№ hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 ngkst
Sekinlik bilan kokslashni oqimli labaratoriya qurilmasi
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
Sekinlik bilan kokslashni oqimli labaratoriya qurilmasi
Labaratoriya sharoitida sekinlik bilan kokslash jarayoni reaktorda izotermik rejimda amalga oshirish mumkin. Labaratoriya reaktorida izotermik rejim elektr qizdirgichni sozlab turish orqali ta’minlanadi. Eksplutasion ma’lumotlarga ko’ra, pechda xomashyoni qizdirish maksimal temperaturasi 500-510 ℃ oshirilmaydi, reaktor balandligi bo’yicha temperatura ko’tarilib - tushishi 40 dan 60 ℃ gachani tashkil etadi. Reaktordagi izotermik rejim temperaturasiga kameradan chiqish t oxir va kirish t boshl temperaturalari orasidagi o’rtacha arifmetiklikni yaqin deb hisoblash mumkin. Bu temperaturani A.I.Zinov’eva va D.I.Orochka nomogrammasidan bir muncha aniq topish mumkin. Bunday holatda t oxir < t boshl . Masalan agar boshlanish temperaturasi t 1 (kameraga tushishi) 505 ℃, oxirgisini t 2— 460 ℃ ga teng deb qabul qilinsa, nomogrammaga ko’ra politropik jarayon o’rtacha tezlik ekvivalenti t n.j.o’.t.e. 484 ℃ atrofida bo’ladi. SHunday temperaturada labaratoriya qurilmasida jarayon o’tkazilishi kerak. Sanoat qurilmalarida xomashyoni uzatish hajmiy tezligi to’g’ri haydalishdan olingan qoldiqlar uchun 0,12-0,13 soat -1 , kreking qodiqlari uchun esa – 0,08 - 0,1 soat -1 ni tashkil etadi. Bu raqamlardan foydalangan va reaktor № hujjat ҳ O`z. Varaq Sana imzo varaq 5321400 – NGKST Fozilov S.F. Rahbar: Bajardi : Ochilova D.U. hajmini bilgan holda xomashyo uzatish tezligini (ml/min) oson hisoblash mumkin. Qoldiq xomashyolarni qayta ishlashning sanoat sharoitidagi kameralaridagi bosim 0,3-0,5 MPa ni tashkil etadi. Bunday bosim labaratoriya reaktorida ham saqlansa, u reaktorda bug’larning bo’lish davomiyligiga ta’sir etadi va shunga ko’ra ularni parchalanish darajasiga, hamda koks chiqishga ham ta’sir etadi. Qoldiq xomashyoni kokslashda bosim ta’sirini inobatga olmasa ham bo’ladi. Distillyatli xomashyo uchun oshirilgan bosim zarur. Sekinlik bilan kokslashning labaratoriya qurilmasi rasmda tasvirlangan. Reaksion kamera zanglamas po’latdan tayyorlanib, ichki diametri 8,5 mm, balandligi 290 mm va kerakli sig’imi 1390 sm 3 . Rektor qopqog’ida termopara uchun karman va xomashyo kiritish uchun nay jihozlangan. Reaktor ichiga karman 165 mm da, kiritish nayi 145 mm da tushiriladi. Termopara uchun ikkinchi karman reaktor tashqi qismda payvandlangan bo’lib, u orqali devorning tashqi temperaturasi nazorat qilinadi. Download 3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling