11. Quyidagi javoblardan qay biri xato?
A) Muqanna yashagan davr oralig’ida Sug’dda va Buxoroda qo’zg’olon bo’lgan
B) Nuh II davrida Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy quriladi
C) Somoniylarda dehqonchilik va hunar mandchilikning rivoj topishi natijasida ichki va tashqi savdo kengaydi
D) Somoniylarda xalqaro savdo-sotiqda kumush tanga ishlatilardi
12. Qaysi voqeadan so’ng Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi?
A) Xuroson bosib olingandan so’ng
B) Somoniylar hukmdorligi barham topgach
C) Ibrohim Bo‘ritegin Amudaryo bo‘yi viloyatlarini zabt etgach
D) Qoraxoniy hukmdorlar o’troq hayotga o’ta boshlagach
13. Ular asosan lalmikor va tog‘oldi yerlaridan iborat bo‘lgan. Ushbu tarif somoniylar davridagi qanday yer turiga nisbatan ishlatilgan?
A) Mulk yerlari B) Vaqf yerlari
C) Mulki xos D) Jamoa yerlari
14. Movarounnahrga Sibirdan (1) va Bulg‘or va Xazardan (2) qanday mahsulotlar olib kelingan?
a) Qimmatbaho mo‘ynalar b) Chorvachilik mahsulotlari c) Shamlar
d) Cho‘qqi qalpoqlar e) Chorva mollari f) Dori-darmon
A) 1-a,b,d, 2-a,c,e B) 1-a,b,e, 2-a,c,d
C) 1-a,d,e, 2-a,b,d D) 1-a,f,e, 2-a,c,d
15. Quyidagi javoblardan davlat poytaxtlari va markazlarini aniqlang?
1. O’g’uzlar 2. Qarluqlar 3. Qoraxitoylar
4. Sharqiy Qoraxoniylar 5. Tohiriylar
a) Bolasog‘un b) Nishopur c) Yangikent
d) Suyob e) Balx
A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-a, 5-b
B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-e, 5-b
C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-a, 5-b
D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-a
16. Mahmud G‘aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda yana qaysi tillarini ham mukammal bilgan?
1. Fors 2. Uyg’ur 3. Arab
4. Pahlaviy 5. Lotin
A) 1,2,3 B) 2,3,5 C) 1,2,4 D) 1,3,4
Do'stlaringiz bilan baham: |