# O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?
J: 2017-yil 7-fevral
# O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga binoan nechta ustuvor yo’nalishi belgilandi?
- J: 5 ta
# O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?
- J: 2017-yil 30-sentabrda
# O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni qachon qabul qilindi.
-J: 2018-yil 25-yanvarda
# O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son Farmonga muvofiq qanday o’zgarishlar joriy etildi.
-J: 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi
# “... o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
- J: Akademik litsey
# Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida ta’lim qaysi shakllarda amalga oshiriladi.
- J: Tayanch doktorantura; doktorantura; mustaqil izlanuvchilik
# Pedagogika qanday fan?
- J: Pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, metodlarini o’rganuvchi ijtimoiy, umumkasbiy fan
Do'stlaringiz bilan baham: |