2-bosqich talabasi ismoilova dilshoda nasriddin qizining


Download 222 Kb.
bet4/10
Sana18.06.2023
Hajmi222 Kb.
#1558955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi. SOZ2A3-21. Ismoilova D.N.

Laf va nashr. «Laf» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, yig‘ish, «nashr» esa yoyish ma’nolarini anglatadi.
Bu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma- ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi.
XV asr adabiyotshunosi Atoulloh Husayniy uni shunday tushuntiradi:
“Laff-u nashr ondin iboratturkim, bir nechani zikr qilurlar, andin so’ng bir nechaga aloqador bir necha nimani bu nimalarning har biri ul bir nechaning qaysi birig’a taalluqlug’ erkonin aniq bilmay zikr qilurlar”.
Bunda shoir biror narsa yohud hodisani sanab, so’ng shu tartibda ularga tegishli o’xshatishlarni tizib chiqadi.
Qoshing, erning, yuzung, ey rashki rizvon,
Hilol-u kavsar-u bog‘i jinondir. (lutfiy)
Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati,
She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati. (Bobur)
Husni ta’lil. Husni ta’lil arabcha “chiroyli dalillash ” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish, she’rda biror voqeani unga daxli bo’lmagan boshqa hodisa bilan izohlashdir.
Uning asosida muayyan bir hodisani real-hayotiy mantiq bilan emas, balki shoirona xayol – badiiy mantiq bilan “isbotlash” yotadi.
Ey shoh, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini,
Kim mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. (Ogahiy)
Nozuklik ichra belicha yo‘q tori gisuyi,
O‘z haddini bilib, belidin o‘ltirur quyi. (Lutfiy)
Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum, falak ahli ochib ko’zlar qaroshibdur. (Ogahiy)
Jonlantirish. Odamlarga xos bo’lgan xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali hosil bo’ladigan tasvir usuli jonlantirishdir. Jonlantirishning 2 xil ko’rinishi bor:
Tashxis - jonsiz narsalarni jonlantirish. “Tashxis” arabcha, “shaxs” o’zagidan hosil bo’lgan bo’lib, “shaxslantirish” ma’nosini bildiradi ma’nosini bildiradi.
Narsa va jonli mavjudotlarni insonga xos bo’lgan xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir o’z asarida chiroyli va nafis obrazlilikka erishadi.
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda. ( Atoiy)
1. Intoq-nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash.
Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
Yonimdan o’tganda so’rab ko’raman.
Aytadir: bir ko’rib, yo’limdan ozib,
Tog’-u toshlar ichra istab yuramen! (Cho’lpon)
Bunda qorning taglarida qish
Bahor uchun so’zlaydi olqish. (H. Olimjon)

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling