• Основные стратегические варианты
Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
4.3. Marketingni boshqarish jarayoni, tashqi va ichki sohasi va
o‘zaro bog‘liqligi. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iborat. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishi mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy 59 tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya o‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir. Marketingni boshqarish jarayoni bosqichlari to‘rt bosqichdan iborat: bozor imkoniyalari tahlili; maqsadli bozorni tanlash; marketing kompleksini ishlab chiqish; marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozorning tuzilishi, ulgurji va chakana savdo holati tahlili olib boriladi. Maqsadli bozorni tanlashda esa: - talab hajmi o‘lchovi, - bozorni segmentlash jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa tovar ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan tovarga narx o‘rnatish, tovarlarni tarqatish usullari va sotishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishning kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi. Keyingi bosqichda esa rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik va taktik rejalashtirish jarayoni va marketing faoliyatinngi nazorat turlari, korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to‘liq yoritib beriladi. Marketing muhiti deganda firma korxona yoki uning yuqori tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va huquqiy omillar majmui tushuniladi, marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi. Ichki muhitni shakllantiruvchi omillar, firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan - texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilishi, bozorni tanlash va boshqalar bilan bog‘liqdir. Nazorat qilinadigan omillarni tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydiganlaridan ayrimlarini oliy rahbariyat boshqaradi. Quyidagi rasmda marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar keltirilmoqda (4.5- rasm). Nazorat: kundalik; vaqti-vaqti bilan Maqsadli bozorni tanlash (segmentni): hajmi bo‘yicha; tavsifnomalari bo‘yicha Firma |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling