TASSRning tuzilishi Sovet hukmdorlarining yana bir hiylakorligi va ustamonligi shunda
ko’rinadiki, ular Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda
o’ziga xos sovet muxtor respublikasini tuzishga yo’l tutdilar. Bundan ko’zda tutilgan
bosh maqsad - Turkistonning kelajakda mustaqil, suveren davlat bo’lib, ajralib chiqib
ketishiga izn bermaslik edi. Sovetlar ishlab chiqqan rejaga ko’ra 1918 yilning 20 aprelidan
1 mayigacha Toshkentda bo’lib o’tgan o’lka Sovetlarining V qurultoyida Turkiston
avtonom sovet sotsialistik respublikasi (TASSR) tuzildi va RSFSR tarkibiga
kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga asoslangan o’ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat
funktsiyalari butunlay sovetlar va ularning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda
respublikaning hokimiyat organlari: Markaziy Ijroiya Qo’mitasi (MIQ) va Xalq
Komissarlari Soveti (XKS) saylandi. MIQning jami 36 a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy
millat kishilari edi. Avtonom respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev
saylandi, Bolshevik F. I. Kolesov boshchiligida 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarkibiga
ham 3 nafar mahalliy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos.
1918 yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o’z safida birlashtirgan Turkiston
Kompartiyasi tuzildi. 1919 yil martida Turkiston Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov
raisligida O’lka musulmonlari byurosi tuziladi. Musbyuroning organi - «Ishtirokiyun»
gazetasi nashr etila boshlandi, unda Turkiston ma’murlarining shovinistik siyosati fosh
etila bordi.
1918 yil oktyabrida bo’lgan o’lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR
Do'stlaringiz bilan baham: |