Umumturkiston musulmonlari vakillarining II Qurultoyi o’lka xalqlari xayotida
muhim rol o’ynadi. Unda 500 nafar vakillar ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik
Turkiston o’lka Qo’mitasi, 24 kishilik “Mahkamai Sharik” (parlament) tashkil
etildi. Qurultoyning maxsus qarorida ularning Rossiya davlati konstitutsiyasiga
muvofiq keladigan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi.
Qurultoyda “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, “Turon”, “Ittihod” va shu kabi
boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni birlashtirib, ular negizida yagona “Ittifoqi
Muslimin” (“Musulmonlar Ittifoqi”) siyosiy partiyasini tuzish g’oyasi ilgari surildi.
Qurultoyda M. Behbudiy otashin nutq so’zlab, hammani birlikka, jipslashishga da’vat
etgandi. “Ulug’ Turkiston” gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib, Turkistonning o’z ichki
ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo’lgan o’lkaning mahalliy va milliy muxtoriyatini
tuzish g’oyasini asosiy o’ringa qo’ygan edi.
Shunday qilib, Turkistonning ilg’or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo’lida
o’lkadagi barcha sog’lom, vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga
da’vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, o’z nafsoniyatiga
berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo’lgan ayrim mahalliy, milliy tashkilotlar
mana shu yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz,
vaziyatni ustamonlik bilan o’z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo’l
keldi.
201
Do'stlaringiz bilan baham: |