£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi.
- Kaufman bilan amir Muzaffar o’rtasida sulh bitimi
yurish boshladi. Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan Qo’qon xonligi hududlari bosib
olinayotgan paytda Buxoro amiri tomoshabin bo’lib turgan bo’lsa, endi Buxoro amirligi hududlariga hujum boshlangan paytda Qo’qon xoni Xudoyorxon sukut saqlab turdi. Modomiki u amir Muzaffar homiyligida Qo’qon taxtini uchinchi marta egallagan edi. 1866 yil may oyida Erjarda bo’lgan jangda amir Muzaffar qo’shinlari engildi, amir Jizzaxga qochdi. Romanovskiy yurishni Xo’jand tomonga yo’naltirdi, 1866 yil 19-22 may kunlari bo’lgan qattiq janglar natijasida Xo’jandni egalladi. 1866 yil avgustda Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga keldi va Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlashdi. Katta qo’shin tortib 1866 yil oktyabrda O’ratepa viloyati, Zomin qal’asini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang bo’ldi. Jizzax shahri balandligi 4 metr va eni 3 metrlik ikki qavat devor bilan o’rab olingan bo’lib, qal’aga o’xshardi. Shaharda 10 ming himoyachi askar, 53 to’p bor edi. Himoyachilar shaharga kirib-chiqadigan darvozalarni tuproq bilan ko’mib tashlab, yo hayot, yo o’lim deb jang qildilar. 11-18 oktyabr kunlari bo’lgan jang natijasida bosqinchilar Jizzaxni egalladi. Himoyachilardan 6000 kishi halok bo’ldi, 2000 kishi asirga olindi. Istilochilar atigi 100 ga yaqin kishi yo’qotdi. Bosqinchilar huvullab qolgan shaharni talon-taroj qildilar. Xo’jand, O’ratepa, Jizzaxda qonli janglar bo’layotgan bir paytda Qo’qon xoni, Buxoro amiri qaerda edi, ular nima karomat ko’rsatdi? degan tabiiy savol tug’iladi. Ular o’z joyida, hali ham o’zlarini davlat boshlig’i, hukmdor deb hisoblar edilar, ammo biron- bir tadbir ko’rishga ojiz, vaziyatni to’g’ri tahlil etishga aql-farosatlari ham etmas edi, shekilli. Ular bosqinchilarni emas, biri-ikkinchisini mag’lub qilish, ko’zini o’yishga harakat qilardi. Bo’linganni bo’ri er, deb shuni aytsalar kerak-da. Rossiya imperatori Aleksandr II ning 1867 yil 11 iyuldagi farmoniga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tarkibida Turkiston harbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va okrug qo’mondoni etib general-ad’yutant K.P. fon Kaufman tayinlandi. Unga biror davlatga urush e’lon qilish, sulh tuzish, harbiy-ma’muriy, moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari berilgan, shu boisdan
177
u «yarim podsho» deb atalardi. Bu tadbir chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olish yo’lidagi harakatida yangi bosqich bo’ldi. Fon Kaufman Samarqandga tomon yurish boshladi. 1868 yil 1 may kuni shahar yaqinidagi Cho’ponota tepaligida Buxoro amiri qo’shinlari bilan jang qilib, ularni osongina mag’lubiyatga uchratdi, bir paytlar dovrug’i olamni tutgan Samarqand 2 may kuniyoq deyarlik jangsiz dushmanga taslim bo’ldi. Bu voqeadan dunyo hukmdorlari, jumladan, Rossiya podshohi ham hayratlangan. Buxoro amiri Muzaffar Samarqandning bosib olingani to’g’risidagi xabarni etkazgan odamni osib o’ldirishga farmon berib, o’zi alamidan yig’lagan. Buxoro amiri o’z qo’shinlarini to’plab dushmanni daf etish uchun Samarqand tomon yurdi. Fon Kaufman bu xabarni eshitib Buxoro tomon yurdi. Ikki tomon qo’shinlari Zirabuloqda 1868 yil 2 iyunda to’qnashdi, qattiq jang bo’ldi, amir qo’shinlari tor-mor etildi. Bu orada istilochilarga qarshi Samarqandda qo’zg’olon ko’tarildi. Shaxrisabz, Kitob beklari Jo’rabek va Bobobek hamda amirning o’g’li Abdumalik To’ra 27 may kuni Samarqandga qo’shin bilan etib kelib, qo’zg’olonchilar bilan birgalikda fon Kaufman tomonidan Samarqandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o’ldirildi va yarador qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan fon Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib keladi va 8 iyun kuni shaharni to’plardan yoppasiga o’qqa tutishga, aholini beomon otish, shaharni yondirishga buyruq beradi. Aholi qirg’in qilindi, masjidlar va tarixiy yodgorliklar yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma’naviy obidalar Peterburgga olib ketildi. 1968 yil 23 iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o’rtasida sulh bitimi
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling