• Основные стратегические варианты


-rasm. Ichki omillar (mikromuhit omillari)


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

4.2-rasm. Ichki omillar (mikromuhit omillari) 
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli 
birlashma, konsepsiya, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga 
oshiriladi. 
Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakatning 
jami xo‘jaligi miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard 
iste’molchisi tomon ko‘chish harakati hayotiy jarayonda qatnashadigan 
faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab 
chiqarish savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini 
bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi. 
Makromarketingning vazifasi butun mamlakat bo‘yicha moddiy boyliklar 
va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‘zaro farq qiladi. 
Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. 
Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati, narxlarni boshqarish, ilmiy 
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat turlari 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Tovarlar va xizmatlar 
Bozor tomon harakatlanish 
kanallari 
Bozordagi joylashishi (o‘rni) 
Narx va narxni shakllantirish 
Kadrlar 
Ichki 
holat
(situatsiya) 
tahlili 


57 
Quyidagi 4.3–rasmda esa marketing makromuhiti omillari keltirilmoqda.
 
 
4.3- rasm. Marketing makromuhiti omillari 
 
Marketingni qo‘llash sohalari va obyektlariga muvofiq quyidagi 
holatlarga ko‘ra guruhlash mumkin: 
 
ichki marketing; 
 
tovarlar bo‘yicha marketing; 
 
eksport marketingi; 
 
import marketingi; 
 
ilmiy -texnik marketing; 
 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi; 
 
xalqaro marketing; 
 
notijorat faoliyati sohasidagi marketing; 
 
ijtimoiy g‘oyalar marketingi. 
Ichki marketing qoidaga ko‘ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni 
sotish masalalari bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki 
bozorga kiradi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh 
mahsulotlarni yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi. 
Tovar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing) samarali 
sotishni tadqiq qilish, tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik 
faoliyatining foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat 
tovarlari marketingi, iste’mol tovar va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan. 
Demografik omillar 
Iqtisodiy omillar 
Ilmiy-texnik omillar 
Tabiat omillari 
Ijtimoiy-madaniy omillar 
Siyosiy-huquqiy omillar 
Marketing 
makromuhiti 


58 
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini quyidagicha tadqiq 
qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil 
qilishni ko‘zda tutadi. Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni 
ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi. 
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: 
patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing 
tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli 
tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bog‘liq. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy 
faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja 
turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda 
kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga 
olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. 
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham 
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda 
tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, 
asosan ko‘p sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy 
kompaniyalarga javob beradi. 
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan alohida tashkilot yoki 
alohida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan 
bog‘liq. 
Ijtimoiy marketingni qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan 
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, qariyalar va kasallarga e’tiborni jalb 
qilish ayrim ijtimoiy zaruratlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan 
iborat. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling