# “... – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Ko’nikma
# “... – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Malaka
# “.... - egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Kompetensiya
# “.... – shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlar asosida tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
-J: Shakllantirish
# Pedagogik yo’nalishda ilmiy tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlardan foydaliniladi.
-J: 1. Pedagogik kuzatish metodi. 2. Suhbat metodi. 3. Anketa metodi. 4. Intervyu metodi. 5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 6. Test metodi. 7. Pedagogik tahlil metodi. 8. Bolalar ijodini o’rganish metodi. 9. Pedagogik tajriba metodi. 10. Matematik-statistik metod
# Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang.
- J: Biologik omil, ijtimoiy muhit, tarbiya
# Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir yondashuvlarni belgilang.
-J: Biologik yondashuv; Ijtimoiy yondashuv; Psixologik yondashuv; Yaxlit yondashuv
# Shaxsning ijtimoiylashuvi ta’rifi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni ko’rsating.
- J: Ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi
# “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”. Ushbu fiklar muallifi ko’rsatilgan qatorni toping.
- J: Nemis pedagogi A. Disterveg
# Kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakati nima deb ataladi.
-J: Pedagogik jarayon
Do'stlaringiz bilan baham: |