2. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik
siyosati
Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan,
agrar va milliy masalalarni hal etolmayotganligidan bolsheviklar ustamonlik bilan
foydalandilar. Bolsheviklar ilgari surgan “Butun hokimiyat Sovetlarga!”, “Er
dehqonlarga”, “Xalqlarga tinchlik” shiorlari ularning hokimiyatga kelishlarida ayniqsa
asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917 yil 24-25 oktyabrda davlat to’ntarilishi
sodir bo’ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga
oshirdi. 1917 yil 25 oktyabrda bolsheviklar tomonidan Petrogradda Butunrossiya
Sovetlarining II qurultoyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet hukumati – Xalq
Komissarlar Soveti tuzildi. Sulx va Er to’g’risida dekretlar qabul qilindi. Sovet hukumati
nafaqat Markazda, balki shu bilan birga sobiq chor Rossiyasi tasarrufidagi barcha
hududlarda ham o’z hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |