• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 
 
 
 
 
 
4.5- rasm. Marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar 
Uncha katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha tashkilotlarda umumiy siyosat 
masalalarini ham marketing qarorlarini ham, bir shaxs, odatda, mulk egasi 
yoki oliy rahbar qabul qiladi, lekin bunday hollarda dastavval umumiy 
maqsadlarni belgilash, so‘ngra ularga marketing rejalarini moslashtirish 
kerak. 
Nazorat qilinmaydigan omillar tashkilot va uning marketing xizmatlari 
tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy 
qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida 
qanchalik jozibali bo‘lmasin har qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun tashqi muhitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga 
olish lozim, kutilmagan vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada 
ko‘zda tutilishi kerak. 
Quyidagi rasmda esa marketingni tashqi omillari (makromuhit omillari) 
keltirilmoqda (4.6- rasm). 
Texnologiyalar 
Qonunlar 
Iqtisodiyot 
Raqobatchilar 
Infratuzilma 
Xaridorlar 
Tashqi holat (situatsiya) 
tahlili 


61 
4.6- rasm. Tashqi omillar (makromuhit omillari) 
Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni doimo hisobga olish va 
oldindan ko‘ra bilish talab etiladi: iste’molchilar, raqobat, hukumat, 
iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, firma yoki korxonaning butun 
faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Firma va 
bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib 
bo‘lmaydigan iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Chunki firmalar faoliyatisiz 
bozor bo‘lishi mumkin emas. 
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan 
idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, biror-bir topshiriqni bajarish uchun 
bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi. 
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga 
oshirilishi mumkin: 
1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar 
harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. 
2. 
Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, 
yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi. 
3. 
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, 
yana bir hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar 
qo‘shiladi. 
Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘limlarning boshqarishdagi 
soddali, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iborat. Lekin bu 
tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:
 tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;
 bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning 
yo‘qligi; 


62 
 bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ 
reaksiyaning sustligi; 
 marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal 
etishning murakkablashganligi. 
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha 
bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil 
qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan 
shakl, avvalo, ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan 
firmalarga to‘g‘ri keladi. 
Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek, 
kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining 
o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha 
guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun yetarlicha 
huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar 
paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi. 
Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z 
tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli 
bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar afzalliklariga ega 
bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga 
qarab tuziladi.
 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling