" so’zi bilan bo’shlanib "


Download 89.63 Kb.
bet3/3
Sana16.07.2020
Hajmi89.63 Kb.
#124013
1   2   3
Bog'liq
Pascal ABC


5-misol.

a) (252-162):(102-12-22-32-42-52-62); b) (12+22+32+42+52+62+72):(82+92+102+112-132-142):(23-13);



d) ; e) . javoblar: a)41, b)20, d)15, e)1.

6-misol.

a) b)

d) e) javoblar: a)6, b)10, d)8, e)18.
Pascal ABCda o’zgaruvchilar.

Pascal ABCda o’zgaruvchilardan ham foydalanish mumkin. O’zgaruvchilar aslida ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun kompyuter hotirasidan ajratilgan joydir. Ularning bir nechta turlari mavjud bo’lib, ularda sonlar, matnlar, mantiqiy qiymatlar va boshqa ma’lumotlarni saqlash mumkin. O’zgaruvchilarni lotin harflari va raqamlar ketma-ketligi shaklida nomlash mumkin. Nom lotin harfidan boshlanishi kerak, raqam bilan boshlanmasligi lozim, hamda Pascal ABCning xizmatchi so’zlari bilan birhil bo’lib qolmasligi lozim. Masalan, alfa, belgi, yugindi, ayirma, a1245, mm64rr99, albert99eynshteyn kabi nomlardan foydalanish mumkin, ammo 4alfa(nom raqamdan boshlangan), begin(xizmatchi so’z), tango$5(mumkin bo’lmagan belgi ishlatilgan) kabi nomlash mumkin emas. Agar o’zgaruvchiga mumkin bo’lmagan nom berrilgan bo’lsa, dastur ishga tushirilganda Pascal ABC hato haqida xabar beradi.

O’zgaruvchidan foydalanishdan avval, dastur boshida uni tavsiflash kerak. Buning uchun maxsus “var” xizmatchi so’zidan foydalaniladi:

Var o’zgaruvchi nomi:ozgaruvchi turi;

O’zgaruvchi turi quyidagilardan biri bo’lishi mumkin:

Integer – butun son. -2147483648 dan 2147483647 gacha qiymatlar qabul qiladi.

Byte – butun son. 0 dan 255 gacha qiymatlar qabul qiladi.

Word – butun son. 0 dan 65535 gacha qiymatlar qabul qiladi.

Real – xaqiqiy.

char – bitta belgi. O’zida bitta belgidan iborat ma’lumot saqlaydi.

String – matn. O’zida 255 tagacha belgilar ketma-ketligini saqlashi mumkin.

Boolean – mantiqiy.

Misol uchun, x va y nomli butun o’zgaruvchilarni quyidagicha e’lon qilinadi:

Var x,y:integer;

Bitta dasturda bir necha (yoki barcha) turdagi o’zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Nechta o’zgaruvcilardan foydalanilsa ham ular bitta var buyrug’I bilan e’lon qilinadi. Masalan, a,b,c butun, k, m xaqiqiy va s,p matn o’zgaruvchilarini e’lon qilish kerak bo’lsa, quyidagicha yoziladi:

Var a,b,c:integer;

K,m:real;



S,p:string;

O’zgaruvchi e’lon qilingach undan dastur davomida foydalanish mumkin bo’ladi. O’zqaruvchilarga qiymat berish “:=”(nuqta va tenglik belgilari) buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. Masalan, a o’zgaruvchiga 10 qiymat berish uchun dasturda a:=10 ko’rinishidagi buyruq berish kerak, yoki b o’zgaruvchiga a o’zgaruvchidagi qiymatni besh barobarini berish uchun b:=5*a ko’rinishdagi buyruq yoziladi, c o’zgaruvchining qiymatini bittaga oshirish uchun c:=c+1 shaklida buyruq yoziladi. 2 va 3-misollardan ko’rinadiki o’zgaruvchilarni “tenglik”ning o’ng tarafida ham foydalanish mumkin, bu holda, ya’ni o’zgaruvchi tenglikning ong tarafida yozilganda uning qiymati ifodaga qo’yib hisoblanadi.
Download 89.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling