• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Konversion marketing
Qisqa xulosalar Marketing faoliyati uchun quyidagi tamoyillar xosdir: 1. Bozorni, iqtisodiy holatni va korxonaning ishlab chiqarish-sotish imkoniyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish; 2. Bozorni segmentlash; 3. Ishlab chiqarish va sotishning xaridor talablariga mos kelishi; 4. Yangilik kiritish; 5. Rejalashtirish. Marketing funksiyalari quyidagilardan iborat: bozorni kompleks o‘rganish, korxonaning ishlab chiqarish, ayirboshlash imkoniyatlarini tahlil 36 etish, marketing strategiyasi va dasturini ishlab chiqish, tovar siyosati, narx siyosati va ayirboshlash siyosatini ishlab chiqarish, talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish, marketing xizmatlar tuzilmasini shakllanishi, marketing faoliyatini nazorat qilish. Holatlarning har biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari mavjud. 1. Konversion marketing - salbiy talabni bosib o‘tishga yordam beradi, ya’ni yo‘q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. 2. Rag‘batlantiruvchi marketing - talabni uyg‘otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovarlar noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir. 3. Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. 4. Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. 5. Talab o‘zgarib turadi, talabni barqarorlashtirish kerak. Bu holatda sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. 6. Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovar va xizmatlar assortimentini to‘ldirish, yangilash va baholarni pasaytirish orqali mavjud talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 7. Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingni maqsadi narxni ko‘tarish, servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirishdan iborat. 8. Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli tovarlarga nisbatan paydo bo‘ladi. Bunda qarama-qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional 37 ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilishga xizmat qiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling