiv  oksidlovchidir.

B o s h   g r u p p a c h a l a r n i n g   elementlarida  tartib  raqami 

ortishi  bilan  qaytaruvchilik  xossalari  kuchayadi  va  oksidlovchilik 

xossalari  susayadi.  Eng  yaxshi  qaytaruvchilar  —  ishqoriy  metallar, 

Download 6.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling