• Основные стратегические варианты
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MARKETING
MARKETING
REJASI 3. Amalga oshirish vositalari 4. Nazorat 69 aniqlash (bozor segmentlari, marketing vositasi, bozorga kirish vaqti va boshqalarni tanlash). 4. Rejani ishlab chiqish. Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. 5. Nazorat qilish. Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart- sharoitlari (tashqi muhiti) va o‘zining ichki salohiyati to‘g‘risida batafsil axborotlar to‘plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi. Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‘ich davri bo‘lib, korxona marketing dasturi va rejasini tuzish manbai hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi. Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda, avvalo, uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‘sishi orqali yoki bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li bilan erishilishi yoki erishilmasligi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko‘ra, bir necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‘l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali sotish, korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni ko‘paytirish, to‘rtinchidan, diversifikatsiya yo‘li bilan, ya’ni korxona o‘z marketing faoliyati doirasida qo‘shimcha xomashyo, tovar, texnologiya, iste’molchilarni o‘zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va ko‘proq foyda olishga erishadi. Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo‘nalish belgilaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi. Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 1. Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan iborat. 70 2. Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor tabaqalari (segmentlari)ni o‘ziga jalb etishda, ko‘proq muvaffaqiyat kozonishni o‘ylash lozim. 3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 4. Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro vazifalari bilan bir-birini to‘ldirib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish kerak. Masalan, tovar aylanmasi bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyi, iste’molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib olib borish tavsiya etiladi. 5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasi holatini, raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar. Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondoshuvlar mavjud. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling