«Sharqni egalla» siyosati. Rossiya podshohi Pyotr I zamonida «Sharqni egalla»
siyosati yuritildi. Bu siyosatning tarkibiy qismlaridan biri Turkistonni egallash edi.
Turkistonni bosib olish rejasi tuzildi. Xiva, Buxoro, Qo’qon xonliklarining g’arbiy,
shimoliy, sharqiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, xonliklarni Rossiya tobeligiga
olish maqsadida katta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. 1715 yilda sharqiy chegaralarda
Buxgolts rahbarligida, 1716-1717 yillarda Xiva xonligida Bekovich-Cherkasskiy
rahbarligida harbiy ekspeditsiyalar tajovuzkorona harakat qildilar. 1721-1724 yillarda
Florio Beneveni boshliq elchilar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi. XVIII asr
davomida Rus davlati qozoq va qirg’izlarning Kichik Juz, O’rta Juz, Katta Juz
hududlarini o’ziga bo’ysundirib, ularning hududida o’zbek xonliklariga bostirib borishda
foydalanish maqsadida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar
qurdiradi, ularga qo’shinlarini joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |