2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Download 222 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi222 Kb.
#1558955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) mutaxassisligi
2-bosqich talabasi
ISMOILOVA DILSHODA NASRIDDIN QIZIning
Navoiy she’riyatida talmeh san’ati” mavzusida yozgan

Tekshirdi: Filologiya fanlari falsafa doktori
R.M. Sharipova


Navoiy – 2023
Ishning umumiy tavsifi

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi…………………………..


Kurs ishi mavzusining o‘rganilish darajasi………………….
Ishning maqsadi va vazifalari……………………………….
Ishning tadqiq predmeti……………………………………
Ishning tuzilishi va tarkibi………………………………….


Mavzu: Navoiy she’riyatida talmeh san’ati
Reja:
Kirish:

  1. Bob. Zamonaviy she’riyatning mavzular olami

    1. She’rlarning axloqiy-estetik ahamiyati

    2. Zamonaviy she’riyatda qor tasvirining berilishi



  1. Bob. Zamonaviy she’riyatda tabiat hodisalarining mohiyati

    1. Zamonaviy she’riyatda yomg’irning ifodalanishi

    2. She’riyatda shamol va u bilan bog`liq tushunchalar talqini


Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.


Kirish. Ishning umumiy tavsifi.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:

Milliy mustaqillikka erishilishi bilan jamiyatimiz xayotining barcha soxalarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. Jumladan, o‘tmish milliy madaniyatga, mumtoz adabiyotga bo‘lgan munosabatda xolislik asosiy tamoyilga aylandi.


Xalqimizning buyuk mutafakkir so‘z ustasi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy va o‘lmas adabiy merosi necha asrlardan beri muxlislarning sevimli ma’naviy mulkiga aylanib qolgan. Mumtoz adabiyotimizning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, asarlari jahon madaniyati hazinasidan munosib o‘rin egallagan shoir va mutafakkirning ijod sirlari, mahorat qirralari, umrboqiyligi omillari adabiyot muhiblarida hamisha katta qiziqish uyg‘otib kelgan va qator tadqiqotlarga manba bo‘lgan. Istiqlol sharoitida o‘zbek xalqi uchun o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarni tiklash qanchalik muhim axamiyatga ega bo‘lsa, badiiy tafakkur taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan, boy ijodiy merosi bilan elimizni olamga tanitgan buyuk siymolarni o‘rganish ham shu qadar dolzarb umumestetik ahamiyat kasb etmoqda.
Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida faxrlanib so‘z yuritamiz. Hazrat Navoiy butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi shon – u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron – bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
Ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiydan Sharq mumtoz adabiyotining barcha janrlariga oid juda katta hajmdagi boy meros etib kelgan. O‘z davrida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni badiiy barkamollik bilan ifodalab bergan shoir asarlari asrlardan asrlarga, nasllardan nasllarga o‘tib ardoqlanib kelinmoqda. Bugungi kun yoshlarining ezgu umidlari, ajoyib orzulari zuhuri yo‘lida ham ilhombaxsh kuchga aylanmoqda.
Inson qalbining quvonch-u qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz. Chunonchi, “Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatiga o‘ziga munosib obro‘li o‘rin egallash uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin”

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling