• Основные стратегические варианты


Tovarni siljitish funksiyasi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va 
reklama siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali 
vositalarini asoslash; tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini 
asoslash; ichki firma reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; 
pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi. 
5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi 
va taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot 
uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy 
narxlar o‘zgarishi mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi 
mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi. 
6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni 
tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab 
chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, 


30 
audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni 
o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab 
chiqarish, kadrlar, moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi 
funksiyalari bilan birga amalga oshiriladi. 
Marketingning funksiyalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa 
funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash 
jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun 
ham marketing funksiyalari doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni 
shakllanishi, yaratilishi va rivojlanishiga ta’sir etadi. 
2.3. Marketingning vazifalari 
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish 
muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan 
o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, 
raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni 
tashkil etish, konyunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan 
reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ygandir. 
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi 
lozim: 
xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; 
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni 
o‘rganish; 
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini orttirish; 
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish; 
tovarni 
bozorga 
chiqarishdagi 
barcha 
xizmatlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar olish; 
to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot 
yig‘ish; 
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni 
nazorat qilishdan iborat. 
Marketingni vazifalari quyidagi 2.1 – rasmda berilgandir. 


31 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling