• Основные стратегические варианты


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

 
 
 
 
 
 
 
 


65 
5-bob. MARKETING DASTURI 
5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha 
 
Tor ma’noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo‘lib, korxonaning 
bozorda aniq faoliyat ko‘rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi 
kengroq ma’noda esa korxona imkoniyatlarini bozor talablariga 
moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni 
deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli(bir yilgacha), o‘rta 
muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko‘proq) 
bo‘ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
Marketing dasturi bu korxonani umumxo‘jalik faoliyatini direktiv 
rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo‘g‘ini 
uchun qaror qabul qilish asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni, bu 
korxonaning o‘tgan davrdagi faoliyat natijalari bo‘lib, unda maqsadli bozor 
rivojlanishining qisqa tahlili va bashorati, firmaning asosiy rivojlanish 
maqsadi, bozordagi xulq-atvorining strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va 
rag‘batlantirish siyosatining chora-tadbirlari, marketing tadqiqotlari 
mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan 
baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo‘yicha nazorat chora-
tadbirlari va harakatlari beriladi. 
Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o‘z 
imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega 
bo‘lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida 
ko‘riladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi 
kompaniyani yuqori boshqaruv bo‘g‘ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, 
strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. 
Marketing dasturining strategik yo‘nalishi bozordagi mavqei va 
korxonaning bog‘liqlik holatidan kelib chiqqan holda o‘z ichiga turli 
variantlarni oladi. 
Strategiyalar diversifikatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, 
hujum va himoya strategiyalari bo‘lishi mumkin. 
Marketing dasturini ishlab chiqishda ko‘p variantlilik tamoyillari 
ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturi va rejasining bir 
necha variantlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari 
bo‘ladi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasining minimal 
variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga 
iqtisodiy va ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib 


66 
erishadi. Shuningdek dasturni o‘rtacha yoki optimal variantlari keng 
tarqalgan. 
Quyidagi rasmda marketing majmui dasturining jarayoni keltirilmoqda.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling