6. Quyidagi qaysi voqealar XI-XII asrlarga oid?
1. Shaharlar kengayadi, aholi soni ko‘payib, ular yanada gavjumlashadi
2. Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi
3. Yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi
4. ”dehqon” degan tushuncha o‘zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini yo‘qotdi
5. Tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilar edi
A) 1,3,4 B) 2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,4
7. Quyidagi asrlar bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1. VIII asr oxiri – IX asr boshlari 2. X asr o‘rtalari 3. IX asrning oxirgi choragi
a) Qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo‘lgan
b) Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi
c) Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi
A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b
8. Qaysi hududlar arablarga jangsiz taslim bo’lgan?
1. Choch 2. Chag’oniyon
3. Poykand 4.Marv
A) 1,2 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,4
9. Xuroson noibi Ashros …?
A) Oliy martabali arab lashkarboshilari bilan mulkdor dehqonlar o‘rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalari o‘rnatdi
B) Islomni yangi qabul qilgan kishilar jizyadan ozod etdi
C) Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya soliqlarini olmaslikka qaror qiladi
D) Bo‘ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalga oshirishga majbur bo‘ldi
10. Quyidagi javoblar qaysi davlat bilan bog’liq ekanligini aniqlang?
1. Qarluqlar 2. O’g’uzlar
3. Somoniylar 4. G’aznaviylar
a) Qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi
b) Movarounnahr va Xurosondagi o‘rta asr davlati
c) Hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb yuritilgan
d) Davlat qo‘shinida harbiy kemalar (daryo va dengiz oti) ham mavjud bo‘lgan
A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d
C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
Do'stlaringiz bilan baham: |