• Основные стратегические варианты


- rasm. Marketing majmui dasturining jarayoni


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana28.10.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1729457
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

5.1- rasm. Marketing majmui dasturining jarayoni 
 
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo‘nalishiga qarab 
marketing dasturi yuqori va pastki bo‘g‘in uchun bo‘lishi mumkin. Agar 
dastur yuqori bo‘g‘in uchun bo‘lsa, u qisqa va lo‘nda tuzilgan bo‘lishi lozim. 
Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko‘rsatiladi pastki bo‘g‘in uchun 
tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. 
Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o‘rta va uzoq muddatli 
turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni 
uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. 
Qamrab olayotgan vazifasiga qarab oddiy yoki maqsadli dasturlarga 
bo‘linadi.
Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan 
barcha funksiyalarning savollarini yechishga yo‘naltiriladi. Maqsadli dasturda 
esa yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o‘zlashtirish, firma 
siyosatini rag‘batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni 
amalga oshirishga qaratiladi. 
Obyektiga bog‘liqligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo‘yicha 
va ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. 
Narx
Tovar
Kommunikatsiyalar
Taqsimot
Boshqalar
Marketing majmui elementlarining 
bir-biriga bog‘liqligi 
Marketing dasturining 
shakllanishi
Marketing rejasi 


67 
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga 
ega: 
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning 
zaruriy nomenklaturasini aniqlash; 
innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash; 
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha 
qaror qabul qilish; 
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish; 
ishlab chiqarishning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlarni 
umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash; 
moliyalashtirish manbalarini topish; 
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash; 
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash; 
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish. 
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki 
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan 
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish 
bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatining 
jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat 
hisoblanadi. 
Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega: 
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; 
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko‘p variantli 
hisob-kitobini o‘tkazish; 
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini 
asoslash; 
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; 
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga 
olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish; 
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani 
solishtirish); 
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga 
olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling