£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

3.  Turkiston muxtoriyati 

 

Turkiston muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilovini   qo’lga   olib, o’zining avval 

e’lon qilgan balandparvoz va’dalaridan voz kechib, o’lka xalqlariga qarata olib borgan 

ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari 

faol harakatga keldilar. 1917 yil 26  noyabrida Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV 



favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o’lkasining  5 viloyatidan 200 nafardan 

ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, 

Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati namoyandalari ham 

qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan 

qarorda shunday deyiladi: 

“Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat 

etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, 

Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon 

qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola 

etadi”. Shundan so’ng qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi 

huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”. 

Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. 

Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi- Muvaqqat Kengashi tuzildi. 

Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi 

nomzodlar kiritildi: 



 

203


1. M. Tinishpaev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri

1



2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 

3. Mustafo Cho’qaev tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 

4. Ubaydulla Xo’jaev - harbiy vazir; 

5. Yurali Agaev - er va suv boyliklari vaziri; 

6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 

7. Abdurahmon O’razaev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 

8. Solomon Gertsfeld - moliya vaziri. 

Hukumat tarkibiga evropalik aholi orasidan yana to’rtta vakil kiritilishi belgilab 

qo’yilgan edi. 

Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi 

(parlamenti) tuzilganligi bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari  Sherali Lapin 

rais etib saylandi. 

Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning 

atoqli arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jaev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li, 

M. Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov,  Odiljon Umarov 

singari yurt peshvolari ham saylangan edilar.  

Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat 

tashkil etilib, uning zimmasiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi,  Turkiston 

xalqining erki, mustaqilligini asta-sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi 

edi. Shu boisdan ham o’lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon 

qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917 yil dekabr oyi boshlarida 

Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo’qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, 

namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chikdilar.  

Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan 

Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston 

muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi. 

1917 yil 13 dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o’tkazilgan katta mitingni 

zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va 

pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib 

o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. 

1917 yil 25 dekabr kuni Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va 

dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi. Unda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi. 

Qurultoy muxtoriyatni har tomonlama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad 

ko’rsatish shiori ostida o’tdi. Unda Turkiston Muvaqqat Kengashi tarkibini 

musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to’ldirish 

to’g’risida qaror qilindi. Qurultoy o’zining so’nggi ish kuni - 27 dekabrda Petrogradga, 

Xalq Komissarlari Soveti Raisi V. I. Lenin nomiga telegramma yo’lladi. Unda Turkiston 

muxtoriyatini e’tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni Turkiston 

muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga topshirish to’g’risida farmoyish berish so’ralgan edi. 

                               

1

 Qozoq taraqqiyparvarlari 1917 yil dekabrda Orenburgda s’ezd o’tkazib «Alash-O’rda» avtonom Respublikasini 



tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpaev saylanadi. Shu munosabat bilan M.Tinishpaev «Alash O’rda» 

poytaxti Semipalatinskka ketadi. 




 

204


Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda Toshkentda faoliyat 

yuritayotgan Turkistondagi sovet hukumati oldiga milliy muxtoriyatni tugatishni vazifa 

qilib qo’yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o’lka muxtoriyati 

faoliyatini cheklash, uni butunlay barham toptirishga qaratilgan xoinona yo’l tutdi. Bu 

manfur maqsadni amalga oshirish uchun sovetlar hokimiyati tasarrufida bo’lgan hamma 

vositalar ishga solindi.  1918 yil 19-26 yanvarda bo’lib o’tgan Turkiston o’lka sovetlarining 

IV s’ezdi Turkiston muxtoriyati hukumatini, uning a’zolarini qonundan tashqari holatda deb 

hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi. 

Buning ustiga Turkiston muxtoriyati o’zini o’zi etarli darajada himoya qila olish 

imkoniyatiga ega bo’lolmadi. Muxtoriyatchilar orasida ko’pgina muhim xayotiy 

masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. Unga moddiy, ma’naviy hamda 

harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo’q edi.  1918 

yil 18 fevralda «Ulamo» jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to’ntarish sodir etildi. 

Mustafo Cho’qaev boshchiligidagi hukumat ag’darildi. Hukumat boshqaruvi Qo’qon 

shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi. 

Turkiston sovet hukumati 1918 yil 14 fevralida Farg’ona viloyati hududida 

favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo’qondagi mah.alliy hokimiyati - ishchi 

va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo’lishga da’vat 

qildi. Ayni vaqtda Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko’p sonli qizil 

qo’shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo’qondagi ashaddiy millatchi arman 

dashnoqlari

1

 ham bu bosqinga jalb qilindi. Ayniqsa 1 9 - 2 1   fevral kunlari Qo’qon xalqi 



ustiga balo-kazo yog’ildi. Shahar o’t ichida yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati 

mag’lubiyatga uchradi. 

 

Eng dahshatliligi shuki, bu xunrezlik tagida hech bir gunohi bo’lmagan ming-



minglab Qo’qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo’qonda 

sovetlar sodir etgan qonli fojiani sovet davlati arboblaridan biri D. Manjara keyinroq 

shunday deb e’tirof etgandi: “Milliy siyosatda yo’l qo’yilgan xatolarimiz tufayli Qo’qon 

muxtoriyati vujudga keldi. Uni yo’qotish paytida yana bir xatoga yo’l qo’ydik. Qurol-

yarog’i deyarli bo’lmagan muxtoriyatchilar joylashgan eski shaharni qamal qilish o’rniga, 

biz to’plardan o’qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to’dalarini ishga soldik. Natijada 

talon-taroj, nomusga tegish, qirg’in boshlandi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi 

bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi”. 

 

Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yo’nalishdagi 



iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo’lini izchil amalga oshirishga kirishdi. 

Chunonchi, er to’g’risidagi dekret asosida erga bo’lgan xususiy mulkchilikni tugatish 

boshlandi. Shu maqsadda joylarda er qo’mitalari tuzildi. Jumladan, 1918 yil kuzida 

Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Ettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar 

tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining er qo’mitalarini tuzish harakatini 

                               

1

 Dashnoq - 1890 yilda Tiflisda tashkil etilgan «Dashnaktsutyun» («Ittifoq») arman milliy partiyasi a’zosi. 



Dashnoqlarning bir qismi 1915 yilgi turk-arman qrig’inida qo’chib Turkistonga kelgan edilar. 


 

205


keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy 

amalga oshirishda davom etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik 

mulklar, xususiy erlar musodara etildi va milliylashtirildi.  

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling