• Основные стратегические варианты
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing axboroti tizimi qanday tuzilishga ega? 2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko‘rsatiladi? 3. Marketing axboroti asosini nimalar tashkil etadi? 4. Amaliyotda axborot to‘plashning qanday uslublari qo‘llaniladi? 5. Axborot to‘plashning imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 6. Axborotlar tahlili qanday olib boriladi? 7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan foydalaniladi? 8. Axborot manbalari nimalardan iborat? Adabiyotlar 1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O ‘zbekiston, 2011.– 48 b. 2. Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 b. 7. Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c. 8. Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – 656 c. 3. Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М, 2010. – 219 c. 4. Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное пособие. –М.: КНОРУС, 2010, -208с. 53 4-bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketingi Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subyektlar yig‘indisidan iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: ta’minotchilar; raqobatchilar; vositachilar; iste’molchilar (bozor); firma (kompaniya). Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida jismoniy shaxslar yoki ularni potensial guruhi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 54 Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchining xulq-atvorini o‘rganish, uning ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir o‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab bo‘ladi. Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro aloqasidir. Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyasi serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: - ishlab chiqarish vositalari marketingi; - iste’mol tovarlari marketingi, - xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin (4.1- rasm). Har birining faoliyatida umumiy tamoyil va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik maqbullik qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi. Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq. Bu sohada iste’molchi fe’l-atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling