2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Majoz-adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir


Download 222 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi222 Kb.
#1558955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.

Majoz-adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir.
Gulxaniyning «Tuya bilan bo‘taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir.
Ramz- ham ko‘chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O‘quvchi anglashi murakkabroq bo‘lgan mavhum ahloqiy sifatning shu sifatlarga ko‘proq ega bo‘lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi.
Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi. O‘zbek adabiyotida may – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut – mag‘rurlik ramzi, chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.k. tarzida qadimdan qo‘llanib keladi.
Istiora-biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko‘chirish orqali badiiy ma’no ifodalanadi. Lekin bu ko‘chirishda tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rin tutmaydi. Balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘lanishga, yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi.
Istiorani qisqargan ko‘rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin.
Cho‘lponning «Binafsha» she’rida «Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yen, Bu yerdan ko‘klarga uchgil» tarzida ifo­dalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko‘kragim» so‘zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so‘zi bilan ifoda etilgan.
Tazod-baytda ma’no jihatidan o’zaro zid, qarama-qarshi bo’lgan so’zlarni qo’llab, ta’sirchan badiiy timsollar, lavhalar yaratish san’atidir.
Tazod arabcha so’z bo’lib, “zid qo’yish”, “qarshilantirish” ma’nolarini beradi. Bu san’at “konstrast priyomi” deb ham yuritiladi.
Podshoh yo’qlatsalar nogoh gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimni, baxti qaro deb axtaring. (Muqimiy)
Buxl erur borcha sifatdin xasis,
Lek saxo javhari asru nafis. (Navoiy)
Boqib ko’z ichidin pinhon fosh etding tag’ofillar,
Yo’q-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun.


Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling