• Основные стратегические варианты
Axborotni to‘plash uslublari. To ‘plangan axborotlarni tahlil qilish va
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari
3.3. Axborotni to‘plash uslublari. To ‘plangan axborotlarni tahlil qilish va
qayta ishlash Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar xulq-atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida 47 unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Chunki, bozorda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida auditorlik axborotini olish, uning imkoni boricha to‘liqligi, ishonchliligini ta’minlashni talab etadi, bu tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi. 3.5-rasm. Marketing axborotlarini to‘plash uslublari Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko‘p qo‘llaniladigan axborot yig‘ish uslubi sanaladi. Kuzatish o‘z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko‘ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan. Kuzatish asosida o‘rganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo‘lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish, odatda, ko‘p vaqt, mablag‘ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro‘yxatga olish, tegishli hududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro‘yxatga olish va h.k. Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko‘proq qo‘llaniladigan uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi va yetarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat. Birinchidan, tanlama kuzatishda olinadigan ma’lumotlar tez fursatlarda amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig‘ish va qaror qabul qilish jarayoni uchun o‘ta muhimdir. Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo‘li bilan olinadigan axborot majmuaning ko‘p qirraligi va xususiyatlarini atroflicha o‘rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni to‘liq qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, tanlama kuzatishda ro‘yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan kam bo‘lganligi sababli, tadqiqot obyektni (yoki muloqotdagi auditoriyani) Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling